Marketing nazariyasi konsepsiyasi va uning evalutsiyasi
Marketing konsepsiyasi (marketing faoliyati konsepsiyasi) – bu shunday yo’l
yoki yondashuvki, uning asosida korxona o’zining marketing faoliyatini yurgizadi.
Marketing konsepsiyasi rejalashtirilayotgan va amalga oshirilayotgan firma
faoliyatining strategik tahlili asosida ishlab chiqiladi. Marketing konsepsiyasini
ishlab chiqish odatda quyidagi bosqichlarni qamrab oladi:
ichki va tashqi muhit strategik tahlilini amalga oshirish;
marketing faoliyati va korxonaning maqsadlarini aniqlash;
marketing strategiyasini aniqlash;
rejalashtirilayotgan natijalarga erishish maqsadida marketing
faoliyati elementlarini tanlash.
Marketing konsepsiyasi ishlab chiqarish va taklif etilayotgan tovarlarga
Bo’lgan talabni rivojlanish darajasiga bog‗liqligi jihatidan evolyusion taraqqiyot
bosqichini kechdi.
Sof marketing konsepsiyasi o’tgan asrning 50-yillari o’rtalaridan boshlab
marketing bozor konsepsiyasi tarzida boshqarishda firmaning faqat bozor
strategiyasini emas, balki ishlab chiqarish strategiyasini ham belgilaydigan etakchi
vazifaga aylandi. Marketing xizmati firmaning asosiy boshqarish markazi, bozor,
ishlab chiqarish, ilmiy-texnika va moliyaviy faoliyati masalalari bo’yicha
axborotlar va tavsiyalar manbai bo’lib qoldi. Marketing xizmati ijtimoiy talab va
bozor kon‘yunkturasi holati hamda o’zgarishlarini batafsil tahlil qilish asosida u
yoki bu tovarni ishlab chiqarish zarurati, istiqboli va foydadorligi, ishlab chiqarish
dasturlarini moddiy-texnika jihatlaridan ta‘minlash imkoniyatlari to’g’risidagi
masalalarni hal etadi.
XX asrning 60-yillariga kelib bozordagi o’zgarishlarga qarab strategik
rejalashtirishni amalga oshirish masalasi ilgari surildi va hal qilindi. O’tgan asrning 70-yillarga kelib, marketingning shunday konsepsiyasi ishlab
chiqildiki, u iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlar hayotiga mustaqil kirib
bordi.
Mamlakat xo’jalik sub‘ektlari ichki faoliyatida yaxlit organizm tarzida va
firma ichidagi rejalashtirishda ham markaziy o’rinni marketing egalladi. Bu bozor
iqtisodiyotiga qaratilgan strategik boshqarishning yangi shakli bo’lib, u eng ko’p
foyda olish maqsadida tovarlarni uzluksiz ravishda ishlab chiqaruvchilar
iste‘molchiga xarajat qildiradigan, korxonani ishlab chiqarish va sotishni tahlil
qilish ko’p kamrovli tushunchadir.
Mahsulotlar ko’rinishi va texnologiyasi qisman o’zgartirilgan holda ko’plab
ishlab chiqarishlar boshlandi. Raqobat kurashining asosiy shakli narx raqobatiga
aylandi. SHuning uchun keyingi yillarda xarajatlarni kamaytirish, samarador
texnologiyalarni joriy etish yo’lida doimiy kurash olib borish muvaffaqiyat garovi
bo’lib qoldi.
Ijtimoiy yo‘naltirilgan marketing konsepsiyasi - bu konsepsiya korxonaning
vazifasi yakka shaxslarning talabini o’rganish, tahlil qilish va bu talablarni
samarali qondirishdan, ayni paytda umuman jamiyat butunligini saqlash va
mustahkamlashdan iborat deb qaraydi. Ijtimoiy-yo’naltirilgan marketing
konsepsiyasi boshqarishning bozor konsepsiyasiga nisbatan kuchayib borayotgan
ekologik muammolar, tabiiy resurslarning etishmasligi, umumjahon inflyasiyasi,
ijtimoiy xizmat sohalarining g’arib holati tufayli bu dastur bizning zamonamizga
to’g’ri kelishiga bildirilgan shubhalar avj olib turgan pallada maydonga keldi.
Dastlab firmalarning bozor munosabatlaridagi faoliyati asosan foyda olishgagina
qaratildi. Keyinchalik ular xaridor ehtiyojlarini qondirishning strategik ahamiyatini
anglab etdilar va natijada bozor marketinggi konsepsiyasi paydo bo’ldi. Bugungi
kunga kelib, ular biror muhim ishga qo’l urishdan oldin, jamiyat manfaatlari
haqida ham o’ylay boshlaydilar. Marketing faoliyati to‘g‘ridan to‘g‘ri tovar-pul muomalasi shakllanishi bilan bog‘liq va uni shu savdo jarayonining yuqori darajali va
keng ma’noli ifodasi deb qarash maqsadga muvofiqdir. Shunday mulohaza „marketing mazmuni va terminologiyasi doimo yangilanadi, ammo
avvalambor ular savdo (tovar-pul) muomalasiga bog^iqdir"1 yoki
„Marketing biznes falsafasi sifatida to‘g‘ridan to‘g‘ri tovar ayirbosh-
lash bilan birga paydo bo‘lgan“,' - deb Rossiya olimlari tomonidan ham
qayd etilgan.
Demak, marketing faoliyatining shakllanishi, eng avvalo, G‘arbda
emas, Sharqda „Buyuk Ipak yo‘li“ ta’sirida savdo-sotiqning rivojlanishi
bilan miloddan avvalgi I asming ikkinchi yarmidan boshlangan deyilishi to‘g‘ri bo‘ladi. Si viloyatining boshqaruvchisi IV asrning o‘rtalarida
„Fanlar saroyi“ni tashkil etib, unda bir necha ming olimlar 500 yozma
ishni ,,Guan-Szo‘“ nomi bilan ataganlar. Unda „bozor - bu xo‘jalikdagi
tartib yoki tartibsizlikni anglatadigan tushuncha“ deyilgan ekan.
Marketing - tadbirkorlik (biznes) faoliyati falsafasi sifatida ifodalanishi jahondagi ko‘pchilik ilmiy va amaliy maktablarda shakllangan
g‘oyadir. U ko‘pchilik mamlakatlar tadbirkor (beznesmen)lari, menejerlari va olimlarining aniq bir siyosiy ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlardagi
ijodiy hamkorliklari natijasidir.
Amerika Marketing Assotsiatsiyasi, marketingga - tovar va xizmatlaming ishlab chiqarishdan iste’molchiga yetib kelishi jarayonidagi tadbirkorlik faoliyati deb XX asming 60-yillaridayoq ta’rif bergan edi. Ammo, hozirgi zamonaviy marketing tushunchasiga ko‘proq,
iste’molchilaming ehtiyoj va talablarini qondirish imkoniyatlari va
vositalari to‘g‘risidagi bilimlar majmuasi deb qaralmoqda. Shuning
uchun marketing keng ma’noda - „Firmaning raqobatli bozor sharoitida
strategiya va taktikasini aniqlovchi zamonaviy biznes falsafasi" deyiladi.
Chunki marketing - firma (korxona)ning uzoq muddatli, yuqori darajali
ishlab chiqarish va sotish faoliyati hisoblanadi.
Marketingning juda ko‘p ta’rif va talqinlari uni ikki yo‘nalishda:
bozor tamoyili (konsepsiyasi) va bozordagi tadbirkorlik faoliyati sifatida o‘rganishni taqozo etmoqda.
1985-yilda Amerika Marketing Assotsiatsiyasi tomonidan „Marketing mohiyati - insonlar va tashkilotlar talablarini qondirish maqsadida tovar va xizmatlar ishlab chiqarishni rejalashtirish va uni amalga oshirish, narx belgilash, tovarlar harakati va sotilishini uyushtirish"
deb o‘zgartirildi. Bu ta’rifda marketing - notijorat tashkilotlar yoki xizmat ko‘rsatish sohalarining ham bozor munosabatlarini tashkil etuvchi
vosita ekanligi hisobga olinadi. Shu bilan birga, marketing bozor tamoyili ekanligi oydinlashtirildi. Marketing ikkinchi tomondan insonni tadbirkorlik faoliyati bo‘lib, bozorda eng samarali natijaga erishish jaryonini anglatadi.
Yevropa Marketing Qo‘mitasi va Xalqaro Marketing Assotsiatsiyasi
(Angliya)ga dunyodagi yetuk marketolog olimlar a’zo qilib olingan.
1992-yilda Avstraliyaning Kanberra shahrida Global Marketing
bo‘yicha Xalqaro Konferensiyada - „Marketing" bu hamma narsa, „Marketing biznes demakdir“ - deb e’lon qilindi. Marketingni fan va san’at
sifatida rivojlanishiga chet el olimlaridan B. Berman, G.Bolt, M.Brnk,
X.Vays, A. Vayman, X.Verli, D. Gardner, X. Grenross, D.Garst,
P. Draker, Ye.Dixtl, R. Kamp, F. Kotler, P.Kateora, J.Lamblen, T.Levit, S.Madjaro, X.Mefefert, R.Nashlag, J. Evans va boshqalar o‘z hissalarini qo‘shdilarHozirgi zamon marketinggi - bozorda muvaffaqiyatga erishishning
omillari va vositalari sifatida (chizma) qaralmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |