3.Quyma olishda texnologik jarayon
Bu usulda po‘lat qolipga metall erkin quyilib puxta, aniq o‘lchamli, tekis yuzali sifatli quymalar olinadi. Metall qolip narxining qimmatligi, qolipda metallning tez sovishi sababli metallning oquvchanligining kamayib ketishi, quymalar yuzasida qattiq qatlamli struktura bo‘lishi bu usulning kamchiligi bo‘ladi.
Metall qoliplar konstruktsiyasi olinuvchi quyma shakli va o‘lchamlariga ko‘ra turlicha bo‘ladi. Masalan, oddiy quymalar olishga mo‘ljallangan qoliplar ajralmaydigan va murakkab quymalarning qoliplari vertikal, gorizontal yoki murakkab tekisliklar bo‘yicha ajraladigan bir necha bo‘lakdan iborat bo‘ladi.
Qora metall quymalar uchun sterjenlar sifatli qum-gilli materiallardan yasalsa, rangli metall quymalar uchun qora metall qotishmalaridan tayyorlanadi. Qolipga quyilgan metallning bir tekis sovishini ta’minlash maqsadida uning sirt yuzalariga maxsus quyma-barmoqlar o‘rnatiladi.
Bu usul quymalarni metall qoliplarda olish usulining bir turi bo‘lib, bunda metall po‘lat qolipga bosim ostida kiritiladi. Suyuq metallning bosim ostida kiritilishi tufayli qolip tezroq va to‘laroq to‘lib, quymada g‘ovakliklar deyarli bo‘lmaydi, mayda donachali puxta quymalar olinishi bilan birga o‘lchamlari aniq, yuzalari tekis bo‘ladi.Bu usuldan yirik korxonalarda alyuminiy, magniy, mis va boshqa qotishmalardan bir necha grammdan bir necha kilogrammgacha bo‘lgan murakkab shaklli, yupqa devorli, aniq o‘lchamli, tekis yuzali quymalar olishda keng foydalaniladi.Quyma murakkab va katta bo‘lsa, bir tekis sovimasligi oqibatida ichki zo‘riqish kuchlanishlari hosil bo‘ladi. Shu sababli quyma qoliplar tayyorlashda ularda metallning iloji boricha tekis sovishini ta’minlash tadbirlari ko‘rilishi lozim. Metall qolip narxining qimmatligi, murakkab shaklli va yupqa devorli quymalar olishning qiyinligi, suyuqlanish temperaturasi yuqori bo‘lgan metallardan quymalar olishda qolip materiali chidamliligining yuqori emasligi, bu usulning kamchiliklari hisoblanadi. - Bu usul quymalarni metall qoliplarda olish usulining bir turi bo‘lib, bunda metall po‘lat qolipga bosim ostida kiritiladi. Suyuq metallning bosim ostida kiritilishi tufayli qolip tezroq va to‘laroq to‘lib, quymada g‘ovakliklar deyarli bo‘lmaydi, mayda donachali puxta quymalar olinishi bilan birga o‘lchamlari aniq, yuzalari tekis bo‘ladi.Bu usuldan yirik korxonalarda alyuminiy, magniy, mis va boshqa qotishmalardan bir necha grammdan bir necha kilogrammgacha bo‘lgan murakkab shaklli, yupqa devorli, aniq o‘lchamli, tekis yuzali quymalar olishda keng foydalaniladi.Quyma murakkab va katta bo‘lsa, bir tekis sovimasligi oqibatida ichki zo‘riqish kuchlanishlari hosil bo‘ladi. Shu sababli quyma qoliplar tayyorlashda ularda metallning iloji boricha tekis sovishini ta’minlash tadbirlari ko‘rilishi lozim. Metall qolip narxining qimmatligi, murakkab shaklli va yupqa devorli quymalar olishning qiyinligi, suyuqlanish temperaturasi yuqori bo‘lgan metallardan quymalar olishda qolip materiali chidamliligining yuqori emasligi, bu usulning kamchiliklari hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |