Diskont siyosati – bu Markaziy bankning hisob stavkasini o’ zgartirish yo’ li bilan milliy valyuta kursiga va to’ lov balansining holatiga ta’sir etish maqsadida amalga oshiriladigan valyuta siyosatidir.
Markaziy bankning diskont siyosati kapitallarning davlatlararo harakatini jadallashtiradigan muhim vositadir. Ammo ushbu qoidani MDH davlatlariga nisbatan qo’ llab bo’ lmaydi. Valyutalarning konvertirlashtirish muammosini to’ laqonli hal etilmaganligi kapitallarning erkin harakat qilishidagi jiddiy to’ siqdir. Shuning uchun bu mamlakatlarda hisob stavkasining o’ zgarishi kapitallarning harakatiga bevosita ta’sir qilmaydi.
Markaziy bankning milliy valyuta kursiga ta’sir etish maqsadida valyuta bozorida chet el valyutalarini sotib olishi va sotishi valyuta intervensiyasi deyiladi.
Hozirgi davrda valyuta intervensiyasidan ko’ zlangan maqsad valyuta kursining qisqa vaqt oralig’ida kutilmaganda yuzaga keladigan keskin tebranishlariga barham berish hisoblanadi. Markaziy banklar valyuta kursini istalgan darajada o’ zgartirish imkoniga ega emas, chunki ular valyuta bozorlarida tijorat banklari bilan raqobat qila olmaydi. Shu sababli, valyuta intervensiyasidan maqsad valyuta kursining keskin tebranishlari oqibatlarini yumshatish hisoblanadi.
valyuta intervensiyasi rasmiy oltin- valyuta zaxiralari yoki markaziy banklarning banklararo «svop» bitimlari hisobiga amalga oshiriladi.
Intervensiyaning psixologik effekti katta ahamiyatga ega: Markaziy bankning operatsiyalarining oshkoralik darajasi qanchalik yuqori bo’ lsa, valyuta bozoridagi subyektlar organlarining tazyiqiga shunchalik darajada bo’ ysunishini taxmin qilish mumkin.
Devalvatsiya – milliy valyuta kursining qonuniy asosda pasaytirilishidir. Uning yuzaga kelishiga quyidagi ikki omil sabab bo’ ladi:
eksportni rag’ batlantirish zarurligi;
milliy valyutaning rasmiy kursi bilan uning real xarid quv-vati o’ rtasida sezilarli farqning paydo bo’ lganligi.
Devalvatsiyani mamlakat to’ lov balansi yomonlashganda va mamlakatga import oqimi kuchayganda amalda qo’ llash iqtisodiyotga ijobiy ta’sir etish mumkin.
Revalvatsiya – lotincha so’ zdan olingan bo’ lib, milliy valyutani xalqaro hisob-kitob pul birliklari sanalgan chet el valyutalariga (SDR, EKYU) nisbatan qadrini oshirishdir.
Revalvatsiya qadri kuchli valyutalarga nisbatan qo’ llaniladi. Masalan, Yevropa davlatlarining valyutalariga nisbatan qo’ llash mumkin. Revalvatsiyaning kelib chiqishiga sabab inflyatsiyaning nihoyatda past darajada bo’ lishi, uzoq vaqt davomida mamlakat to’ lov balansining aktiv bo’ lishi hamda milliy firma va kompaniyalarning jahon bozorida juda raqobatbardoshligidir. Revalvatsiya devalvatsiyaga nisbatan jahon amaliyotida kamroq qo’ llanilgan.
valyuta rezervlarini diversifikatsiyalash deganda bir vaqtning o’ zida bir nechta valyutada rezervlar tashkil qilish tushuniladi. Bu valyuta rezervlarining tarkibi barqaror valyutalar hisobiga yangilanadi. Masalan, hozirgi kunda Germaniya markasi, Yaponiya iyeni, Shveysariya franki devalvatsiya quroli hisoblanmoqda.
Hozirgi kunda valyuta siyosatining iqtisodiy konyunkturaga va pul massasiga ta’sirchanligini oshirish O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki faoliyatidagi asosiy masalalardan biri hisoblanadi.
Ushbu dolzarb masalani hal qilishiga ko’ maklashish uchun, birinchidan, Markaziy bankning svop operatsiyalarini rivojlantirish, ikkinchidan, eksportga yo’ naltirilgan korxonalarga chet el valyutasida kreditlar berish va ularni rag’ batlantirish zarur.
Markaziy bankning valyuta operatsiyalarining asosiy qismi svop operatsiyalariga to’ g’ ri keladi. Svop operatsiyalarining pul bozoriga ta’siri sezilarlidir. Markaziy bank tijorat banklaridan svop bitimlari bo’ yicha chet el valyutasini, masalan, AQSH dollarini sotib oldi. Bunda u banklar ixtiyoriga Markaziy bank pullarini ma’lum davrga berib qo’ yadi. Aksincha, u svop bitimi bo’ yicha banklarga AQSH dollarini sotdi, unda mamlakat pul bozori ma’lum vaqtgacha ancha likvidlikdan mahrum bo’ ladi.
Markaziy bank valyuta siyosatining muhim jihatlaridan biri shundaki, u orqali kredit institutlarining likvidligiga ta’sir etishning muhim usullaridan biri garov evaziga ssudalar berish bilan bog’ liq valyuta operatsiyalarini amalga oshirishdir. Ushbu operatsiyalarni amalga oshirish uchun tijorat banklariga Markaziy bankning chet el valyutasidagi aktivlaridan vaqtinchalik foydalanish huquqi beriladi. Aktivlarning o’ zi esa Markaziy bankning mulki bo’ lib qolaveradi, shu sababli unga foiz hisoblanadi.
Markaziy bank xo’ jaligidagi taklif va holatlarning tarkibiga asoslanib, shuningdek «O’zbekiston Respublikasining Markaziy banki to’ g’ risida»gi Qonunning qoidalariga muvofiq o’ z faoliyatining maqsadlari, ustuvor yo’ nalishlarini tanlaydi, pulkredit siyosatining strategiyasi va taktikasini ishlab chiqadi. Ular qo’ yilgan maqsadlarga erishishning muayyan usullari, dastaklari hamda vositalarini tanlashda aniqlanadi.
Markaziy bank valyuta siyosatini amalga oshirish jarayonida kreditlar va pul massasi miqdorlarining zarur darajada kengayishini ta’minlashga harakat qiladi.
Markaziy bank hukumat bilan munosabatlarga kirishadi hamda jahon amaliyotga muvofiq uning bankiri, fiksal agenti hisoblanib, mamlakat rasmiy oltin- valyuta zaxiralarini saqlab, xalqaro hisobkitoblarda zaxira aktivi va kafolat-sug’ urta fondi vazifasini bajarish uning asosiy yo’ nalishlaridan biri hisoblanadi.
Shuni alohida ta’kidlab o’ tish joizki, O’ zbekistonda bozor iqtisodiyoti munosabatlari shakllanayotgan davrda O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining valyuta siyosati o’ ziga xos xususiyatlarga ega ekanligi tabiiy.
Hozirgi vaqtga kelib barcha rivojlangan mamlakatlar valyuta cheklovlarini mutlaqo bekor qilgan. Qisman valyuta cheklovlari qolgan davlatlarda esa bu jarayon davom etmoqda. Masalan, Buyuk Britaniyada 1979-yildan beri valyuta cheklovlari mutlaqo yo’ q.
Erkin suzuvchi valyuta kurslari tizimida Markaziy bankning valyuta siyosatining iqtisodiyotga ta’siri kapitallarni eksport va import qilishni rag’ batlantirishda namoyon bo’ ladi. Uning mazmuni milliy valyuta kursini barqaror saqlab turish bilan belgilanadi. Shu bilan birga, Markaziy bank o’ zining balansidagi valyuta rezervlarini diversifikatsiya qilishi lozim. Bu ham valyuta siyosatiga ta’sir etadi.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki valyuta siyosati pul bozoriga sezilarli darajada ta’sir qilish imkoniyatiga ega emas. Chunki birinchidan, u yetarli miqdorda chet el valyutasidagi rezervlarga endigina ega bo’ lmoqda; ikkinchidan, haqiqiy ma’nodagi pul bozorining shakllanish jarayoni nihoyasiga yetgani yo’ q.
O’ zbek so’ mining hozirgi vaqtda cheklangan ichki konvertirlikka ega ekanligini va respublika valyuta bozorining holati O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining valyuta siyosatining maqsadi va yo’ nalishlarining o’ ziga xosligini yuzaga keltiradi. Bu o’ ziga xoslik, eng avvalo, so’ mning AQSH dollariga nisbatan kursini barqarorlashtirish va ichki valyuta bozorini rivojlantirish valyuta siyosatining birlamchi vazifalaridan ekanligida namoyon bo’ ladi.
Mamlakat oltin- valyuta rezervlarining to’ liq Markaziy bank balansiga o’ tkazilishi bilan uning valyuta siyosati ta’sirchanligi oshadi. Shu bilan birga, 1995-yil 1-yanvardan boshlab markazlashgan resurslarni eksport qilishdan tushgan valyuta tushumlari to’ liq Markaziy bankka sotilayotganligi uning valyuta bazasini yanada
(maksimal) mustahkamlashga xizmat qiladi. Ayni vaqtda, Xalqaro valyuta Fondi tomonidan respublikamizga 160 mln AQSH dollari miqdorida reabilitatsion zayomning berilishi va uning asosiy qismi valyuta birjasi orqali realizatsiya qilinishi Markaziy bank valyuta siyosati ta’sirchanligini oshirishga xizmat qiladi.
Respublikada valyuta bozorini rivojlantirish sohasidagi jiddiy tadbirlardan yana biri – tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug’ ullanuvchi korxonalarni ro’ yxatdan o’ tkazish va chetga chiqariladigan mahsulotlar uchun ruxsatnoma berish tartibining ancha soddalashtirilganligi bo’ ldi.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining valyuta siyosati doirasidagi amalga oshiradigan asosiy vazifalaridan biri mamlakatda tijorat xarakteridagi valyuta operatsiyalarini rivojlantirish uchun qulay muhit yaratish hisoblanadi. Hozirgi kunda muddatli operatsiyalarni rivojlantirish juda dolzarb va murakkab masala bo’ lib qolmoqda. Buning uchun esa valyuta bozorini rivojlantirish lozim. Chunki har qanday turdagi valyuta operatsiyasi – svop, forvard, valyutaviy opsionlar va fyucherslar bilan bog’ liq operatsiyalar pirovard natijada spot bozorining likvidligiga bog’ liq. Agar valyuta birjasida va birjadan tashqari valyuta bozorida erkin ayirboshlanadigan valyutalar bo’ yicha to’ liq likvidlik ta’minlansa, ya’ni barcha talablar muvofiq ravishda o’ z vaqtida qondirilsa, bu milliy valyuta – so’ mning qadrini oshirishga xizmat qiladi.
Xulosa
O`zbekistonda bank tizimi shakllanish davridayoq bank auditini xalqaro talablarga javob beradigan darajada tashkil etishga alohida e`tibor berildi. Hozirgi paytda tijorat banklari, avvalambor, Markaziy bank tomonidan diqqat bilan nazorat qilib borish obyekti sanaladiki, bu O`zbekiston Respublikasi “O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki to`g`risida”gi qonunda ham o`z ifodasini topdi. Qonunning 50-moddasida aytiladiki, Markaziy bank bank tizimi barqarorligini saqlab turish, omonatchilar va kreditorlarning manfaatlarini himoya qilinishini ta`minlash maqsadida banklar faoliyatini nazorat qiladi va tartibga solib boradi.
Markaziy bank iqtisodiyotni boshqarishda va bank tizimini nazorat qilishda muhim rol o`ynaydi. Shuning uchun ham uning faoliyati uning Ustaviga nisbatan yuqori kuchga ega bo`lgan qonun bilan tartibga solinadi. Markaziy bank alohida statusga ega bo`lgani holda butun bank tizimini, davlat organlarini nazorat qilib uning faoliyati, vazifalari va yuklatilgan majburiyatlar uni tijorat faoliyati chegarasidan chiqadi
Markaziy bank O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatiga
hisobdordir va bu uning ish faoliyatining alohida xususiyatidir. Xalqaro amaliyotda ham markaziy banklar milliy pul birligining ichki va tashqi barqarorligi uchun javobgar, o'zining parlamenti oldida hisob beradi, lekin o'z faoliyatida parlamentga bo'ysunmaydi.
Shuningdek, u bank operatsiyalarini amalga oshirish, buxgalteriya hisobi va bank statistik hisobotini yuritish, yillik hisobotlar tuzish yuzasidan banklar uchun majburiy bo`lgan qoidalarni belgilaydi. Bu qoidalar quyidagilardan iborat:
Banklarning hisoboti va boshqa hujjatlarini olish hamda tekshirish, ularning faoliyati, shu jumladan operatsiyalari to`g`risida axborot so`rash va olish;
Olingan axborot yuzasidan izoh talab qilish;
Banklar, ularning filiallari va bank bilan uzviy bog`langan yuridik shaxslarning faoliyatini tekshirish hamda tartibbuzarlarga nisbatan sanksiyalar qo`llash;
Xulosa qilib aytganda yurtimizda Markaziy bankning maqomini yanada oshirishda bank kredit tizimi va uning asosiy yo`nalishlarini belgilab olish, aholi mablag`larini tijorat banklari omonatlariga jalb etish ishlarining samaradorligini oshirish, pul kredit siyosatini isloh qilish, mamlakatda inflyatsiya darajasining o`sishiga yo`l qo`ymaslik va boshqa shu kabi chora tadbirlarni amalga oshirish kerak deb o`ylayman.
Do'stlaringiz bilan baham: |