Mavzu: Marketing saboqlari
REJA:
1. Marketing tushunchasi va uning mohiyati.
2. Marketingning tamoyillari va vazifalari
3. Marketing mazmunini yorituvchi asosiy tushunchalar.
Bunni yodda
tuting!
Marketingning eng sodda shakllarini tovar-moliya munosabatlari endi paydo bo’lib, taraqqiy eta boshlagan davrda uchratish mumkin. Bizga tovarlar reklamasi haqidagi ma’lumotlar qadimgi Misr, Mesopotamiya va Sharqiy Osiyo davlatlarida bo’lganligi tarixdan ma’lum. Masalan, 1650 yilda Yaponiyaning “Mitsui” nomli savdo firmasi a’zolaridan biri Tokioda universal magazinga o’xshash bir savdo markazi ochgan. Bu yerda marketingning asosiy tamoyillaridan ba’zilarini u amalda qo’llagan, ya’ni turli tovar turlari bo’yicha talab va taklifni aniqlash, xaridorgir tovarlarni ishlab chiqarish uchun buyurtmalar qabul qilish, tovarlarga kafolat muddati belgilash va shu muddat davomida xaridor tovarni qaytarib berib, o’z pulini olib ketish huquqiga ega ekanligini e’tirof etish, tovarlarni reklama qilish kabilardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |