Mavzu: marketing tamoyillari yordamida bozor va bozor qonunlarini o’rganish



Download 0,61 Mb.
bet3/9
Sana29.05.2022
Hajmi0,61 Mb.
#619448
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
MARKETING TAMOYILLARI YORDAMIDA BOZOR VA BOZOR QONUNLARINI O’RGANISH

Bozor konyunkturasini o’rganish mazmuni va tartibi firma tomonidan ko’zlangan maqsadga bog’liq bo’ladi va uch turga bo’linadi: konyunktura axborotnomasi, konyunktura tahlili va konyunktura prognozi. Konyunktura axborotnomasi - bu bozor konyunkturasining hozirgi holati va uning asosiy xususiyatlarini aks ettiruvchi hujjatdir. Bu konyunkturani o’rganishning eng sodda shakli bo’lib, odatda savdo assortimentining maqbulligini baholash uchun foydalaniladi. Konyunktura tahlili - konyunkturani mavjud holatga keltirgan omillarning tahlilini o’z ichiga oladigan hujjat hisoblanadi. Amalda tahlil bozor konyunkturasinig maxsus izlanishlarini aks ettiradi va omillarning ta'sir doirasini aniqlashga xizmat qiladi. Konyunktura prognozi bozordagi holatni ma'lum davr ichida oldindan ko’rish va uning asosiy parametrlarini aniqlashni o’z ichiga oladi. Bunda konyunkturaga ta'sir o’tkazuvchi omillarning yaqin kelajakdagi xususiyatlarini aniqlashga e'tibor qaratiladi.

Shuni e'tiborga olish lozimki konyunktura tahlili va prognozida uning o’ziga emas, balki konyunkturaga ta'sir qiluvchi omillarga ko’proq ahamiyat beriladi. Shu sababli, bozor konьyunkturasiga ta'sir qiluvchi omillarni ajratish maqsadga muvofiq bo’ladi. har qanday bozor konьyunkturasini belgilab beruvchi omillarni ikki guruhga bo’lish mumkin: makroiqtisodiy omillar; mikroiqtisodiy omillar, ya'ni mazkur bozordagi talab, taklif, narx va raqobat omillari. Hech qanday alohida tovar bozori mamlakat iqtisodiyotidan ajralgan holda rivojlana olmaydi. Shu sababli, iqtisodiyot qanday holatda, uning jahon bozorida tutgan o’rni qanday, milliy boyliklar qay darajada qo’llanilmoqda degan savollarga javob topish lozim bo’ladi. Konyunkturani o’rganishning birinchi bosqichi iqtisodiyotning holatini tahlil qilishdan boshlanadi. Yalpi milliy mahsulot, milliy daromad, eksport hajmi, investitsiyalar va iste'mol darajasi va boshqa ko’rsatkichlar ichki bozorning rivojlanganlik darajasini aniqlashga yordam beradi.

Bozor konyunkturasining hozirgi holati iqtisodiy siyosatning bir-ikki yil oldin bajarilgan harakatlarning mahsuli bo’lganligi sababli, makroiqtisodiy tahlil kamida ikki yillik muddatni qamrab olishi maqsadga muvofiq. Keyingi bosqichi bozorni shakllantiruvchi sohaning tahliliga bag’ishlanadi. Bunda quyidagi savollarga javob topish lozim bo’ladi: sohaning iqtisodiyotdagi o’rni qanday? soha texnologik jihatdan hayotiy tsiklning qaysi bosqichida? sohaning rivojlanish sur'atlari qanday? sohada qanday muammolar mavjud? Bunday izlanish natijasida taklifning umumiqtisodiy imkoniyatlari ma'lum bo’ladi. Shunisi e'tiborliki, makroiqtisodiy omillarning tahlili kompleks ravishda olib borilishi va olingan ma'lumotlar keng doiradagi konьyunktura tahlillarda qo’llanilishi mumkin. Shu sababli ko’pchilik davlatlardagi, shu jumladan O’zbekistonda bunday axborotlarni davlatning maxsus organlari va halqaro tashkilotlarni vakolatli organlari tayyorlab beradilar. Masalan, BMT ning inson taraqqiyoti hisobotlari, TACIS dasturining iqtisodiy rivojlanish axborotnomalari, O’zbekiston Respublikasi statistika qo’mitasi tahliliy axborotlari va h.k.


Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish