3-masalaning bayoni: Buyuk adib, tarixchi mutafakkir Abulqosim Firdavsiy "Shoxnoma"ning ayrim boblarida hamda “Gushtasp” dostonida Markaziy Osiyo va Eron xalqlarining islomgacha bо‘lgan dini-zardushtiylik hamda uning asoschisi Zardо‘sht haqida juda iltifot va mehr bilan yozib, uni muhbadlar muhbadi - donishmandlar peshvosi, payg’ambar deb ta’riflaydi, shu bilan u asos solgan kitob "Avesto"ni eslaydi. Haqiqatda xam, Zardо‘sht Sharqning birinchi faylasufi, notig’i, shoiri, donishmandi, xalq dohiysi hisoblanadi.
Zardо‘sht haqida qо‘yidagilarni bayon etishni ma’qul deb hisoblaymiz. Sharqshunos olimlarimizning tadqiqotlaridagi muloxazalarga qaraganda, S’itamen urug’idan bо‘lgan Zardо‘sht eramizdan oldingi VI asrda yashagan. Otasini ‘aurushasa, onasini esa Dugdova deb atashgan. Zardо‘sht bolaligidanoq ot, tuya boqish bilan shug’ullangan. О‘z urug’lari orasida yurib ularning urf-odatlari, dini hamda udumlarini о‘rgangan, har xil e’tiqoddagi kishilar, donishmand va ‘eshvolarning suxbatlarida bо‘lgan, chorvadorlar orasida kezib yurib, muysafidlarning gurungi-suxbatlarida ishtirok etgan. Zardо‘sht qurbonlik natijasida borgan sari mollarning kamayib, qirilib ketayotganini kо‘rib aziyat chekkan, buning oqibati xunik bо‘lishini kо‘ra bilgan va qabilalar о‘rtasida tez-tez sodir bо‘lib turgan nizo, qirg’in urushlarning negizi xam mana shu odat bilan bog’liqligini tushungan. Keksalar bilan bо‘lgan bir qancha suxbat va maslaxatlardan keyin u о‘zining nor tuyasiga minib (20 yoshli "sarik tuya egasi" – Zardо‘sht demakdir) qishloqma-qishloq, shaharma-shahar kezadi, natijada kо‘’ xudolikning zararli tomonlarini xalq о‘rtasida tarqatib yakkaxudolik g’oyasini targ’ib etadi. Natijada, о‘n yildan keyin yagona xudo Axuramazdani kо‘rsatadi. Zardо‘sht ilgari surgan g’oyaning asl negizi ikki narsaga tayanadi: mutlо‘q g’oya Xurmuzdning yakkayu-yagonaligini tan olish; yaxshilik bilan yomonlik, rostgо‘ylik bilan yolgonchilik, zulmat bilan nur о‘rtasidagi doimiy kurash xakidagi ta’limot – borliqni ikkiga bо‘lib qarash - dualistik qarashga sodiq qolishlikni olg’a suradi.
Zardо‘sht ta’limoti tobora xalqqa ta’sir о‘tkazayotganini sezgan muxoliflari unga qarshi kurashga otlanadilar. Hayoti xavf ostida qolgan Zardо‘sht bir gurux dо‘stlari xamda tarafdorlari bilan Xorazmdan Eronga qochib о‘tib о‘z ta’limotini erli xalqlar orasida uzil-kesil shakllantiradi.
Firdavsiy va Beruniyning ta’biricha, Zardо‘sht birinchi bо‘lib о‘z dinini Eron shoxi Vishtasga asoslab kо‘rsatib uning e’tirofini qozonadi. "Shaxristonxon Eron" kitobida Vishtas farmoniga kо‘ra Zardо‘sht 1200 bobdan iborat Pandnoma - "Avesto" ni oltin taxtachalarga yozib, shoxning otashkadasiga tо‘shirgan" deb yozilgan. Shundan keyin shox ‘ayg’ambarning tarafdori sifatida yangi dinning ashadiy targibotchisiga aylandi. Zardо‘shtning xoxishi va Vishtasning farmoniga muvofiq barcha shaharlarda otashkadalar -ibotadxonalar quriladi. Ana shunday otashkadalardan biri - eng о‘lkan Balx shaxrida qad kо‘taradi.Zardо‘sht 77 yoshida о‘sha oltin suvi bilan zarxallangan binoda ibodat ‘aytida kо‘’xudolik tarafdori Bratarvaxsh tomonidan chavaklab о‘ldiriladi. (Bu ma’lumotlar "О‘zbek ‘edagogikasi antologiyasi". Toshkent., "О‘qituvchi", 1995 yilda chо‘ etilgan 1 jild, 30-31-bet. Kо‘chirma).Ammo uning ta’limoti, u asos solgan dini Ajam о‘lkalarida Islom majburan qabul qildirilgunga qadar muqaddas e’tiqod bо‘lib kelgan. Xozir xam Janubiy Xindistonda yuz mingdan ziyod, Shimoliy Eronda bir necha ming kishi zardо‘shtiylik e’tiqodiga mansub bо‘lib kelmoqdalar.
О‘tmish madaniyatimizning taraqqiyot bosqichlarini о‘rganish borasida xali oldimizda ancha masuliyatli xamda olijanob ishlarni amalda bajarish vazifalari turibdi. Tarix bayonnomasiga asoslanib shunga e’tibor beramizki, ma’naviy, madaniy-ruxiy tiklanish insonning erga va uning boyliklariga bо‘lgan munosabatlarini shakllantirib kelgan. Xalqimiz er, xavo, suv va olov, quyoshni Markaziy Osiyoda qadimdan ezozlab kelgan. Shu bilan birga Yurtboshimizning ta’biricha "…ajdodlarimizning zardо‘shtiylikdan tortib to islomgacha bо‘lgan barcha dinlari munosib qadrlab kelingan".
Shunday qilib, Markaziy Osiyo xalqlari ma’naviy-madaniy hayotida zardо‘shtiylik dini va uning progressiv g’oyalariga tayanish keskin shakllandi. Keyingi davrlarga kelib boshqa diniy oqimlarning tiklanishi va mumkin qadar rivojlanishiga muxit yaratildi. Zamonaviy qadriyatlarning vujudga kelishini ta’minladi va nixoyat, Markaziy Osiyodagi islom dinining ruxan о‘ziga xosligini anglab etishni, madaniy boyligimizning ajralmas qismi bо‘lmish islomdan oldingi madaniyatni chuqur о‘rganishni taqozo etib kelmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |