3
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasi
ijtimoiy taraqqiyotini ta’minlovchi ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida ta’lim
sohasi e’tirof etildi. Ustuvor soha bo‘lgan ta’limni tubdan yangilash, uni
mazmunan boyitish, ta’lim tizimiga ilg‘or pedagogik texnologiyalarni tadbiq etish
va rivojlangan ta’lim darajasiga ko‘tarish mamlakatda olib borilayotgan ta’limiy
islohotlarning asosiy g‘oyasi sanaladi.
Maktabgacha ta’lim sohasi uzluksiz ta’lim tizimining birlamchi bo‘g‘ini
hisoblanib, u har tomonlama sog‘lom va barkamol bola shaxsini tarbiyalash va
maktabga tayyorlashda g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi.
Bugungi kunda Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarining
ta’lim-tarbiyasi masalasi davlatimiz, hamda yurtboshimiz Sh.M. Mirziyoyev
e’tiborida turgan dolzarb masalalaridan biridir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida 2017
yil 16-avgust kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda maktabgacha ta’lim tizimini tarkibiy
jihatdan tubdan isloh qilish, mazkur muassasalarga bolalarni to‘la qamrab olish
bo‘yicha muhim vazifalar qo‘yilgan edi. Bu boradagi tahlillar natijasida qisqa
vaqtda uchta yirik hujjat — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 9-sentabrdagi
“Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi PQ-3261-sonli Qarori, 30-sentabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimi
boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5198-sonli
Farmoni hamda “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi –
faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3305-sonli Qarori imzolangan. Mazkur
sohani takomillashtirish maqsadida qabul qilingan dasturda maktabgacha ta’lim
sohasi uzluksiz ta’lim tizimining birlamchi bo‘g‘ini sifatida, bu jarayonda
maktabgacha
ta’lim
muassasalarining
bolalar
huquqiy
savodxonligini
shakllantirishdagi o‘rni hamda, respublikada ta’lim-tarbiya tizimi va barkamol
avlodni tarbiyalash davlat siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishi ekanligi
ta’kidlangan. O‘zbekiston Respublikasi Президентининг 2016 йил 29-dekabrdagi
4
“2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tiziminiyanada takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2707-sonli Qarorda belgilangan vazifalarni amalga
oshirish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, bola huquqlariga oid
meyoriy-huquqiy hujjatlar asosida ta’lim sohasida bir qator islohotlar amalga
oshirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 30.09.2017-yilda “Maktabgacha
ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
PF–5198-sonli farmonida ham maktabgacha ta’lim muassasalarida yosh bolalarni
milliy va umuminsoniy qadriyatlar, insonparvarlik va yuksak ma’naviyat ruhida
tarbiyalash, ularning qalbi va ongiga mustaqillik, milliy o‘zlikni anglash g‘oyalarni
yanada chuqur singdirish, “ommaviy madaniyat” ko‘rinishidagi yot g‘oyalarga
qarshi immunitetni mustahkamlashga yo‘naltirilgan tadbirlarni amalga oshirish
kabi fikrlar ilgari surilgan.
Darhaqiqat, yosh avlodning barkamol inson bo‘lib yetishishi uchun u xalq,
vatan tarixi, ta’lim sohasidagi ajdodlar tajribasidan xabardor bo‘lishi kerak.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, uni
o‘tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to‘la xalos etish,
rivojlangan demokratik davlatlar darajasida yuksak ma’naviy-ahloqiy talablarga
javob beradigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini yaratish asosiy maqsad
qilib qo‘yilgan: kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosatida ham insonni
intellektual va ma’naviy-ahloqiy jihatdan tarbiyalash bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan
uzluksiz ta’lim tizimi orqali har tomonlama barkamol shaxs-fuqaroni shakllantirish
nazarda tutiladi.
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da kadrlar tayyorlash tizimini tubdan
isloh qilishning muhim omillari ko‘rsatib berilgan. 3-bandida milliy o‘zlikni
anglashning o‘sib borishi, vatanparvarlik, o‘z vatani uchun g‘urur tuyg‘usining
shakllanayotganligi, boy milliy-madaniy va tarixiy an’analarga, xalqimizning
intellektual merosiga hurmatni qaror toptirish lozimligi alohida ta’kidlangan.
Mazkur dasturni hayotga izchil tatbiq etish, maktabgacha ta’lim
muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy tuyg‘ularni shakllantirishning pedagogik
5
asoslarini yaratish o‘z yechimini kutayotgan dolzarb muammo ekanligini
ko‘rsatmoqda.
Hozirgi davr, ya’ni “miliy o‘zlik”ni anglashning o‘sib borishi yosh avlodda
– ayniqsa, maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida shakllanib
borayotgan milliy tuyg‘ularni yanada o‘stirish, rivoj toptirishni talab etmoqda.
Maktabgacha ta’lim muassasalari xalqning boy ma’naviy va intellektual merosi
hamda umumbashariy qadriyatlar asosida shaxs tarbiyasining insonparvarlik
yo‘nalishini joriy qilishni taqozo qiladi.
Milliy g‘urur, milliy qadriyat, birdamlik va hamjihatlik tuyg‘usi zaminida
shakllangan vatanparvarlikni ham o‘z ichiga oladi. Yosh avlodlarda ona zaminga
bo‘lgan muhabbat, u bilan faxrlanish qanchalik kuchli bo‘lsa, Vatanni sevish,
yuksak darajada e’zozlash kuchaysa, har bir inson o‘z vatani tarixi, milliy
qadriyatlari, o‘zining ona tilisi, madaniyati, milliy urf-odatlari, an’analarini
mukammal bilsa, millat taqdiri va istiqboli haqida chuqur tasavvurga ega bo‘lsa,
mustaqillik shunchalik mustahkam va barqaror bo‘ladi.
Hozirgi davrda ma’naviyat masalasi mustaqillikni mustahkamlash, istiqlol
sari ishonch bilan borishda shaxs ma’naviyatini shakllantirish masalasi asosiy
yo‘nalishlardan hisoblanadi. Yetuk madaniyatli insongina istiqlol mafkurasini
egallab, kelajak tomon ahillik, birodarlik asosida boradi. Ma’naviyatimizni tiklash
va rivojlantirishda milliy til va milliy madaniyat, milliy ong, milliy o‘z-o‘zini
anglash, milliy his-tuyg‘u, milliy g‘urur va g‘ururni o‘stirish muhim o‘rinda turadi.
Milliy g‘urur - muayyan millatga mansublik va ushbu millat
tomonidan jahon madaniyatiga qo‘shilgan hissadan faxrlanish, shuningdek,
o‘zi mansub bo‘lgan millatga sadoqatli bo‘lish hissini tuyish va bu yo‘lda
amaliy faoliyat ko‘rsatishdan iboratdir.
O‘zbek xalqining ma’naviyatida millatning o‘tmishi, hozirgi kuni o‘z
ifodasini topgan. Bizning ozod O‘zbekiston dunyoda madaniyatning barcha
sohalarida minglab jahonshumul ulug‘ zotlar, allomalar, davlat arboblarini
yetishtirib bergan. Ular umumbashariyat ma’rifatparvarligini yaratishda o‘zlarining
6
ulkan hissalarini qo‘shganlar. Shuning uchun ham o‘zbek milliy-ma’naviy merosi
jahon madaniyatining ajralmas uzviy qismidir.
Markaziy Osiyoda yashab ijod etgan buyuk allomalarning bildirgan fikrlari
hozirgi kunda ham ta’lim-tarbiyada ibrat manbaidir. Ularning meros qilib
qoldirgan pedagogik qadriyatlarini hozirgi demokratik jamiyat qadriyatlari bilan
uyg‘unlashtirish, mustaqillik yillarida ta’limda qo‘llanayotgan metodlar, pedagogik
fikr rivojini o‘rganish, tadqiq etish ham davr talabidir. Shu sababli O‘zbekiston
Respublikasi mustaqil davlat maqomiga ega bo‘lgandan keyin istiqlol talablari,
qurilajak huquqiy demokratik davlat, adolatli, insonparvar jamiyatga mos kadrlar
tayyorlashga alohida ahamiyat berilmoqda.
Shu jumladan, birinchi yurtboshimiz ta’biri bilan aytganda: “Yoshlarga
milliy vatanparvarlik ruhida ta’lim-tarbiya berish bugungi kunning jiddiy
vazifalaridan hisoblanadi”.
Darhaqiqat, yosh avlodlarda ona vatanga muhabbat, milliy g‘ururni
shakllantirishda avvalo, maktabgacha ta’lim muassasalari va oila muhim o‘rin
egallaydi.
Milliy g‘ururni xususan yosh avlodlar qalbi va ongiga singdirishda jamiyat
hayotining barcha sohalarini qamrab olish, ta’lim-tarbiya, targ‘ibot va
tashviqotning samarali shakl va vositalaridan oqilona foydalanish taqazo e’tiladi.
Shu bois vatan-tuyg‘usi, vatanparvarlik hislari, milliy g‘urur, mustaqillik
g‘oyasi hamda mehr va sadoqatli bolani yoshiga mos ravishda shakllantirish
maktabgacha ta’lim muassasalari vazifalarining asosini tashkil etadi. Yuqorida
qayd etilayotgan bizning bitiruv malakaviy ishimizda milliy tuyg‘ularni targ‘ib
etishning maqsadi, yosh avlodlarni milliy g‘urur ruhida tarbiyalashda maktabgacha
ta’lim muassasalari o‘rni, masalasini tadqiqot obyekti qilib o‘rganishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |