Mavzu: Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar nutqining rivojlanish


) ogzaki tarzda kapop kilish va faoliyatni rеjalashtirish; 2)



Download 97 Kb.
bet4/5
Sana30.01.2021
Hajmi97 Kb.
#57764
1   2   3   4   5
Bog'liq
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar nutqining rivojlanish

1) ogzaki tarzda kapop kilish va faoliyatni rеjalashtirish;

2) to’zilgan rеja va kabul kilingan qarorlarga muvofiq faoliyatni amalga oshirish. Bunda egotsеntrik nutq asta-sеkin yigilib, intеriorizatsiyalanib (ichki tomonga yunalib) , 5-6 yoshli bolalarda ichki nutqqa aylanadi.

Bola faoliyati va mulokotidagi yangi-yangi extiyojlar nutqni intеnsiv ravishda uzlashtirishga sabab bo’ladi. Bola nutqi borgan sari mazmunliroq bo’lib boradi. Situativ nutq - kichik bog’cha yoshdagi bola nutqining asosiy shakli asta-sеkin kontеkst nutqqa, axborot bеruvchi nutqqa urnini bushatib bеradi. Kontеkst nutk bu nutkni suxbatdosh faqat til vositalari asosida, vaziyat (situatsiya) ga tayanmay turib tushuna olishi bilan haraktеrlanadi.

Nutkning kontеkst shakli fikrning tulaligicha, mantiqiy to’g’ri kеtma-kеtlikda bayon etilishini, yangi grammatik shakllarning qullanishini takozo kiladi. Uz to’zilishiga ko’ra kontеkst nutk yozma nutkqa yakinlashadI. Kontеkst nutkning myxim xususiyati uning ixtiyoriyligidir.

Bog’cha yoshidagi bolalarni savodxonlikka urgatish byyicha olib boriladigan ishlar D.B.Elkonin ishlab chikilgan nazariy tamoyillarga asoslanadi. Savodxonlikka urgatishning bog’cha yoshiga muljallangan shakl va mеtodlari D.B.Elkonin mеtodi asosida L.Е.Jurova tomonidan ishlab chiqilgan.

Bolalar tomonidan savodxonlikni egallash imkoniyatlari va xususiyatlarini o’rganishga hamda buning uchun eng optimal yosh davrini aniklashga karatilgan maxsus tadqiqotda NS.Vorontsova 5-6 yoshli bolalar savodxonlikni o’rganishda tanlovchan tipdagi kabul kilish xususiyatiga ega ekanligini, 6 yoshdan esa uqishga e'tiborli bo’lishini aniqladi. Shundan kеlib chikib, N.S.Vorontsova 5 yoshni tovushlarni analiz qilishga urgatishning eng optimal davri, b yoshni esa uqishga urgatishga eng optimal (eng yaxshi va kulay) davr ekanligini ta'kidladi. Shunday kilib, bog’cha yosh davrining eng muhum xususiyatlaridan biri 4-5 yoshlarga kеlib, nutning rеjalashtirish funktsiyasi paydo bo’lishidan iborat. Dastlab rеjalashtirish ogzaki tarzda amalga oshirilsa, kеyinchalik bog’cha yoshining oxirlarida ichki nutk orqali rеjalashtirish boshlanadi.

Bolaning nutqi kattalar nutqi asosida rivojlanib boradi. nutqning to‘g‘ri shakllanishi atrofdagilar nutqiga, nutqiy tajribaga, to‘g‘ri nutq muxiti va ta’lim-tarbiyaga bog‘liq. Nutq tug‘ma qobiliyat emas, balki xayot davomida bolaning jismoniy va aqliy rivojlanishi bilan bir qatorda shakllanib boradi. nutq buzilishlarini o‘rganish, tushunish uchun bola nutqining normal rivojlanish yo‘lini, bu jarayonning o‘ziga xos xususiyatlarini, nutqning muvaffakiyatli shakllanishida katta rol o‘ynovchi sharoitni bilishi lozim. Bundan tashqari bola nutqining rivojlanish jarayonidagi rivojlanish davrini anik bilish zarur. Bu esa nutqning rivojlanish jarayonidagi u yoki bu kamchiliklarni o‘z vaqtida bilish va aniqlash uchun kerak bo‘ladi. Masalan, 1 yoshu 4 oylik bola gapirmayapti.

Pedagog bolaning normal rivojlanishida birinchi so‘zlar qachon paydo bo‘lishina bilsa, u xolda bu bolaning normal yoki nonormal rivojlanayotganini xal qila oladi. Bola nutqining rivojlanish xususiyatlarini bilish, nutq buzilishlariga to‘g‘ri diagnoz qo‘yishi uchun ham zarurdir. Ba’zi mutaxassislar uch yoshli bolaning tovush talaffuzuzidagi kamchiliklarni bartaraf etish uchun uni logoped qabuliga yuboradilar. Shu to‘g‘rimi? Yo‘q, albatta. Chunki, nutqi normal rivojlanayotgan bolaga hali bu yoshda ba’zi bir tovushlarni noto‘g‘ri talaffuzuz etish xos bo‘ladi. Bu ko‘rinish fiziologik dislaliya deb atalib, bu yoshdagi bolalarda artikulyatsiya apparatining hali yetarli darajada shakllanmaganligini bildiradi. nutq kamchiliklarini bartaraf etishda to‘g‘ri va aniq tarbiyaviy-tuzatish ish rejasinin tuzish uchun bola nutqining rivojlanish qonuniyatlarinin yana bir karra bilish zarur xisoblanadi.

Mualliflar bola nutqining shakllanish davrlarini turlicha ko‘rsatadilar, ularni har-xil nomlaydilar va har birining yosh chegaralarini turlicha ifodalaydilar. G. L. Rozengrad-Pupko bolada nutq rivojlanishni 2 davrga ajratadi: 1. Tayyorlov davri. ( 2 yoshgacha bo‘lgan davr) 2. nutqning mustaqil shakllanish davri. A.N. Leontev bola nutqining shakllanishini 4 davrga bo‘lib ko‘rsatadi:

Tayyorgarlik davri- 1 yoshgacha.

Bog‘chagacha bo‘lgan davr- 3yoshgacha.

Maktabgacha bo‘lgan davr- 7 yoshgacha.

Maktab davri.

Bu davrlarning to‘liq tavsifi ustida to‘xtalib o‘tamiz. Shunday qilib,

Birinchi davr-tayyorgarlik davri.

Bola tug‘ilgan daqiqadan boshlab ovoz chiqaradi. Bu ovoz qichqiriq va yig‘idan iborat bo‘ladi. To‘g‘ri, bu ovoz odam nutqidan uzoq. Lekin, ana shu qichqiriq va yig‘i nutq apparatining 3 bo‘limini (nafas olish, ovoz xosil bo‘lish, artikulyatsion) rivojlanishda katta rol o‘ynaydi. Ikki xafta o‘tgach, bola gapirayotgan odamning ovoziga e’tibor bera boshlaydi. Unga gapirayotganda quloq soladi, yig‘lashdan to‘xtaydi.

Bir oyligining oxiriga borib, uni mayin qo‘shiq (ALLA) ostida tinchlantirish mumkin bo‘lib qoladi. Keyinchalik u boshini gapirayotgan odam tomonga buradi yoki uni ko‘zlari bilan kuzatadi. Tez kunda bola intonatsiyaga e’tibor bera boshlaydi: mayin gapirganda tinchlanadi, keskin intonatsiyaga yiglaydi. Ikki oylik atrofida gu-gulash, uch oylikning boshida bug‘inlarning talaffuzuzi paydo bo‘ladi.(aga-aga, ta-ta, ba-ba va boshqadar)

Bunda tovushlar birikmasi aniq artikulyatsiya qilinmaydi. Bola besh oyligida tovushlarni eshitadi. Atrofdagilarning lablari artikulyatsion harakatini ko‘rib, unga taqlid qilishga harakat qiladi. Bolaning qandaydir aniq harakatlarni ko‘p marotaba takrorlashi harakat ko‘nikmasining mustaxkamlanishiga olib keladi. Olti oyligidan boshlab bola taqlid qilish orqali ba’zi bug‘inlarni talaffuzuz eta boshlaydi: na-na-na, be-be-be, da-da-da, pa-pa-pa va boshqalar. Keyinchalik bola taqlid qilish orqali nutqning xilma-xil elementlarini asta-sekin o‘zlashtira boshlaydi. Bunda bola nafaqat fonemalarni, balki nutqning sur’at, ritm, ton, musiqaviyligi, ifodaliligini o‘zlashtiradi.

Ikkinchi yarim yillikda bola ba’zi bir tovushlar birikmasini idrok qila boshlaydi va ularni predmetlar yoki harakatlar bilan bog‘laydi. (bu, ma, bey).Bola yetti - to‘qqiz oyligida kattalar ketidan turli xil bo‘g‘inlarni qaytara boshlaydi. O‘n – o‘n bir oyligida so‘zlarning o‘ziga reaksiya paydo bo‘la boshlaydi. (vaziyat va gapirayotgan kishining intonatsiyasidan qat’iy nazar) Bu vaqtda bola nutqi shakllanayotgan shart-sharoitlar muxim ahamiyat kasb eta boshlaydi.(kattalarning to‘g‘ri nutqi va kattalarga taqlid qilish va xakozolar).Bola xayotining birinchi yilining oxiriga kelib unda nutqiy aloqada bo‘lish extiyoji o‘sib boradi. U bir nimani olishni, so‘rashni aytishni xoxlaydi. Bu extiyoj bolaning butun faoliyatida ishtirok etadi va unda aktiv nutqning paydo bo‘lishini belgilab beradi. Bir yoshning oxiridan boshlab bolada aktiv nutq rivojlana boshlaydi. Birinchi so‘zlar paydo bo‘ladi.

Ikkinchi davr-bog‘chagacha bo‘lgan davr.(1yoshdan 3 yoshgacha) Bolada birinchi so‘zlar paydo bo‘lgandan so‘ng tayorlov davri tugab aktiv nutqni egallash davri boshlanadi. Bu vaqtda bola atrofdagilar artikulliyatsiyasiga e’tibor beradi. U gapirayotganlar orqasidan so‘zlarni ko‘p marotaba takrorlaydi va o‘zi ham so‘zlarni talaffuzuz qiladi. Talaffuzuz vaqtida bola ba’zi tovushlarni noto‘g‘ri talqin etadi, o‘rnini almashtiradi yoki o‘z nutqida qo‘llamaydi. Bu vaqtda bola bir so‘z yoki tovushlar birikmasi bilan predmetni ham, iltimosni ham, xis-tuyg‘uni ham ifodalashi mumkin. Bola xayotining 2-3 yiliga kelib, uning lug‘at boyligi sezilarli darajada boyib boradi. Shuni ta’kidlash kerakki, ko‘pgina xilma-xil tadqiqotchilar bola so‘z boyligining o‘sib borishida turli raqamli ma’lumotlarni ko‘rsatadilar. Eng keng tarqalgan ma’lumotga ko‘ra, bolalarning lug‘at boyligini bog‘chagacha bo‘lgan davrda o‘sishi quyidagi raqamlarni ko‘rsatadi:

1 yoshu 6 oyda 10-15 ta, 2 yoshning og‘iriga kelib 300 ta, 3 yoshda 1000 ta so‘z. Bola xayotining uchinchi yiliga kelib, nutqning grammatik tomoni shakllana boshlaydi. Avval bola o‘z xoxishi va iltimoslarini har bir so‘z bilan ifodalaydi. Keyinchalik 1-2 ta so‘zdan iborat sodda jumlalar paydo bo‘la boshlaydi.

Uchinchi davr- maktabgacha bo‘lgan davr. (3 yoshdan 6 yoshgacha).

Maktabgacha bo‘lgan davrda bolalar birinchi navbatda artikulyatsion jixatidan oson talaffuz etiladigan: lab-til undoshlari (p, b, m, f, v ) va boshqalarni o‘rgana boshlaydilar. Artikulyatsion jixatidan talaffuzuz etish qiyin bo‘lgan: shivirlovchi, sirg‘aluvchi (s, z, sh, j, ch ) va sonor (r, l)til orqa (k, g) tovushlarni talaffuzini egallashga qiynaladilar. Shuning uchun bolalar bu tovushlarni nutqda noto‘g‘ri qo‘llaydilar yoki talaffuzuz etmaydilar. 3-7 yoshgacha bo‘lgan davrda bolalarda eshitish malakalari rivojlanib boradi, bu esa bolaning o‘zi talaffuzini nazorat qilishga imkoniyat yaratadi. Ba’zi xollarda bolalar o‘z kamchiligini to‘g‘rilaydilar. Ularda fonematik idrok shakllanib boradi.

Bu davrda lug‘at boyligining o‘sishi davom etadi. Bolaning 4-6 yoshida uning aktiv lug‘ati 3000-4000 ta so‘zgacha yetadi. Lug‘at boyligi o‘sib borishi bilan birgalikda nutqning grammatik tomoni ham rivojlanib boradi. Bola xayotining 4-yiliga kelib, ular o‘z nutqlarida sodda va murakkab gaplarni qo‘llay boshlaydilar. 5 yoshga kelib esa qo‘shma gaplardan erkin foydalana oladilar. 5 yoshli bolalar qo‘shimcha savollarsiz xikoya va ertaklarni aytib berish qobiliyatiga ega bo‘ladilar. Bu davrda fonematik idrok sezilarli darajada rivojlanadi.

Bola avval unli va undoshlarni, so‘ng sonor, shovqinli va sirg‘aluvchi tovushlarni ajrata boshlaydi. Normada 4 yoshli bola barcha tovushlarni ajrata olishi, unda fonematik idrok shakllangan bo‘lishi lozim. Bu vaktga kelib, tovushlarni to‘g‘ri talaffuz o‘zining shakllanishi tugallanadi va bola har tomonlama to‘g‘ri aniq gapira oladi.

Turtinchi davr-maktab davri (7 yoshdan 17 yoshgacha). Bu davrning o‘ziga xos tomoni shundaki, bolalar nutqining rivojlanishi oldingi davrlarga nisbatan ongli ravishda ro‘y beradi. Bu davrda bolalar tovushlar analizi, nutqning grammatik qonuniyatlarini egallaydilar. Bu davrda nutqning yangi turi yozma nutq yetakchi rol o‘ynaydi. Grammatik qonstruksiyalar ham murakkablashib boradi, chunki, agar, kachonki kabi bog‘lovchilarni ishlata boshlaydilar. Bu bolaning tafakkur jarayonlari murakkablashib borayotganligini va bu nutqda o‘z ifodasinin topayotganligini ko‘rsatadi. Bola nutqining rivojlanish jarayoni o‘z vaqtida to‘g‘ri kechishi uchun maxsus sharoitlar zarurdir. Buning uchun: bola ruxiy va jismoniy jixatidan sog‘ bo‘lishi, normal aqliy qobiliyatga ega bo‘lishi normal eshitish va ko‘rishi, yetarli darajada ruxiy aktivlikka ega bo‘lishi, gaplashish extiyojiga ega bo‘lishi, to‘g‘ri nutq muxitiga ega bo‘lishi lozim. Bolada nutqning normal rivojlanishi, unga doimo yangi tushunchalarni o‘zlashtirib olishga, tevarak-atrof xaqidagi bilim va tasavvurlarini kengaytirishga imkoniyat yaratadi. Shunday qilib, nutq, uning rivojlanishi tafakkurning rivojlanishi bilan uzviy bog‘liqdir.
Xulosa

Uzluksiz ta’limining dastlabki bo’g’inini maktabgacha ta’lim tashkil etadi va bu bosqich keyingi ta’lim turlariga bola ongiga dastlabki bilimlarni beruvchi “fundament” vazifasini bajaradi. Bu borada Prezidentimiz I.A.Karimov  shunday deydi: “ Ko’p yillik ilmiy kuzatish va tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, inson umri davomida oladigan barcha informatsiyaning 70 foizini 5 yoshgacha bo’lgan davrda olar ekan”. Shu jixatdan ushbu ta’lim bosqichidagi muammolarni o’z vaqtida aniqlash va bartaraf yetish xar bir pedagoglarga muhim vazifa yuklaydi.                Sog’lom bolani tarbiyalash masalasiga  yurtimizda asosiy e’tibor qaratilgan bo’lib, bir necha yil nomlari  ona va bolani ularni har tamonlama himoya qilishga, rivojlantirishga yo’naltirilgan bo’lib,  uning yorqin misoli sifatida 2014- yilni “Sog’lom bola yili”  deb nomlanishidan ham anglash mumkin. Sog’lom bolani tarkib toptirish  juda ko’p omillarga bog’liq bo’lib, bolaning kamolot mezonlaridan biri uni psixikasini har tamonlama rivojlantirishdir. Bolaning psixik taraqqiyoti unda sezgi, idrok, diqqat, xotira, nutq, hayol va tafakkurning rivojlanishi  bilan uzviy bog’liq.

                Bolaning ruhiy kamolotining ko’p jihatlari nutq bilan bog’liq ravishda rivojlanadi. Chunki, bola muloqotga kirishishi ya’ni tengdoshlari va kattalar bilan bo’ladigan muloqotlari jarayonida juda ko’plab ma’lumotlarga ega bo’ladi va o’zining ruhiyatini keyingi rivojlanish bosqichiga ko’tarib boradi.  Shuning uchun, bola hayotining dastlabki birinchi oyidan tarbiya faqat uni parvarish qilish bilan chegaralanmasligi kerak. Bolaning ilk yosh davridan eshitish qobiliyatini tarbiyalash, shuningdek, bolaning emosional sohasi – jilmayish, kulish, va ovoz tonini uyg’otish lozim. Bularning xammasi birgalikda nutqining rivojlantirishga xizmat qiladi.   

        Bolalarda nutq faoliyatining rivoji o’zgalar nutqini oqilona idrok qilish va tushunish imkonini yaratadi, shaxslararo muomila ko’lamini yanada kengaytiradi. Shu jihatni hisobga olib maktabgacha ta’lim muassasalarining pedagoglariga qo’yiladigan  asosiy talablardan biri ularning ijodkor bo’lishlari, zamonaviy texnalogiyalardan unumli foydalana olgan holda bolalar nutqini rivojlantirishga o’z hissalarini qo’shishlari shuning bilan birgalikda  o’z kasbini yaxshi ko’rish, bolalar bilan ishlash, metodikasini ham chuqur o’zlashtirgan bo’lishi zarur. Bu jarayon bolalarning bilishga  bo’lgan qiziqishlarini oshiradi. Bolalarni sevish pedagogning mehnatini jozibali va yengil qiladi. Tarbiyachining bolalarga munosabatida tarbiyalanuvchi shaxsiga hurmat, unga talabchanlik bilan qarash  talab etilsa, bu munosabat bolada pedagogga nisbatan ishonchni uyg’otadi, tarbiyachiga esa bolalarga chinakam ma’naviy murabbiy bo’lishga imkon beradi.

               Bog’cha yoshidagi bolalar eng avvalo ko’rgazmali ifodalangan yoki ularning faoliyatlargia jalb etilgan predmetlar, hodisalar, sifatlar, xususiyatlar, munosabatlarning nomlanishini o’zlashtiradi. Buni bola tafakkurining ko’rgazmali-harakat va ko’rgazmali-obrazli harakterda ekanligi bilan tushimtirish mumkin. Shu tufayli ham, bog’cha yoshidagi bolalar lug’atida abstrakt (mavhum) tushunchalar deyarli uchramaydi. Bolalar nutqidagi bu hususiyatni ham mashg’ulotlar jarayonida hisobga olish zarur. Bolalarning nutqlari kattalarning nutqlaridan keskin farq qilinadi: Masalan: “r” o’rniga “l” yoki “y”, “sh” o’rniga “s” tovushlarini  ishlatishlari kuzatiladi. Nutqi to’liq rivojlanmagan maktabgacha yoshdagi  bolalar uchun pedagogik  mahorat alohida ahamiyatga ega. Maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalarda dastlabki ma’naviy – ahloqiy tushunchalarni shakllantirish bolaning dastlabki rivojlanish bosqichlaridayoq amalga oshirilishi lozim bo’lgan pedagogik talablardan biri bo’lsa, ma’naviy sifatlar: mehribonlik, to’g’rilik, vatanparvarlik, insonparvarlik, intiluvchanlik, tashabbuskorlik, milliy qadriyatlarga hurmat, milliy g’urur kabi  va ahloq – odobga oid sifatlar: ota – onaga hurmat, salomlashish odobi, kiyinish va ovqatlanish odobi, mehnatsevarlik, uyda va jamoat joylarda o’zini tutish kabi fazilatlarni tarbiyalash jarayoni ham bolalarda nutq zahirasining yetarlicha rivojlanishini talab etadi.           

               Maktabgacha ta’lim mazmunini  tashkil etishda bolalar nutqini rivojlantiruvchi noan’anaviy usullardan foydalanish; ularda mashg’ulotlarga qiziqishni yanada orttirish uchun  har- xil integrasiyalashgan xususiyatga ega bo’lgan ko’rgazmalardan foydalanish; maktabgacha yoshdagi bolalarga mashg’ulotlarni tashkil etishda doimo bolalarning tafakkur xususiyatini(ko’rgazmali obrazli, ko’rgazmali harakatli, emotsonal)  hisobga olish;  ta’lim jarayoni bola yoshiga mos bo’lishi yoki imkoniyatlarini hisobga olgan holda metodlarni tanlash bilan bog’liq bo’lishi; bolalarga yondashuvda logoped, difektolog, psixolog, tarbiyachi, ota – onalar o’zaro hamkorlikda ish olib borishlari maqsadga muvofiqdir.



Adabiyotlar ro'yxati:

Download 97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish