balandlik,
7
yaxshi, yomon
va hokazolar) o‘zlashtirib olishlariga yordam
beradi.
Bola bir yoshga to‘lganda faol lug‘ati tez o‘sadi. Bola
aytadigan so‘zlarning miqdori birdaniga ortib ketadi. Bolaning
kattalar nutqiga taqlid qilishi yangi so‘zlarni bilib olishida katta
ahamiyat kasb etadi. Endi u kattalarning so‘zlariga ongli
ravishda, uning ma’nosiga tushunib taqlid qila boshlaydi. Ikki
yoshga kirganda uning nutqi ma’noli bo‘la boshlaydi. Narsalarni
o‘z nomi bilan atay boshlaydi. Chunonchi,
vov-vov-kuchuk,
miyov-miyovmushuk, chiq-chiq- soat
va hokazolar. Endi bola
«Bu nima?,
Nomi nima?» degan savollar bera boshlaydi. Bu savollar uning
o‘ta sinchkovligi, miyasida narsa bilan uning nomi (ya’ni so‘z)
o‘rtasida yangi bog‘lanishlar paydo bo‘lganligidan dalolatdir.
Dastlabki paytda bola narsalarni bildiruvchi so‘zlarni
ko‘proq ishlatsa, keyinchalik ish-harakatning nomini bildiruvchi
so‘zlarni ham ishlata boshlaydi. Ikki yoshga to‘lgan bolaning
so‘z boyligi 250-300 taga yetadi. Uch yoshga qadam qo‘yishi
bilan uning lug‘atida fazoviy munosabatlarni bildiruvchi
orqada,
yuqorida, pastda, yonda
kabi ba’zi so‘zlar paydo bo‘la
boshlaydi. Uch yoshning oxiriga borganda bola tevarak-
atrofidagi kishilarning nutqini tobora mukammalroq
tushunadigan bo‘ladi, ularning aytib bergan hikoyalarini, kichik
8
she’rlarni, ashula va ertaklarni diqqat bilan tinglaydi, yangi
so‘zlarni o‘zlashtirib boradi. Kattalarga: Buning nomi nima?
Nima uchun? Nega
shunday? Qayerda? Qayerga ketdi? Qayerdan kelgan? Nimadan
yasalgan? kabi savollarni beradi. Shular asosida uch yoshga
to‘lgan bolaning lug‘at boyligi 1000 tadan 1200 tagacha, olti
yashar bolaning so‘z miqdori 3-3, 5 mingtagacha yetadi. Demak,
bog‘cha yoshidagi davrda uning so‘z boyligi juda tez ortadi.
Bog‘cha yoshida bolaning nutqi miqdor jihatidangina yangi
so‘zlar hisobiga boyib qolmay, balki sifat jihatidan ham ancha
takomillashadi. Masalan, yasli yoshidagi bolalar juda kam so‘z
boyligiga ega bo‘lib, ayrim tovushlarni (r-l, sh-s, j-z kabi)
yaxshifarqlay olmaydilar. Bog‘cha yoshidagi bolalar esa bunday
tovushlarning ko‘pchiligini aniq va ravshan talaffuz eta oladilar,
so‘zlarni gaplar tarkibida to‘g‘ri qo‘llab, to‘g‘ri jumlalar tuza
oladilar. Ammo bog‘cha yoshidagi bolalarning hammasida ham
so‘z boyliklari miqdor jihatidan bir xil bo‘lmaydi. So‘z
to‘plamining bir xil miqdorda bo‘lishi bola tarbiyalanayotgan
oila sharoitiga, oila a’zolarining madaniy saviyasiga, tashqi
muhit ta’siriga bog‘liqdir.
Ba’zi oilalarda bola nutqining o‘sishi bilan maxsus
shug‘ullanadilar, ya’ni ularga yangi-yangi buyumlarni
9
ko‘rsatadilar, ularning nomlarini aytadilar, u bilan turli
ishharakatlarni bajarib ko‘rsatadilar, bolaning sanoqsiz
savollariga erinmay javob beradilar, o‘zlari bilan ko‘chaga
aylangani olib chiqadilar, tevarak-atrof, muhit bilan
tanishtiradilar. Kitobdagi illustratsiyalar yuzasidan
suhbatlashadilar, kichik-kichik she’rlar, hikoya va ertaklar
o‘qib beradilar va hokazo. Bunday sharoitda
tarbiyalanayotgan bolalar lug‘ati talab etilgan so‘z miqdoriga
ega bo‘ladi. Ular kelgusi faoliyatga (maktab va undan keyingi
faoliyatga) tayyor bo‘lishadi, ya’ni yetarli so‘z miqdoriga,
nutqning sifat jihatdan takomillashgan darajasiga ega
bo‘lishadi. Ba’zi oilalarda esa bola nutqining o‘sishiga e’tibor
berilmaydi. Ana shuning natijasida bog‘cha yoshidagi bolalar
so‘z boyligi o‘rtasida sezilarli farq ko‘zga yaqqol tashlanadi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga, ayniqsa ushbu katta yoshdagi
bolalarga xalq-so‘zlashuv frazeologiyasidan ularning imkoni
yetadigan, mazmunan oddiy bo‘lgan ayrim so‘zlarni, shu
jumladan o‘zbek folklorining barqaror oborotlari, maqollar va
matallarni qabul qilish, tushunish, eslab qolish va kezi kelganda
foydalanishni o‘rgatish zarur. Biroq ushbu ishni amalga
oshirishda unutmaslik lozimki, bolalar so‘zning raqobatchi
mazmuniga, uning tarkibiga bog‘liq bo‘lmagan butun so‘z
birikmasining umumiy mazmunini o‘zlashtirishlari qiyin
kechadi (masalan, og‘zi qulog‘ida, yettinchi osmonda va boshq.).
SHuning uchun tarbiyachi o‘z nutqiga ma‘nosi bolalarga
muayyan vaziyatlarda tushunarli bo‘ladigan, yoki tegishli
tushuntirish natijasida tushuniladigan ifodalarni kiritishi lozim.
10
Bunday ifodalar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: «o‘zim,
shunchaki», «eng shimarib», «azamat paxlavon» va x.k.
Har bir so‘zda quyidagilarni ajratish mumkin: uning mazmuni
yoki unga yashiringan ma‘nosi; so‘zning tovush tarkibi, uning
morfologik tuzilmasi. Bolalar bilan lug‘at ishlarini amalga
oshirishda so‘zning ushbu uchta xususiyatini hisobga olish zarur.
Amaliyotda ko‘pincha bolalarning so‘z ma‘nosini bilmasliklari
yoki uning ma‘nosini buzib talqin qilishlarini uchratish mumkin
(masalan, langar – bir qo‘ng‘izcha. Bu suvga tashlanadigan
narsa). SHuningdek, mazmuniga ko‘ra bolalarga yaxshi tanish
bo‘lgan so‘zning tovush tarkibini buzish xollariga duch kelish
mumkin (tramvay, kutubxona, kotlet, kompot va x.k.). Bu
buzilishlarni sabr-toqat bilan tuzatish, shuningdek yangi
so‘zlarning bolalar talaffuzida to‘g‘ri jaranglashini nazorat qilish
lozim. Morfologik tizimga oid murakkab holatlarni bilgani
holda tarbiyachi bolalarning diqqat-e‘tiborini ataylab ayrim
so‘zlarning grammatik jihatiga, ularning so‘z bilan birikishiga
qaratishi mumkin. Masalan: Paltoning yoqasi qunduzli ekan.
Paltoning ilgichi ham bor ekan va x.k.
Alohida holatlarda tarbiyachi maxsus usullar bilan ba‘zan
atrofdagilar nutqida buzib talaffuz qilinadigan so‘zlarda to‘g‘ri
urg‘u qo‘yilishini mustahkamlashi lozim (masalan, sur‘at –
surat).
Bolalarga ayrim otlarni tanishtirishda tarbiyachi ularning turini
ta‘kidlashi, otni sifatlar bilan birgalikda qo‘llashi, bunda
sifatning yakuniga e‘tiborni qaratishi zarur: palto-kichik,
ko‘ylak-chiroyli, qizil, oq, sichqon – kulrang va x.k.
Leksikaning asosiy hajmini mustaqil ma‘noga ega bo‘lgan
so‘zlar (otlar, sifatlar, ravishlar, fe‘llar) so‘zlar tashkil etadi.
Bular eng to‘la xuquqli so‘zlar bo‘lib, ular nomlar sifatida
xizmat qiladi. Tushunchani ifodalaydi va gapning asosi bo‘lib
xizmat qiladi (ya‘ni, ega, kesim, aniqlovchi, to‘ldiruvchi, xol
vazifasida chiqadi). Pirovardida, bolalar nutqini boyitish eng
avvalo mustaqil ma‘noga ega bo‘lgan so‘zlar sohasida olib
11
borilishi lozim. Sanoq so‘zlarni o‘zlashtirish bolalarga ancha
qiyin kechadi. Bolalar nutqini sanoq so‘zlar bilan boyitish
asosan, ularda matematik tasavvurlarni shakllantirishga doir
mashg‘ulotlarda ro‘y beradi, ushbu so‘zlarni faollashtirish va
mustahkamlash ona tili mashg‘ulotlarida lug‘at ishining maxsus
mavzusi bo‘lmog‘i lozim.
Maktabgacha yoshda bola shunday lug‘atga ega bo‘lishi lozimki,
toki u bolaga tengdoshlari va kattalar bilan muloqot qilish,
maktabda muvaffaqiyatli ta‘lim olish, adabiyotni, televizion va
radio eshittirishlarini tushunish imkonini bersin.
12
2.2. O‘yin – lug‘at ishining eng natijali vositasi
Maktabgacha tarbiya pedagogikasida ishlab chiqilgan
nazariya asosida bolalar o‘yiniga rahbarlik qilish bolalar xulqini
tarbiyalashda muhim o‘rinni egallaydi. Ana shu o‘yinlarning
ko‘pchiligidan bolalar nutqini rivojlantirishda ham foydalanish
mumkin: jumladan, o‘zaro kelishib olish; rol va majburiyatlarini
taqsimlash; o‘zi nimani bilsa, o‘rtog‘ini ham shunga o‘rgatish va
hokazo. Tarbiyachi bolalar o‘yiniga rahbarlik qilar ekan,
ularning bir-birlari bilan samimiy ohangda, muloyim
so‘zlashishga o‘rgatadi. Shuning uchun ham tarbiyachi bolalar
lug‘atini va bilimini o‘yin jarayonida kengaytirish yo‘llarini
oldindan puxta o‘ylab qo‘yishi kerak: o‘yinni buyumlar bilan,
milliy kiyimlardagi
Do'stlaringiz bilan baham: |