Mavzu: Markaziy bank tashkiliy tuzilishi Reja: Kirish Asosiy qism


Markaziy bankning “davlatning banki” funktsiyasi; rasmiy oltin-valyuta zaxiralarini boshqarish funktsiyasi



Download 51,71 Kb.
bet4/6
Sana26.03.2022
Hajmi51,71 Kb.
#511896
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Markaziy bank tashkiliy tuzilishi

4. Markaziy bankning “davlatning banki” funktsiyasi; rasmiy oltin-valyuta zaxiralarini boshqarish funktsiyasi.
Markaziy bank, davlat banki sifatida, Davlat byudjetining kassali bajarilishini amalga oshiradi, davlat organlarining naqd pulsiz operatsiyalarini ma’lum qismini amalga oshiradi, xukumatning tashqi qarzlarini to’lashga xizmat qiladi, byudjet defitsitining ma’lum qismini qoplashga va boshqa davlat muassasalarining xarajatlarini moliyalashtirish maqsadlariga qisqa muddatli kreditlar beradi. Hamda xukumatga pul-kredit va valyuta masalalari boyicha maslahatlar beradi.
Masalan, Bundesbank davlat banki sifatida Federatsiyaga, ma’muriy-hududiy bo’linmalarga hamda Federatsiyaning parabyudjet fondlariga kreditlar berish huquqiga ega. Bu kreditlar hajmi cheklangan bo’lib, qisqa muddatli xarakterga egadir.
Davlat banki sifatida Bundesbank, xukumat nomidan uning obligatsiyalarini, moliyaviy veksellarini sotadi va ularni sotish uchun e’lon qiladi. U federal zayomlar kursini barqaror darajada saqlanishi uchun javobgar hisoblanadi.
Markaziy bank davlatning asosiy bankiri va xukumatning moliyaviy maslahatchisi bo’lib hisoblanadi. Bu borada:
xukumat miqyosidagi tashkilotlarning hisob raqamlarini yuritadi;
davlat zayomlarini chiqarish, saqlash va ular bilan tegishli operatsiyalarni amalga oshiradi;
xukumatga kredit beradi;
davlatning oltin-valyuta va qimmatbaho toshlardan iborat rezervini o’zida saqlaydi va boshqaradi;
mamlakat miqyosida valyuta kursini o’rnatadi, foiz siyosatini yurgizadi va davlatning boshqa davlatlar oldidagi majburiyatlariga javob beradi. Ular bilan korrespondentlik munosabatlarini o’rnatadi va olib boradi.
Markaziy bankning davlat banki sifatidagi funktsiyasining muhim kqrinishlaridan biri xukumatning tashqi qarzlarini tqlash jarayonida namoyon bo’ladi.


Oltin-valyuta zaxiralarini boshqarish funktsiyasi.
Davlatning oltin - valyuta rezervlarini boshqarish funktsiyasi. Markaziy Bank davlatning oltin, kimmatbaxr metal va kamyob toshlarni valyuta zaxiralarini boshqaradi. Davlatning rasmiy oltin-valyuta zaxiralari xalkaro xisob-kitoblarda aktivlar rezervi, xisob-kitoblar boyicha davlatning kafolatli sug’urta fondi sifatida namoyon bo’ladi. Odatda mamlakat oltin zaxiralarining asosiy qismi Markaziy bank ixtiyoriga berilgan bo’ladi. Ba’zi davlatlarda oltin zaxiralar moliya ministrligi ixtiyorida bo’lib, markaziy bank oltin bilan operatsiyalarni olib boradi.
Rivojlangan davlatlarda xukumatning odatda, chet el valyutalarida hisob-raqamlari bo’lmaydi. Mamlakatning oltin-valyuta zaxiralarini boshqarish Markaziy bank zimmasida bo’lib, ularning summasi Markaziy bank balansida aks etadi. Xukumatning esa, chet el valyutalarida tashqi qarzlari mavjud bo’ladi. qarzni tqlash muddati kelishi bilan xukumat Markaziy bankka tqlov topshiriqnomasi yozadi. Bank qzining valyuta zaxiralari hisobidan xukumatning tashqi qarzini to’laydi va to’langan summaning milliy valyutadagi ekvivalentini xukumatning hisob raqamlaridan chegirib oladi.
Rivojlangan industrial davlatlarda Markaziy bank bajaradigan an’anaviy funktsiyalardan biri - valyuta zaxiralarini boshqarishda Markaziy bankning monopol mavqeiga ega ekanligidir. Xususan, Avstriya, Buyuk Britaniya, Germaniya, AQSh kabi davlatlarning markaziy banklari mamlakat valyuta zaxiralarini boshqarishda ana shunday huquqqa egadirlar.
Markaziy banklarning maslahatlar berish va ma’lumotlar bilan ta’minlash funktsiyasini uning davlat banki sifatidagi funktsiyasiga kiritish mumkin. Markaziy bankning ma’lumotlar talab qilish huquqi to’g’risida tijorat banklari uchun hisobotlar shaklini va topshirish muddatini belgilab berishligini Markaziy bankning ma’lumot - tadqiqot funktsiyasining bir ko’rinishi sifatida ko’rsatadi.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, Markaziy bankning funktsiyalari qo`yilgan maqsadlarga erishishni ta’minlash uchun xizmat qiladi. Shu sababli asosiy maqsadga erishish yo`lida belgilangan u yoki bu vazifani hal etish Markaziy bank funktsiyalarining ayrimlarini boshqalariga nisbatan faolroq jalb qilinishini talab etadi.
Yuqorida qayd etib o`tilgan Markaziy bankning asosiy an’anaviy funktsiyalari xalqaro bank tizimida an’anaviy ko’rinish sifatida keng tarqalgan, ya’ni har bir rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar Markaziy banklarining funktsiyalari bir-biriga o’xshab ketadi.
«O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi qonunining 3-moddasida: «Markaziy bankning asosiy maqsadi milliy valyuta barqarorligini ta’minlashdan, uning qadrini oshirish va shu orqali baholar barqarorligini ta’minlashdan iborat» deb yozib qo’ yilgan.
«Valyuta barqarorligi» atamasi pul massasi, narx-navo va milliy valyuta ayirboshlash kursining barqaror bo’ lishi tushunchasini o’ z ichiga oladi. Bu esa Markaziy bankning iqtisodiyotni boshqarishdagi ahamiyatini aks ettiradi. Albatta, pul massasiga, narxlarga, ayirboshlash kurslariga ta’sir ko’ rsatuvchi omillar ko’ p bo’ lib, shulardan ayrimlari Markaziy bankning bevosita nazorati va ta’sirostidadir.
Markaziy bankning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • monetar siyosat va valyutani tartibga solish sohasidagi siyo-satni shakllantrish, qabul qilish hamda amalga oshirish;

  • O’zbekiston Respublikasida hisob-kitoblarning samarali ti-zimini tashkil etish va ta’minlash;

  • Bank faoliyatini tartibga solish va banklar ustidan nazorato’ rnatish;

  • O’zbekiston Respublikasining rasmiy oltin- valyuta zaxiralari-ni, shuningdek, hukumat zaxiralarini kelishuvga ko’ ra saqlash va boshqarish;

  • Moliya vazirligi bilan birga davlat budjetining kassa ijrosinitashkil etish.

Markaziy bank o’ zi belgilangan eng kam miqdorda rezervlar saqlash to’ g’ risida banklarga ko’ rsatma beradi. Majburiy rezervlar Markaziy bankda naqd pul yoki omonatlar ko’ rinishida, Markaziy bank belgilangan tartibda depozitga o’ tkaziladi.
Vakolatli banklarning moliyaviy jihatdan barqarorligini ta’minlash, kreditorlar va mablag’ larni bankka qo’ ygan mijozlarning manfaatini himoya qilish maqsadida MB chet el valyutasidagi operatsiyalar bo’ yicha iqtisodiy-me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqqan.
Valyuta operatsiyalarini amalga oshirish uchun obyektiv asos sifatida tashqi savdo, kapitallar va kreditlarning harakati xizmat qiladi. Xalqaro mehnat taqsimotining yuzaga kelishi va rivojlanishi eksport-import operatsiyalarining yuzaga kelishi va takomillashishiga asosiy sabab bo’ ladi.
Valyuta operatsiyalarining keng ko’ lamda rivojlanishi markaziy banklarga ushbu bozorda erkin harakat qilishga va ayni vaqtda ularni tartibga solishga imkon yaratdi.
Markaziy bankning valyuta operatsiyalarini amalga oshirishga imkon beruvchi bir qator asoslar mavjud bo’ lib, ulardan asosiylari sifatida quyidagilarni ajratib ko’ rsatish mumkin:

  1. Markaziy bankning yetarli miqdorda oltin- valyuta zaxiralariga

ega bo’ lishi.
Bizga ma’lumki, ko’ plab rivojlangan davlatlarda, xususan, AQSH, Germaniya, Avstriya, Buyuk Britaniyada davlatga tegishli barcha oltin- valyuta zaxiralari Markaziy (Federal, Rezerv) bank balansiga o’ tkazilgan. Markaziy bankning vazifasi ushbu rezervlardan oqilona foydalanish bilan birga ularni oshirib borish hisoblanadi. Demak, u o’ z balansida chet el valyuta zaxiralariga suyangan holda, hukumat tomonidan belgilangan valyuta siyosati doirasidagi barcha operatsiyalarni amalga oshiradi. Masalan, valyuta investitsiyasini amalga oshirish uchun valyuta kursining tebranishlariga barham bera oladigan miqdorda likvid mablag’ larga ega bo’ lishi lozim (Angliya Markaziy banki ana shu maqsadga xizmat qiluvchi 40 milrd AQSH dollaridagi zaxiraga ega).

  1. Markaziy bankning xorijiy mamlakatlarning banklari bilan korrespondent munosabatlarining mavjudligi.

Markaziy bankning xalqaro valyuta bozorlaridagi barcha operatsiyalari uning o’ z milliy va xorijiy valyutalardagi korrespondent hisobvaraqlari orqali amalga oshiriladi. Har bir valyuta turiga bittadan korrespondent hisobvarag’ i ochiladi va Markaziy bank boshqa mamlakatlarning Markaziy banklarida o’ z huquqiy holatidan kelib chiqqan holda erkin tarzda korrespondent hisobvaraqlarini yuritishga haqlidirlar.
Hozirgi kunda Markaziy banklar xalqaro valyuta bozorida tijorat banklari bilan raqobat qila olmaydi. Tijorat banklari har yili ulkan miqdordagi mablag’ larni valyuta kursining o’ zgarishini chamalash, valyuta riskini boshqarish maqsadiga sarflaydi. Buning ustiga, Markaziy banklar bevosita tijorat tizimlari bilan kredit, hisob-kitob xizmati ko’ rsatish operatsiyalarini rivojlantirish imkoniyatini cheklaydi. Bunga sabab, ular tijorat strukturalariga xizmat ko’ rsatmaydilar.
Markaziy bankning dilerlariga, odatda, korrespondent hisobvaraqlarining qoldig’ i minimal bo’ lishi kerak, degan majburiy shart qo’ yiladi. Yuqorida keltirilgan omillarning mavjudligi ana shu shartlar bajarilishini taqozo qiladi.

  1. Markaziy bankka valyuta operatsiyalarini amalga oshirish

tartibini belgilab beruvchi me’yoriy hujjatlarning mavjudligi.
Respublikamizda «O’zbekiston Respublikasining Markaziy banki to’ g’ risida»gi, «Valyutani tartibga solish to’ g’ risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonunlari, Prezident farmonlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari Markaziy bankning valyuta operatsiyalarini amalga oshirish uchun huquqiy asos bo’ lib xizmat qiladi. Xususan, «O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki to’ g’ risida»gi Qonunning VI bobida valyutani tartibga solish va xalqaro rezervlarni boshqarish masalalari belgilab berilgan. Ushbu me’yoriy hujjatlarga muvofiq, Markaziy bank rasmiy valyuta munosabatlarini tartibga soluvchi davlat organi sifatida faoliyat ko’ rsatadi. U o’ z balansidagi rasmiy oltin- valyuta rezervlarini mustaqil tarzda boshqarish huquqiga ega, ayni vaqtda esa ularni samarali boshqarish yuzasidan ham javobgardir.

  1. Chet el valyutalari bilan savdo qilishda mavjud bo’ lgan

savdo qoidalariga rioya qilish.
Xalqaro valyuta savdosidagi qonunlarda yoki shartnomalarda belgilab qo’ yilmaydigan, ammo hamisha unga rioya qilinadigan ana shunday muhim qoidalar toifasiga quyidagilarni kiritish mumkin:
Spot bitimlari bo’ yicha valyutalarni 2 ish kuni mobaynida o’ tkazish. Ushbu muddatda ulgurmagan tomon, albatta, jarima to’ laydi.

  1. Kotirovkalarni e’lon qilish.

Diler valyuta sotmoqchi yoki sotib olmoqchi bo’ lsa, avvalo, o’ zining bankidagi xalqaro ma’lumotlar tizimidan foydalanadi. U kompyuterning displeyidan xalqaro valyuta bozorlaridagi kotirovkalarni kuzatishi mumkin. Shundan keyingina valyuta kursi o’ ziga ma’qul bo’ lgan bankka murojaat qiladi. Qabul qilingan qoida shundan iboratki, hech qaysi diler hech qachon birdan valyutani sotmoqchi yoki sotib olmoqchi ekanligini aytmaydi. Faqat sotish yoki sotib olish kursini so’ raydi.
Kurslar to’ g’ risidagi ma’lumotni olgandan so’ ng, o’ z fikrini izxor qiladi. Bunda bozorda qabul qilingan minimal bitimlar summasi, albatta, e’tiborga olinishi kerak. Masalan, 500 ming AQSH dollari, 1 mln Germaniya markasi, 1 mln Shveysariya franki bo’ lishi mumkin. Amalda valyuta savdosi minimal summadan bir necha barobar yuqori summada amalga oshiriladi.
Shunisi e’tiborliki, yetakchi valyutalar verguldan keyin 4-raqamgacha aniqlikda kotirovka qilinadi.

  1. Bitimning yozma tarzda shartnomalarsiz amalga oshiri-lishi.

Valyuta savdosi asosan telefon yoki telegraf orqali amalga oshirilgan kelishuvlar asosida sodir bo’ ladi. Birjada esa og’ zaki tarzda bitimlar tuziladi. Ammo ularni bajarish tomonlar uchun majburiy bo’ lib, so’ zsiz bajariladi. Gap yirik summalar ustida ketayotganligi sababli, bitimlarning imzolanishi darhol hujjatlar bilan tasdiqlanadi. Bu esa ularning ishonchliligini oshiradi.
Bitimning imzolanishi quyidagilarni o’ z ichiga olishi kerak:

  • ayirboshlanadigan valyutalarni aniqlash;

  • kurslarni belgilash;

  • yirik, ixchamlashtirilgan bitim summasini belgilab olish;

  • valyutada to’ lash;

  • valyuta o’ tkazilishi lozim bo’ lgan manzilni ko’ rsatish;

O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining valyuta operatsiyalari, hozirgi kunda, Respublika Oliy Majlisi va hukumatimiz tomonidan aniqlangan monetar siyosatning asosiy yo’ nalishlariga muvofiq amalga oshirilmoqda. Ta’kidlab o’ tish joizki, valyuta savdosida maqsadlilik va ustuvorlik prinsiðiga ko’ proq e’tibor berilmoqda. Ushbu maqsadlarga quyidagilar kiradi:

  • eksport uchun mahsulot ishlab chiqarish bilan mashg’ ulbo’ lgan korxonalar;

  • chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalarning O’ zbekistonda ishlab chiqarish faoliyati natijasida olgan foydalari va dividendlari;

  • Respublika iqtisodiyotining yetakchi tarmoqlaridagi ustu-vor loyihalarda qatnashayotgan korxonalarning so’ m mablag’ lari;

  • xalqaro turizm xizmati, xalqaro aloqalar bo’ yicha xizmat,xizmat safari va xorijda ta’lim olish bilan bog’ liq xarajatlar.

Ushbu maqsadlar uchun valyuta savdosini amalga oshirish tartibi faqat O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadi.
Shunday qilib, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki valyuta operatsiyalarini amalga oshirish uchun zarur bo’ lgan barcha asoslarga ega.
Markaziy bank foyda olish maqsadida faoliyat yuritmaydi. Lekin qonunda uning xarajatlari o’ z daromadlaridan qoplanishi qayd etilgan. Markaziy bank budjet tashkiloti hisoblanmaydi.
Amaliyotdan ma’lumki, Markaziy bankning bosh maqsadi – milliy valyuta barqarorligini ta’minlash va shu orqali mamlakatda narx barqarorligiga erishishdan iborat.
Markaziy bankning valyuta siyosati shu bosh maqsadga erishishning muhim vositasidir.
Markaziy bankning valyuta siyosati deganda uning valyuta munosabatlarini tashkil qilish va tartibga solish sohasidagi tadbirlarining majmuyi tushuniladi.
Markaziy bank valyuta siyosatining asosiy shakllariga quyidagilar kiradi:
– diskont siyosati; – deviz siyosati:

  1. valyuta intervensiyasi;

  2. devalvatsiya;

  3. revalvatsiya;

  4. valyuta rezervlarini diversifikatsiyalash.


Download 51,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish