Mavzu: Markaziy Osiyo qadimgi svilizatsiya o’chog’i Reja



Download 49,81 Kb.
bet1/4
Sana23.06.2022
Hajmi49,81 Kb.
#694016
  1   2   3   4
Bog'liq
Mavzu Markaziy Osiyo qadimgi svilizatsiya o’chog’i Reja 1 (2)


Mavzu: Markaziy Osiyo qadimgi svilizatsiya o’chog’i
Reja:

  1. Markaziy osiyo insoniyat sivilizatsiyasi

  2. Qoraqalpog`istonda mezolit davri makonlari Orol dengizi

  3. O’zbekistonda topilgan mustye davri yodgorliklari



Markaziy osiyo insoniyat sivilizatsiyasining
qadimgi o’choqlaridan biri

Hozirgi kunga kelib Vatan tarixiga bo`lgan diqqat-e`tibor nihoyatda kuchaygan bir davrda, O`zbekiston hududlari eng qadimgi davrlardan boshlab jahon sivilizatsiyasining o`choqlaridan biri ekanligiga hech qanday shubha qolmadi. Nafaqat O`zbekiston, balki, butun O’rta Osiyo xududlarida olib borilayotgan keng maqsaddagi tadqiqot ishlarining natijalari ham Vatanimizning jahon sivilizatsiyasida tutgan yuqori o`rnini yana bir bor tasdiqlaydi.


Dunyoning turli burchaklarida yashaydigan xalqlarning tarixning turli davrlarida, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jarayonlarda erishilgan yutuqlari hamda taraqqiyot bosqichiga ko`tarilishini sivilizatsiya tushunchasi o`zida aks ettiradi. Bu tarakkiyot bosqichi insoniyatning paydo bo`lishi va rivojlanishi, jamiyat rivojlanish darajasi, moddiy va ma`naviy madaniyatning yuksalishi, qabilalar va xalqlar o`rtasidagi o`zaro munosabatlar bilan izohlanadi.
O`rta Osiyo sivilizatsiyasi turli xududlarda turli davrlarda paydo bo`ldi va rivojlandi. Misol uchun, janubiy xududlarda yashagan qadimgi qabilalar miloddan avvalgi VI ming yillikdayoq dehqonchilikka o`tib, unumdor xo`jalikni rivojlantirgan bo`lsa, bu davrda shimoliy xududlardagi qabilalar asosan ovchilik, baliqchilik va chorvochilikning ilk shakllari bilan shug`ullanganlar. Bu notekslik jarayonini tabiiy-geografik sharoitlar va o`zaro munosabatlar bilan izoxlash mumkin.
Undan tashqari O`rta Osiyoda turli-tuman madaniyat yaratgan qadimgi aholining neolit davridiyoq, ya`ni, miloddan avvalgi VI-IV ming yilliklardagi o`zaro munosabatlari va bu aholining Sharqdagi, dastavval, Old Osiyodagi boshqa qadimgi sivilizatsiya o`choqlari bilan uzviy aloqada bo`lishi ham mahalliy sivilizatsiyaning rivojlanishiga katta ta`sir ko`rsatgan.
Ibtidoiy jamoa tuzumi kishilik jamiyatni taraqqiyotdagi eng uzoq davom etgan va eng qadimgi davridir. Bu davrni chuqur o`rganishda arxeologiya, etnografiya, antropologiya kabi fanlarning ahamiyati beqiyosdir. Qadimgi odamlar o’z faoliyati davrida atrof muhitga ta`sir ko`rsatib, kundalik hayotda o’ziga bo’ladigan mehnat qurollari yasagan, yashash uchun makonlar tanlagan, keyinchalik esa boshpanalar qurganlar. O’z navbatida bu jarayonlar inson faoliyatiga ta`sir ko`rsatgan.
Hozirgi paytda O’rta Osiyo xududi ibtidoiy jamiyat rivojlanishining aloxida bosqichlari quydagi davrlarga bo`linadi:
Paleolit davri: bundan taxminan 800 ming yil ilgari boshlanib, 15-12 ming yil ilgari tugaydi:
Mezolit (²mezos²-o’rta, ²litos² -tosh) mil.avv. 12-7 ming yilliklar
Neolit (²neos²-yangi, ²litos²-tosh) -mil.avv. 6-4 ming yilliklar.
Eneolit (mis-tosh davri)-mil.avv. 4 ming yillikning oxiri-3 ming yillikning boshi.
Bronza asri-mil.avv. 3-2 ming yilliklar
Temir davri-mil.avv. 1-ming yillikning boshlaridan
O`zbekiston xududlaridagi eng qadimgi odamlarning manzilgohlari Farg`ona vodiysidagi Selungur, Toshkent viloyatidagi Ko`lbuloq, Buxorodagi Uchtut makonlaridan topilgan. Bu davr odamlari toshlardan qo`pol qurollar (chopperlar) yasab, termachilik va jamoa bo`lib ov qilish bilan shug`ullanishgan. Ilk paleolit davri odamlari jismoniy jihatdan ham, aqliy jihatdan ham hozirgi odamlardan farq qilishgan. Ular tabiat oldida ojiz bo`lib, unda taiyor bo`lgan mahsulotlarni o`zlashtirganlar.
Ilk paeolit, ya`ni ashel` davrining oxirlarida yashagan odamlarning manzilgohlari Qoraqalpog`istonning Ustyurt tekisligidagi Borsakelmas degan yerdan ham topib o`rganilgan.
O`rta paleolit davri makonlari Toshkent vohasidagi Obirahmat, Ho`jakent, Samarqanddagi Omonqo`ton, Boysun tog`laridagi Teshiktosh makonlaridan topilgan. Mashhur yodgorliklarning biri Teshiktosh g`or makoni bo`lib bu yerdan turli-tuman qurollar va hayvon suyaklaridan tashqari, 9-10 yashar bolaning qabri qozib ochilgan.
O`rta paleolit davriga kelib ibtidoiy jamiyat odamlarining mehnat qurollari takomillashdi. Eng muhimi, ibtidoiy to’dadan urug`chilik jamoasiga o`tish boshlanadi. Shimoldan ulkan muzlik siljib kelishi natijasida olov kashf etiladi. Jamoa bo’lib ov qilish paydo bo`ldi.
So’nggi paleolit davriga oid makonlar Ohongarondagi Kulbuloq, Toshkentning g`arbidagi Buzsuv 1 hamda Samarqand shahridan topilgan.
Bu davrga kelib odamlar faqat tog`li hududlarga emas, tekisliklarga ham tarqala boshlaydilar. Bu davrning eng katta yutugi urug`chilik tuzumiga (matriarxat) o`tilishidir.
Mezolit davri yodgorliklari Surxondaryodagi Machoy g`or-makonidan, Markaziy Farg’onaning ko`pgina yodgorliklaridan topib o`rganilgan. Bu davrga kelib muzlik yana shimolga qaytadi. Hayvonat va o`simlik dunyosida katta o`zgarishlar sodir bo`ladi. Insoniyat o`z tarixidagi dastlabki murakkab moslama-o`q-yoyni kashf etadi.
Mezolit davri qabilalari asosan ovchilik va termachilik xo`jaligi yuritganlar. Bu davrning oxirlariga kelib dastlabki uy chorvachiligi yoki hayvonlarni xonakilashtirish boshlanadi.



Download 49,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish