6.1-rasm. Manometrik termometr chizmasi.
Ishlatish jarayonida termometr termoballoni o‘lchanayotgan muhitga tushiriladi va termoballondagi ishchi moddasi o‘lchanayotgan muhit haroratini qabul qiladi. Bunda termosistemada o‘lchanayotgan muhit harorati bilan belgilanadigan bosim o‘rnatiladi. Harorat ko‘tarilishi bilan bosim ortadi, harorat pasayishi bilan kamayadi.
Ishchi moddasi bosimining o‘zgarishi egiluvchan kapillar orqali manometrik termometrning bir qismini tashkil qiladigan o‘lchash asbobiga uzatiladi. O‘lchash asbobi prujinali manometrdir, u manometrik termometr termosistemasida o‘rnatilgan bosimni o‘lchash ko‘lamiga hisoblangan bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |