Mavzu: Ma'naviyat asoslari fanining predmeti va vazifalari



Download 25,01 Kb.
bet1/3
Sana15.01.2017
Hajmi25,01 Kb.
#455
  1   2   3

Mavzu: Ma'naviyat asoslari fanining predmeti va vazifalari

Reja:


1. Ma'naviyatning ta'rifi va falsafiy talkini.

2. Ma'naviyatning asosiy kategoriyalari va uning rivojlanish qonuniyatlari.

3. Ma'naviyatni rivojlantirish - davlat siyosatining asosi.

Ma'naviyatning ta'rifi va falsafiy talkini

Ma'naviyat tushunchasi arab tilidan kirib kelgan bo'lib, «amri-ma'ruf», «mushoira», «chiroyli so'z» kabi ma'nolarni anglatadi.

Ma'naviyat inson faoliyatining barcha qirralarini, uning yaqqol ko'zga tashlanuvchi zohiriy va yashirin, ichki ruhiy-botiniy tomonlarini qamrab oladi. Inson - tabiatning, barcha mavjudotning gultoji deyilganda uning ushbu hislati ya'ni, yuksak ma'naviyat egasi bo'la olish imkoniyati nazarda tutiladi. Bu imkonni boshqa mavjudotlarda ko'ra olmaymiz. Moddiy narsalar odamga jismoniy ozuqa va quvvat bersa, ma'naviyat unga ruhiy ozuqa va qudrat bag'ishlaydi.

Ma'naviyat insonning ruhiy va aqliy olami majmui kabi murakkab ijtimoiy hodisadir. Ma'naviyat inson qalbidagi ilohiy bir nur sanaladiki, bu ilohiy nur hech bir jonzotda yo'q.

Prezidentmiz I.A.Karimovning ma'naviyat haqidagi ta'rifi: «Ma'naviyat avvalambor odamni ruhan poklanishga, qalban ulg'ayishga chorlaydigan, inson ichki dunyosini, irodasini baquvvat, iymon-e'tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg'otadigan kuch...».

Faylasuf Abdulhafiz Jalolovning ma'naviyatga bergan ta'rifi: «Ma'naviyat - inson faoliyatining ruhiy mazmuni bo'lib, kishilar uning vositasida o'zlarini anglaydilar, jamiyatni, tabiatni, ularning mavjudligi hamda taraqqiyoti xususiyatlarini o'rganadilar, qonunlarini kashf etadilar va ularga tayanib, o'z turmush sharoitlari, amaliy faoliyatlari muammolarini hal etadilar».

«Vatan tuyg'usi» kitobining mualliflari: «Ma'naviyat jamiyatning, millatning yoki ayrim bir kishining ichki hayoti, ruhiy kechinmalari va aqliy qobiliyati, idrokini mujassamlashtiruvchi tushuncha» deb ta'riflaganlar.

Bir qator olimlarimizning fikricha: «Ma'naviyat - insondagi ahloq, odob, bilim, ilm, iymon, ixlos va insoniyat kamoloti uchun ijobiy ta'sir qiluvchi tizim yoki ma'naviyat - insonning aqliy, ahloqiy, ilmiy, amaliy, mafkuraviy qarashlar yig'indisi hisoblanib, diniy va dunyoviy qarashlarining aks etish darajasidir».

Ma'naviyat - insonning ruhiyatini, uning o'z-o'zini anglashi, didi, farosati, adolat bilan razillikni,yaxshilik bilan yomonlikni, go'zallik bilan xunuklikni, vazminlik bilan johillikni ajrata bilish kobiliyatini, akl-zakovatini, yuksak maksad va g'oyalarni qo'ya bilishi, ularni amalga oshirish uchun harakat qilishi va intilishi salohiyati.

Ma'naviyat millatni taraqqiyotga yetaklovchi, davlatning qudratini oshiruvchi muhim omil sanaladi. Jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy sohalaridan mavjud bo'lgan muammolarini ma'naviyatni rivojlantirish orqaligina hal etish mumkin. Chunki qaysi davlatda ma'naviyat yuksak darajada bo'lsa o'sha joyda johillik, hasadgo'ylik, beparvolik, xudbinlik, yalqovlik, manmanlik, tekinxo'rlik, g'iybat, ko'rolmaslik, yovuzlik, tuhmat, ichkilikbozlik, fohishabozlik, poraxo'rlik qilish kabi salbiy illatlarga o'rin qolmaydi.




Download 25,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish