Mavzu:Ma`lumot turlari va ma`lumotlar
Tuzulmalarini tahlil qilish.Masalaning modelini yaratish.
Fan o`qituvchisi: Shodmonov . J
Bajardi:Omonov Bektemir
Ma’lumotlar bazasini yaratishda, foydalanuvchi, axborotlarni turli belgilar bo‘yicha tartiblashga va ixtiyoriy belgilar birikmasi bilan tanlanmani tez olishga intiladi. Buni faqat ma’lumotlar tuzilmalashtirilgan holda bajarish mumkin. Tuzilmalashtirish - bu m a’lumotlarni tasvirlash usuli haqidagi kelishuvni kiritishdir. Agar ma’lumotlami tasvirlash usuli haqida kelishuv bo`masa, u holda ular tuzilmalashtirilmagan deyiladi. Tuzilmalashtirilmagan ma’lumotlarga misol sifatida matn fayliga yozilgan ma’lumotlarni ko'rsatish mumkin. M a’lumotlar bazasidan foydalanuvchilar turli amaliy daslurlar, dasturiy vositalari, predmet sohasidagi mutaxassislar bo`lishi mumkin. Predmet sohasi deganda avtomatlashtirilgan boshqa ishni tashkil qilish uchun o‘rganilayotgan real muhitning ma’lum bir qismi tushuniladi. Masalan, korxona, zavod, ilmiy tekshirish instituti, oliy o'quv yurti va boshqalar.
Ma’lumot - bu uni ma’nosiga e ’tibor bermay qaiahdigan ixtiyoriy simvollar to‘plamidir. o‘zaro bog‘langan ma lumotlar ma’lumotlar tizimi deyiladi. Ma’lumotlar bazasi - bu ma’lum bir predmet sohasiga oid tizimlashtirilgan ma’lumotlaming nomlangan to'plami bo`lib, kompyuter xotirasiga yozilgan ma’lum bir tuzilmaga ega, о ‘lcham boglangan va tartiblangan ma’lumotlar majmuasi bo‘lib. u biror bir obyektning xususiyatini, holatini yoki obyektlar orasidagi munosabatni ma’lum ma’noda ifodalaydi. MB foydalanuvchilarga strukturalashgan ma’lumotlami saqlash va ishlatishda optimal qulaylilmi yaratib beradi. Ma’lumki, ma’lumotlarni kiritish va ularni qayta ishlash jarayom katta hajmdagi ish bo‘lib ko‘p mehnat va vaqt talab qiladi. MB bilan ishlashda undagi ma’lumotlarning aniq bir tuzilmaga ega bo`lishi, birinchidan foydalanuvchiga ma’lumotlami kiritish,
va qayta ishlash jarayonida undagi ma’lumotlami tartiblashtirish, ikkinchidan kerakli ma’lumotlami izlash va tez ajratib olish kabi qulayliklami tug‘diradi. MB tushunchasi fanga kirib kelgunga qadar, ma’lumotlardan turli ko'rinishlarda foydalanish juda qiyin edi. Bugungi kunda turli ko'rinishdagi ma’lumotlardan zamonaviy kompyuterlarda birgalikda foydalanisli va ularni qayta ishlash masalasi hal qilindi. Kompyuterlarda saqlanadigan MB maxsus formatga ega bolgan muayyan tuzilmali fayl bo‘lib, undagi ma’lumotlar o'zaro bog‘langan va tartiblangandir. Ma’lumotlar bazasi deganda ma’lum bir tuzilmada saqlanadigan ma’lumotlar to‘plami tushuniladi. Boshqacha qilib aytganda MB ma’lum berilgan aniq bir tuzilmaga ega bo' Igan ma’lumotlami o‘z ichiga oluvchi maxsus formatga ega bo1gan fayldir. Ma'Iumotlarni strukturalashtirish - bu shunchaki ma’lumotlami tasvirlashda qandaydir moslikni kiritish usulidir.
Odatda MB ma’lum bir obyekt sohasini ifodalaydi va uning ma’lumotlami o‘z ichiga oladi, ularni saqlaydi va foydalanuvchiga ma’lumotlami qayta ishlashda undan foydalanish imkonini yaratib beradi. Ma’lumotlar bazasi axborot tizimlarining asosiy tarkibiy qismi bo'lib hisoblanadi. Ma’lumotlar bazasi bilan ishlashda foydalanuvchi ishini yengillashtirish maqsadida ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari yaratiladi. Bu tizimlar ma’lumotlar bazasini amaliy dasturlardan ajratadi. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT) - bu dasturiy va apparat vositalarining murakkab majmuasi bo‘lib, ular yordamida foydalanuvchi ma’lumotlar bazasini yaratish va shu bazadagi ma’lumotlar ustida ish yuritishi mumkin. Shu bilan bir qatorda Ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimi ma’lumotlar bazasini yaratish, ularni dolzarb holatini ta’minlash va undagi zarur axborotni topish ishlarini tashkil etish uchun mo‘ljallangana
Ma’lumotlar bazasi tushunchasi - maydon, yozuv , jadval kabi elememtlar bilan chambarchas bog'liq. Maydon - bu ma’lumotlarni mantiqiy tashkil etishni elementar birligi bo`lib, u axborotni eng kichik va bolinmas birligi bo'lgan rekvizitga mos keladi. Maydonni tasvirlash uchun quyidagi tavsiflardan foydalaniladi: Maydon nomi, masalan familiyasi, ismi, tug‘ilgan sana, lavozimi, ish staji, mutaxassisligi.
Ma’Iumotlar bazasi tuzulmasining asosiy elementlari: Maydon turi - bu kiritilgan yozuvning qaysidir tipga tcgishli ekaniigi bilan ifodalanadi. Masalan, sonli, belgili (simvolli), sana/vaqt, satrli, mantiqiy va hokazo bo‘lishi mumkin. Maydon uzunligi - bu mavdondagi yozuvning simvollar yig`indisidir. Yozuv - bu mantiqiy bog‘langan maydonlar to'plami. Yozuv tuzilishi uchun uning tarkibiga kiruvchi maydonlar tarkibi va joylashishi ketma-ketligi bilan aniqlanib,
ularni har biri ichida elementar yozuvlarning nusxasi deb ataladi. Yozuv obyektning biror bir elementi haqida to‘liq ma’Iumotni ifodalaydi. Obyekt (jadval) - bu bir xil tuzilmaga ega bo'lgan yozuvning nusxalar to‘plamidir. U har bir maydonda qiymatga ega. Masalan talaba obyektdagi yozuvlarning mantiqiy tuzilmasini tavsiflashga doir misolda ko'rsatiigan. Talaba faylidagi yozuvning tuzilishi chiziqli bo'lib, u o‘zgarmas uzunlikdagi yozuvlardan iborat. Yozuv maydonlari takrorlanuvchi qiymatlar guruhiga ega emas. Maydon qiymatiga murojaat uning nomeri bo‘yicha amalga oshiriladi. Har bir MB jadvali o'zining birlamchi kalitiga ega bo`lishi mumkin. Birlamchi kalit deganda yozuvlar qaytarilmasligini ta’minlovchi maydon yoki maydonlar guruhi tushuniladi. Birlamchi kalit sifatida ishlatiladigan maydon yoki maydonlar guruhi, bir xil yozuvga ega bo‘lmaslik shartini bajarishi kerak.
Boshqa maydonlarida bir xil yozuvlar takrorlanishi mumkin. Shu sabab ular birlamchi kalit bo'la olmaydi. Birlamchi kalit qisqa va sonii maydonlardan tashkil topishi maqsadga muvofiqdir. MB jadvaliga birlamchi kalitni kiritishdan maqsad, jadvaldagi ma’lumotlarni izlash, tartiblashtirish va tanlab olishda qulaylikni beradi. Birlamchi kalit kiritish yoki kiritmaslik foydalanuvchi tamonidan MB jadvali strukturasini tashkil qilishda aniqlanadi. Bosh jadval yordamida boshqa jadvaldagi mos ma’lumotlarni chaqirishni ta’minlash uchun boshqa jadvalda tashqi kalit tashkil qilinadi. “Bitta-ko'pga” bog‘lanish holatida tashqi kalit bosh jadvalda tashkil qilinadi. Birinchi va ikkinchi kalitlarni aniqlashda MBBT avtomatik ravishda jadvalda indekslanri quradi.
Aniq ma’lumotlarni (masalani) hal qilishda inson real dunyoni u yoki bu sohasi bilan cheklanadi. Bunday hollarda faqat ba’zi bir obyektlarni o'rganishgagina qiziqish uyg‘otadi. Bunday obyektlami majmuasin predmet soha deyiladi. Barcha obyektlar atributlar bilan xarakterlanadi. Masalan, obyekt sifatida fakultet, kutubxona, kompyuter va boshqalarni qarash mumkin. Jumladan, kompyuter obyektini atributi sifatida hisoblash tezligini. operativ xotira hajmi, o`lchamlari va boshqalarni ko'rish mumkin. Ma’lumotlarni nomlangan eng kichik birligi ma’lumot elementidir. Lekin ko'pincha maydon deb aytiladi va bay va bitlardan tashkil topadi. Ma'lumotlar agregati ma’lumot elementini nomlangan to‘plamidir.
Boshqacha talqinda, ma’lumotlar banki deyilganda ma’lumotlar bazasi uni boshqarish tizimi(MBBT) tushuniladi. Ma’lumot bazasi bilan ishlaydigan dastumi ilova deb ataladi. Bitta ma’lumot bazasi bilan juda ko`p ishlashi mumkin. MB ni ishlatish afzalliklari:
- ixchamligi;
- axborotlami qayta ishlash tezligini oshishi;
- kam mehnat sarfi;