SELECT CITY, REGION, SALES
FROM OFFICES
ORDER BY SALES DESC
Sotuvlar xajmlarini DESC predikatini qo‘llab kamayish tartibida chiqaramiz. O‘sish tartibida chiqarish uchun ASC predikati qo‘llanadi. Bu predikat ko‘zda tutilgan bo‘lib, uni ko‘rsatish sharrt emas. Agar ustun xisoblanuvchi bo‘lib, nomga ega bo‘lmasa uning tartib nomerini ko‘rsatish mumkin!
Masalan, quyidagicha: Sotuvlar xaqiqiy va rejadagi xajmlari ayirmasi kamayish tartibida ofislar ro‘yxatini chiqaring.
SELECT CITY, REGION, (SALES - TARGET)
FROM OFFICES
ORDER BY 3 DESC
SHu kabi ORDER BY ifodasida ustunlar nomlari va nomerlari, xamda DESC, ASC predikatlarini qo‘llab murakkab tartiblash shartlarini xosil qilish mumkin.
Masalan: Regionlar nomlari, xar bir regionda sotuvlar xaqiqiy va rejadagi xajmlari ayirmasi kamayish tartibida ofislar ro‘yxatini chiqaring.
SELECT CITY, REGION, (SALES - TARGET)
FROM OFFICES
ORDER BY REGION ASC, 3 DESC
Do'stlaringiz bilan baham: |