I bob yuzasidan xulosa:
Bitiruv malakaviy ishimizning I bobi “Maktabgacha yoshdagi bolalarda
milliy tuyg’ularni shakllantirishning nazariy pedagogik asoslari” deb nomlanib,
unda maktabgacha yoshdagi bolalarda milliy tuyg’ularni shakllantirish pedagogik
muammo sifatida, milli tuyg‘ularning maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiyasidagi
ahamiyati, maktabgacha yoshdagi bolalarda milliy tuyg’ularni shakllantirish
mavjud holati keng yoritilgan.
II. БОБ. MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARI
TARBIYALANUVCHILARIDA MILLIY TUYG‘ULARNI
SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK VOSITALARI VA SHAKLLARI
2.1. Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy
tuyg‘ularni shakllantirishning pedagogik vositalari.
Bugungi kunda barcha sohalar singari ta’lim tizimi oldiga qo‘yilgan bosh
maqsad kelajak avlodni ulg‘ayayotgan farzandlarimizni insonparvarlik,
vatanparvarlik ruhida komil inson qilib tarbiyalashdir. Shu asnoda o‘sib kelayotgan
avlodni boy va betakror tariximiz milliy an’analarimiz o‘gitlari asosida tarbiyalash
bugungi kun talabidir. Farzand ulg‘aya borar ekan ijtimoiy hayot ijtimoiy
munosabatlar atrofdagi hodisalarga o‘z nuqtai nazari bilan moslasha boradi.
24
Bolada bu jarayonning kechishi shaxsni o‘rab turgan muhitning, jamoaning,
oilasining qaydarajada milliy va dunyoviy munosabatlarga munosabati asosida
vujudga keladi va shu osnoda jamiyatni borliqni, unda shakllangan ong dunyo
qarash orqali idrok qiladi.
Bir qaraganda bu jarayon-ijtimoiy muhit ko‘rinishida sodda ko‘rinsada,
xalkaro miqyosida, turli davlatlar misolida ko‘radigan bo‘lsak har xil ko‘rinishga
ega bo‘lgan etnik tarbiya vujudga kelayotganini ko‘rasiz. Shu o‘rinda bizning
yurtimiz tarixiy madaniyati-ma’naviyati, milliy an’nalari va qadriyatlari bilan
o‘zbek xalqining qalbiga tushirilgan ming asrlik tarixini namoyon etib kelmokda.
Xalqimizning ko‘p asrlik an’analari, qadriyatlari, mif, afsona va
dostonlarida, bizning milliyligimizni aks ettiruvchi, muqaddas xilqatlar
ko‘rinishida asrdan asrga o‘tib xalqimiz hayotida o‘z qimmatini saqlab kelmokda.
O‘zbek xalqining milliy g‘urur umuminsoniy qadriyatlar katta bir jarayoni tashkil
etadi. Bizning milliy xususiyatlarimiz umuminsoniy qadriyatlar bilan bog‘lanib
ketgan. Asrlar davomida xalqimiz umumbasharish, umuminsoniy qadriyatlar
takomilligi ulkan hissa qo‘shgan turli millat vakillariga hurmat, ular bilan
bahamjihat yashash, diniy bag‘ri kenglik, dunyoviy bilimlarga intilish o‘zga
xalqlarning ilg‘or tajribalari va madaniyatini o‘rganish kabi xususiyatlar ham
xalqimizda azaldan mujassamdir.
Xuddi shunday milliy tabiatimizga xos bo‘lgan mehr oqibat, muruvvat,
andisha, or nomus, sharmu hayo, ibo iffat, betakror fazilatlar va xalkimizni ko‘p
jihatdan ajratib turadigan bag‘ri kenglik, mehmon do‘stlik oq ko‘ngillik
xususiyatlari ham xalkimiz tomiriga singib ketgan bugungi kunda farzandlarimizni
komil inson qilib tarbiyalashda ushbu masalalarni tarbiya mazmunining bosh
g‘oyalaridan biri qilib quyish lozimdir.
Shu bilan birga diniy qadriyatlarimiz ham muhim ahamiyat kasb etadi. Biz
xammamiz. “Alxamdullox, musirmon”, deb e’tiqodimizni e’tirof etamiz. Olloh
barchamizning qalbimizda, yuragimizda, yaratganni doim yod etamiz, undan
madad so‘raymiz, binobarin islom dini hayotimizning tub zamiriga chuqur singib
ketgani. Bu - inkor etib bulmaydigan hakikat. Shunday ekan farzandlarimizni
25
muqaddas dinimizning mohiyati, uning insonparvarlik g‘oyalari, dinga sog‘lom
munosabat masalalarini ular ongiga singdirishimiz zarur masalalardan biridir. Shu
tariqa farzandlar tarbiyasidagi birinchi maqsadimiz bu xalqimizning qadimiy va
boy tariximiz, yuksak madaniyatimiz va urf -odat, qadriyatlarimizga asosan
mintolitetimiz asosida hayotga moslashishi, komil inson tarbiyasidagi buyuk
maqsaddir. Bu insonga ibratli xulosalar beribgina qolmasdan, ba’zan achchiq
saboqlarni ham tan olishga undaydi. Ushbu qadriyatlar milliy xususiyatlarni
o‘zlashtirishi tavsiya etish mumkin:
- xalqimiz hayotida qadim qadimdan jamoa bo‘lib yashash ruhining
ustunligi;
- jamoa timsoli bo‘lgan oila, mahalla, el yurt tushunchalarning
muqaddasligi;
- ota- ona, mahalla -kuy, umuman jamoatga yuksak hurmat e’tibor;
- millatning o‘lmas ruhi bo‘lgan ona tiliga muhabbat;
- kattaga hurmat, go‘zallik va nafosat;
- sabr - bardosh va mexnatsevarlik;
- halollik, mehr oqibat.
Kabi masalalar ta’limning mazmuni bo‘lishi davr talabidir. Bugun biz
ko‘pdan ko‘p masalalar ustida bosh qotirayapmiz. Jamiyatimiz rivoji uchun o‘z
hissamizni boricha qo‘shishga harakat qilmokdamiz. Bularning hammasi kelajak
avlod farzandlarimiz baxti saodati uchun. Albatta, shu o‘rinda ulg‘ayayotgan to‘la
qonliga qabul qilishga tayyorlashimiz ham kerakdir.
O‘zbek xalqi o‘ziga xos milliy urf-odat, an’analari, jasur, qahramon
farzandlari, ilm-fan va san’at, davlat va jamoa buyuk namoyondalari, ona-Vatani
bilan fahrlanadi. Zero, o‘tmishda bu buyuk ajdodlarimiz ko‘rsatgan qahramonlik,
fidoyilik, maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy g‘urur
tuyg‘usining shakllanishi va barkaror bo‘lishiga xizmat qilishi tabiiydir. Shu
sababli ham milliy g‘urur ramzi bo‘lgan millat, xalqning o‘zligini anglashi,
o‘zining milliy qadriyatlari, urf-odatlarini unutmasdan, ularni tiklab, avaylab,
boyitib o‘sib kelayotgan yosh avlodga yetkazish lozim. Maktabgacha ta’lim
26
muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy g‘urur tuyg‘usini shakllantirishga xizmat
qiladigan boy ma’naviy merosga egamizki, bu meros yoshlarda milliy g‘urur
tuyg‘usini shakllantirish uchun muhim didaktik vosita bo‘lib hizmat qiladi.
Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida buyuk siymolar,
ertaklar, dostonlar, afsonalar, hadislar, maxsus risolalar, bukletlar tarzida taqdim
etish maqsadga muvofiqdir. Tarixga nazar solar ekanmiz, xalk baxt-saodati,
tinchligi, ozodligi yo‘lida o‘z hayotini bahshida etgan vatandoshlarimiz ko‘rsatgan
qahramonlik, insonparvarlikni ko‘ramiz, u bilan faxrlanamiz. Masalan, Jaloliddin
Manguberdi ona Vatan, xalk dahlsizligi uchun qayg‘urdi. Uning ana shunday
ma’naviy barkamol, yorqin jasoratli qiyofasi asrlar osha avlodlar qalbida saqlanib
qoldi. Jaloliddin Manguberdi - vatanparvarlikning jonli timsoli bo‘ldi. U o‘z
yuragidagi Vatanga bo‘lgan otashin muhabbatdan kuch olib, dushmanga dahshat
soladi. U o‘n yildan ortiq olov ichida ot suradi, Sind daryosining ajal ufurib turgan
domidan tirik chiqib ketadi. Dushman 1231 yilda Jaloliddinni g‘aflatda qoldirib,
yelkasiga nayza sanchadi. Uning ko‘zi Jaloliddin belidagi sanochga tushadi. U
Jaloliddinnning belidan tikmachoq xaltani oladi, bag‘riga bosib, bir dunyo
boylikka ega bo‘ldim, deb sevinadi. Ammo bu boylik Jaloliddin asrab yurgani
Xorazmning bir siqim tuprog‘i edi.
Shunday yetuk sarkardalardan biri Sohibqiron Amir Temur (1335-1405) bir
umr haqiqat uchun kurashdi, uning shiori ham "Rusti-rosti" - "kuch adolatda"
degan ma’noda edi. Shuning uchun ham uning adolat qilichi bir umr sinmay, doim
zafar keltirdi. U ona Vatanni mo‘g‘ul bosqinchilaridan halos etdi.
Amir Temurning o‘z ona xalqi oldidagi birinchi eng buyuk, eng muqaddas
va olamshumul xizmati mo‘g‘ul istilochilari zulmidan vatanni ozod etishi bo‘ldi.
Ikkinchi ulug‘ xizmati - ulkan davlatni tuzishdir.
"Millatning dardlariga darmon bo‘lmoq vazifangizdir!", Amir Temurning
xalqqa bo‘lgan muhabbatini ana shu otashin va ezgu so‘zlaridan ham bilish
mumkin.
Sohibqiron har qachon qayerda va qanday vaziyatda bo‘lmasin xalkning
dardlariga darmon bo‘lishni eng oliy maqsad deb biladi. U o‘z xalqini sevgan va
27
ona Vataniga sadoqatli odamlarni izzat- hurmatda tutgan, hatto bu mavzudagi
vokea-hodisalarni faxr bilan so‘zlab, ko‘plarga ibratmatal tarzida o‘qtirgan, o‘zi
esa bunga qatiy amal qilgan.
Sohibqiron davlatni boshqarishda o‘z atrofiga halol, diyonatli, ishning
ko‘zini biladigan odamlarni tanlab, haq yo‘lini tayin etib qo‘yadiki, xatto o‘zi ham
davlat ishlarida biror xato-kamchilikka yo‘l qo‘ysa, ogohlantirishlarini aytadi.
Amir Temur bobomiz buyuk imoratlar barpo etadi va ularni ulkan bog‘u
rog‘lar bilan o‘raydi, shahar va qishloqlarni tiklaydi, suv inshootlari barpo etadi.
Musulmon me’morchiligidagi eng yaxshi an’analar Amir Temur davrida gullab-
yashnaydi va mangu umr topadi. Amir Temur mamlakat obodonchiligiga shu
qadar alohida e’tibor beradiki, u Shahrisabzni ham obod qiladi. Oqsaroy, Dor ut-
saodat, Dor ut-tilovat, Gumbazi Sayidon kabi mahobatli qasrlar va maqbaralar
quriladi. Masjid, Madrasa, karvonsaroy va hammom kabi jamoat binolari barpo
etiladi. Amir Temur nafaqat Movarounnahr va Turkiston, balki boshqa
mamlakatlarda ham qal’alar (Afg‘oniston), qasrlar, shaharlar va nahrlar (Eron,
Ozarbayjon, Afg‘oniston) qurdiradi. Amir Temur ihlos- e’tiqod bilan Turkistonda
Ahmad Yassaviyga maqbara qurdiradi. Toshkent viloyatidagi Zangiota maqbara-
xilxonasini ta’mirlab, go‘zal va fasoxatlix, olg‘a keltiradi. Amir Temur dildagi
go‘zallik va yuksaklikka bo‘lgan muhabbat uning ona Vatani va xalqiga bo‘lgan
buyuk sevgisi, sadoqati va adolatidan tug‘iladi.
Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy g‘urur va
vatanparvarlik tuyg‘ulari ularning ba’zi harakatlarida aks etib turadi.
Lekin ularda Vatan, milliy g‘urur haqidagi fikrlar cheklangan. Ular Vatan va
Vatanni ulug‘lovchi she’r, xikoya va ertaklarni bilishad-yu, milliylikning
mohiyatini yaxshi anglashmaydi. Bu tuyg‘ularni tarbiyalash yaxshi yo‘lga
qo‘yilmaganligi tadqiqot jarayonida aniqlandi.
Demak, Maktabgacha talim muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy g‘urur
va vatanparvarlik sifatlarini shakllantirish zarur. Buning uchun:
- milliy g‘urur, urf-odat va an’analarimizni maktabgacha ta’lim muassasalari
tarbiyalanuvchilar hayotiga kengroq joriy etish;
28
- maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy tuyg‘ularni
shakllantirish maqsadida xalq pedagogikasidan samarali foydalanish;
- umuminsoniy qadriyatlarimizni va milliy merosimizga oid ma’naviy va
ma’rifiy tadbirlarni ko‘paytirish zarur.
Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy g‘urur
tuyg‘usini o‘stirishga qaratilmagan.
Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy tuyg‘uni
shakllantirish uchun bu jarayonning samaradorligini ta’minlovchi pedagogik-
psixologik omillarni aniqlab olish taqozo etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |