Kafedra: Ma’lumotlar tuzilmasi va algoritmlar
Fan: Ma’lumotlar tuzilmasi va algoritmlar
Mavzu: Ma’lumotlarni tashkil qilishning kalitlarni akslantirish usuli(xeshlashtirish).Xesh funksiyani tanlash qoidalari.
Bajardi: Samandarov Muhammad
Tekshirdi: Latipova Nodira
Mavzu: Ma’lumotlarni tashkil qilishning kalitlarni akslantirish usuli(xeshlashtirish).Xesh funksiyani tanlash qoidalari.
Reja:
Kirish.
Xesh funksiya.
Xesh funksiyalar turlari.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish
Axborot-kommunikasiya
tarmoqlarida ma’lumotlarni uzatish va saqlash masalalari, ma’lumotlarning
yaxlitligini ta’minlashning ahamiyati juda muhimdir. Axborot butunligini nazorat qilishning ko’proq maqbul bo’lgan metodlaridan biri xesh-funksiyadan foydalanish hisoblanadi. Xesh-funksiyaning qiymatini uning kalitini bilmasdan turib qalbakilashtirib bo’lmaydi, shu sababli xeshlash kalitini shifrlangan ko’rinishda yoki jinoyatchining «qo’li yetmaydigan» joydagi xotirada saqlash kerak.
Xesh funksiya
Xesh funksiyalar – ixtiyoriy uzunlikdagi kirish ma’lumotini chiqishda belgilangan uzunlikdagi xesh qiymatga aylantirib beruvchi bir tomonlama funksiyalarga aytiladi. Xesh funksiyalar kriptografiya va zamonaviy
axborot xavfsizligi sohasida ma’lumotlarni to’laligini tekshirishda foydalaniladi.
Elektron to’lov tizimlari protokollarida ham istemolchi kartasi ma’lumotlarini
bank-emitentga to’liq yetkazish uchun foydalaniladi.
Xesh funksiya- ixtiyoriy uzunlikdagi M-ma’lumotni fiksirlangan uzunlikga siqish yoki ikkilik sanoq sistemasi ifodalangan ma’lumotlarni fiksirlangan uzunlikdagi bitlar ko‘rinishidagi qandaydir konbinatsiyasi (svertkasi) deb ataluvchi funksiya.
Ta’rif. Xesh-funksiya deb, har qanday
h: X Y
oson hisoblanuvchi va M –ma’lumot uchun h(M) = H fiksirlangan uzunlikga ega bo‘lgan funksiyaga aytiladi.
Berilgan M-ma’lumotning h(M) –xesh qiymatini topish uchun avvalo ma’lumot biror «m» -uzunlikdagi bloklarga ajratilib chiqiladi. Agar M-ma’lumot uzunligi «m» -ga karrali bo‘lmasa, u holda oxirgi to‘lmay qolgan blok «m»- uzunlikga olindan kelishib olingan maxsus usulda biror simvol yoki belgi (masalan “0” yoki “1”) bilan to‘ldirilib chiqiladi. Natijada hosil qilingan M-ma’lumot bloklariga:
M= { M1, M2 ,.......Mn)
quyidagicha siqishni (svertkani) hisoblash protsedurasi qo‘llaniladi:
H0 = ,
Hi = f ( Mi , Hi-1) , i =1,2,......n
h(M)= Hn ;
bu yerda -qandaydir fiksirlangan boshlang‘ich vektor.
Misol sifatida quyidagi keng tarqalgan:
f ( Mi , Hi-1) = E k( Mi Hi-1) i =1,2,......n
xesh-funksiyani keltirib o‘tish mumkin.
Bu yerda E-simmetrik shifrlash algoritmi (masalan DES, GOST 28147-87, AES –FIPS 197 va hakoza), k- esa shifrlash algoritmi maxfiy kaliti, H0 = 0, - XOR (mod 2 bo‘yicha mos bitlarni qo‘shish) amali.
Do'stlaringiz bilan baham: |