Mavzu: Maktabgacha ta’limni rivojlantirishning konseptual asoslari



Download 61 Kb.
Sana16.06.2022
Hajmi61 Kb.
#677334
Bog'liq
maktabgacha refarattt


Tayyorladi 9-4MTS-20 guruh talabasi Homidova Guli Bahodirovna

Refarat.

Mavzu:

Maktabgacha ta’limni rivojlantirishning konseptual asoslari.


Mustaqillik yillarida mamlakatimizda birinchi Prezident Islom Karimov rahbarligida davlat va jamiyat hayotini, jumladan, ta’lim tizimini tubdan yangilash va islox, etish borasida ulkan ishlar amalga oshirildi. Istiklolning dastlabki yillaridayoq Kadrlar tayyorlashning zamonaviy yagona tizimini yaratish g‘oyasini ilgari surib: «Ta’lim berishning, ma’naviy, axloqiy va kasb malakasi buyicha tarbiyalashning mutlaqo yangi tizimi ishlab chikilishi zarur. Sifat jixatidan butunlay yangi o‘quv dasturlari yaratilishi darkor», deya ta’kidlagan edi. Davlatimiz rahbarining ushbu fikrlari keyinchalik ta’lim-tarbiya sohasiga oid ko‘plab qonunlarning, tegishli me’yoriy hujjatlarning, eng muhimi, butun dunyo jamoatchiligi tomonidan tan olingan Kadrlar tayyorlash milliy dasturining yaratilishiga metodologik asos sifatida xizmat qildi.


Ushbu dasturda maktabgacha va maktab, urta maxsus va kasb-xunar hamda oliy ta’limni uch boskichda islox, qilishni, besh bosqichli ta’lim tizimini yaratish kuzda tutilgan edi. Bu boradagi milliy dastur konsepsiyasi Prezidentimiz tomonidan 1997 yil Oliy Majlisning IX sessiyasida «Barkamol avlod — O‘bekiston taraqqiyotining poydevori» nomli ma’ruzasida asoslab berildi. Unga binoan, mamlakatimizda noyob, dunyoda o‘xshashi yo‘q uzluksiz ta’lim tizimi yaratildi.
Maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’lim tizimining dastlabki bosqichi hisoblanadi. Uning asosiy maqsadi — bola shaxsining har jihatdan rivojlanishini ta’minlash, qobiliyatlarini ruyobga chiqarish, o‘qishga, doimiy ta’lim olish uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalarni shakllantirish va maktabda muvaffaqiyatli o‘qish uchun tayyorlashdan iborat. Maktabgacha tarbiya muassasalari bolalarning bilimi va amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish bilan birga, ularni vatanparvarlik, mustaqillik g‘oyalariga sadoqat, tariximiz va boy ma’naviy-ma’rifiy merosimiz va qadriyatlarimizga yuksak xurmat ruhida tarbiyalashda muhim o‘rin tutadi.
Maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatining qonuniy asoslari «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun (1992 y.), Kadrlar tayyorlash milliy dasturi (1997 y.), «Maktabgacha ta’lim to‘g‘risida»gi Konsepsiya (2008, 2011), «Maktabgacha ta’lim muassasalari to‘g‘risida»gi Nizom (2007), «Bolajon» dasturi (2010) va boshqa me’yoriy-huquqiy xujjatlarda belgilab berilgan. Masalan, 2008 yilda Xalk, ta’limi vazirligi tomonidan ishlab chikdlgan «Maktabgacha ta’lim tugrisida»gi Konsepsiyada maktabgacha ta’lim muassasalari tarakdiyotining ustuvor yunalishlari, ta’lim-tarbiya ishlarini takomillashtirish usul va uslublari belgilab berilgan bo‘lib, bu borada ilgari surilgan davlat talablari har bir bolaning yoshini e’tiborga olgavn holda rivojlanish darajasini aniklash, pedagog va tarbiyachilar ish samaradorligini oshirish imkonini beradi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Markamasi tomonidan 2010 yil 18 iyunda qabul qilingan «Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga asosan mazkur muassasalarning moddiy-texnika bazasi mustaxkamlandi, zarur mutaxassislar, jumladan, psixologlar, defektologlar va tibbiy xamshiralar bilan to‘liq ta’minlandi. Ushbu muassasalarda imkoniyati cheklangan bolalarga yordam berish va ularni maktabda o‘qitish uchun barcha ishlar amalga oshirilmokda.
Respublikadagi barcha maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarning xayoti va sog‘ligini muxofaza etish masalalariga aloxida e’tibor qaratib kelinmokda. Jumladan, Xalq ta’limi va Sog‘likni saqlash vazirliklari tomonidan ishlab chiqilgan «Maktabgacha ta’lim muassasalarida bola xayoti va sog‘ligini muxofaza etish tartibi to‘g‘risida»gi Nizomda bolalar xayoti va sog‘ligini muhofaza etishni tashkil kilish tartibi, bolalarning muassasaga kelib-ketish qoidalari, binoda sogliqni muxofaza etishga, yong‘in xavfsizligiga doir talablar bayon etilgan. Bugungi kunda O‘zbekistondagi maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyat yunalishlariga ko‘ra kuyidagi turlarga bo‘linadi:
• bolalar yaslisi, bolalar yasli-bog‘chalari, bolalar bog‘chalari, oilaviy bolalar bog‘chasi (xam aloxida muassasa, xam filial tarzida);
• maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim (bolalar bog‘chasi —maktab);
• bir necha ustuvor yo‘nalishda faoliyat yurituvchi maktabgachata’lim (badiiy-estetik, tillarni o‘rganish vasport yo‘nalishlari va x-k);
• imkoniyati cheklangan bolalarga (jismoniy yoki ruxiyjixatdan) malakali yordam ko‘rsatadigan bolalar bog‘chasi;
• tibbiy-gigienik, profilaktik va sog‘lomlashtirishtadbirlari orkali jismonan zaif bolalarga qarab turish va ularning sog‘ligini tiklashga yo‘naltirilgan bolalarbog‘chasi;
• aralash tusdagi bolalar bog‘chasi (uning tarkibigaumumrivojlantiruvchi, sog‘lomlashtiruvchi va boshqa guruxdar kirishi mumkin).
Ta’kidlash joizki, maktabgacha ta’lim oldida turgan maqsad hamda vazifalarni amalga oshirishda jamoat va xayriya tashkilotlari, mahalla, xalqaro jamg‘armalar, shuningdek, tadbirkorlik tuzilmalari faol ishtirok etib kelmokda. Bugungi kunga kelib, respublikada 6911 ta maktabgacha ta’lim va 605 ta maktabdan tashqari muassasalar faoliyat yuritib, ularda amaldagi qonunchilikka binoan, ta’lim-tarbiya ishlari, asosan, o‘zbek tilida, shuningdek, koraqalpoq, rus, tojik, qirg‘iz va qozok, tillarida olib borilmokda. O‘zbekiston Respublikasining ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:
1) ta’lim-tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterga ega ekani;
2) ta’limning uzluksizligi va izchilligi;
3) o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim yo‘nalishini akademiklitseyda yoki kasb-hunar kollejida o‘qishni tanlashning ixtiyoriyligi;
4) ta’lim tizimining dunyoviyligi;
5) Davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olish huquqiga ega ekani;
6) ta’lim dasturini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv;
7) Har bir shaxsning bilim olishi va iste’dodinirivojlantirishni rag‘batlantirilishi;
8) ta’lim tizimida davlat va ijtimoiy boshkaruvining uzaro uyg‘unligi.
Bu ustuvor tamoyillarga tayangan holda maktabgacha ta’limtizimini boshqarishda quyidagi omillar alohidaahamiyat kasb etadi:
1) demokratik -xalqparvarlikk asosida boshqaruv. O‘zbekistonRespublikasi Konstitutsiyasi va Xalq ta’limitizimiga doir konun xujjatlari asosida ishlarni tashkiletish;
2) yakkaboshchilik tamoyili — ma’lum maqsadga qaratilgan ish usuli bo‘lib, maktabgacha ta’lim muassasalariyillik ish rejasini to‘liq bajarishga qaratiladi;
3) Hamkorlik tamoyili — barcha masalalarni jamoaa’zolari bilan birgalikda hal etishni nazarda tutadi.
4) amaliylik tamoyili — pedagogik, metodik va xujalik ishlarini ma’lum maqsadga qaratilgan xolda aniq puxta tashkil etish va bajarilishini tahlil qilish;
5) xujalikni boshqarish tamoyili — ish yuritishni to‘g‘ri tashkil qilish asosida smetadagi mablag‘larni to‘g‘ri taqsimlash, uning bandlarini o‘z vaqtida bajarilishi ustidan nazoratni olib borish;
6) tanqid va o‘z-o‘zini tanqid — rahbar va har bir xodimning o‘z ishiga nisbatan talabchanlik bilan yondashish, mehnat va ishlab chiqarish intizomiga rioya qilish, bajaradigan ishlarga tanqidiy munosabat;
7) farqlash tamoyili — ishdagi ijobiy va salbiy jixatlarni va ilg‘or ish tajribalarni ko‘ra olish;
8) yangilikni his qila olish tamoyili — o‘z ustida tinimsiz ishlash asosida ta’lim soxasidagi o‘zgarish va yangiliklardan xabardor bo‘lish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya va ilg‘or pedagogika texnologiyalarni o‘zlashtirish va ish faoliyatida qo‘llay olish. Maktabgacha ta’limni tashkil etish va unga rahbarlik qilish soxasining metodologik asosini O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, «Maktabgacha ta’lim to‘g‘risida»gi konsepsiya va nizomda ko‘rsatib berilgan maqsad va vazifalar tashkil etadi. SHu bilan birga, maktabgacha ta’lim muassasasi mustaqil ravishda o‘z faoliyatiga taalluqli masalalar yuzasidan, qonunchilikka va pedagogik tamoyillarga zid bo‘lmagan xar qanday karorlar qabul qilishga xaqlidir.
Uzluksiz ta’lim tizimi va kadrlar tayyorlashning davlat va nodavlat ta’lim muassasalarini tarkibiy jixatdan uzgartish va ularni izchil rivojlantirish davlat tomonidan boshqarib boriladi. Barcha bug‘in ta’lim boshqaruv organlarining huquq va vakolatlari «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonunga muvofiq belgilanadi. Mazkur qonun ta’lim muassasalari faoliyatining me’yoriy-xuquqiy asoslarini belgilab berish barobarida uning moliya-xujalik ishlarini to‘g‘ri va oqilona yuritishni, ta’lim jarayonini tashkil etishda o‘quv yurtlarining mustaqil faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydi. Ta’lim muassasalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tomonidan belgilangan tartibda attestatsiyadan o‘tkaziladi hamda akkreditatsiya qilinadi. Akkreditatsiya yakunlariga ko‘ra, ularga ta’lim soxasida faoliyat yuritish huquqi beriladi. Muassasa tashkilotlar, maxalliy hokimiyat organlari, tadbirkorlar doiralari, jamoat tashkilotlari, turli jamgarmalar va xomiylar vakillarini o‘z ichiga olgan vasiylik va kuzatuv kengashlarini tuzish orqali ta’lim muassasalarida samarali jamoat boshqaruvi tizimi joriy etiladi. SHunday qilib, mustaqillik yillarida mamlakatimizda ta’lim tizimi, jumladan, maktabgacha ta’lim tizimini tubdan yangilash va takomillashtirish davlatimiz siyosatining ustuvor yunalishlaridan biriga aylandi. SHu yillar mobaynida yurtimizda mazkur soxani rivojlantirishning mustaxkam huquqiy-institutsional asoslari yaratildi. Jumladan, «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunning aloxida moddasi maktabgacha ta’limga bag‘ishlangani shundan dalolat beradi. Unga ko‘ra, maktabgacha ta’lim tizimining asosiy maqsadi — bola shaxsining asoslarini shakllantirish, uning jismoniy va aqliy jihatdan sog‘lom va etuk bo‘lib voyaga etishini ta’minlash, ta’limning keyingi bosqichi—o‘rta maktabda uquv-planga tayyorlash, bilim olishga qiziqishini uyg‘otishdan iborat. SHuningdek, ushbu moddada, «maktabgacha ta’lim olti-etti yoshgacha oilada, davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarida olib boriladi», deya qayd etilgan.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturining asosiy maqsadiga ham komil inson tarbiyasiga qaratilgan. Mazkur xuquqiynegizlar asosida yaratilgan maktabgacha ta’lim konsepsiyasiga tayangan xolda maktabgacha ta’limning tarkibi vamazmunini qayta ko‘rib chiqish, jismoniy, ma’naviy vaintellektual jihatdan barkamol, mustaqil fikrlaydiganyosh avlodni shakllantirish, uni milliy an’ana va qadriyatlarimiz, buyuk ajdodlarimiz qoldirgan o‘lkan ma’naviy-ma’rifiy meros, xalq pedagogikasi tajribasi,zamonaviy ilm-fan erishgan yutuklarga tayangan xolda tarbiyalash, tarbiyaviy jarayonda maktabgacha ta’lim muassasalari,oila va ota-onalarning o‘zaro munosabatlariniuygunlashtirish masalalari uzluksiz va izchil xal etilmokda. SHu ma’noda 1993 yilda qabul qilingan hamda farzandlarimizni yoshligidanoq jismonan, ruhan, ma’naviy jihatdan tarbiyalashni ko‘zda tutgan «Sog‘lom avlod uchun dasturi» ham beqiyos ahamiyat kasb etadi. Unda, jumladan, quyidagi vazifalarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan:
1) maktabgacha ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya mazmunini takomillashtirish va boyitish;
2) maktabgacha ta’lim muassasalarida basseyn, suv xavzalari, turli sport inshootlari va tugaraklarini tashkiletish;
3) bu borada mamlakatimizda va xorijda to‘planganilg‘or tajribani o‘rganish va ommalashtirish;
4) mashg‘ulotlari qizikarli uyin tarzida, xususan,xalk, milliy uyinlari asosida tashkil etish va o‘kazish;
5) bolalarning sog‘ligini saqlash, muhofaza qilish
va mustahkamlash, sog‘lomlashtirish va chiniqtirish mashg‘ulotlarini uzluksiz olib borish.
Mustaqil respublikamiz uchun yosh avlodni har tomonlama etuk inson qilib tarbiyalash hayotiy muhim vazifalardan biri hisoblanadi. CHunki har qanday jamiyatning ravnaqi, ijtimoiy, siyosiy, iqgisodiy faravonligi fuqarolarning aqliy va axloqiy salohiyati hamda ularning ma’naviy darajada yuksak rivojlanishiga bog‘liq. Darhaqiqat, jamiyatimizning taraqqiy etishi, ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish, jahon hamjamiyatiga qo‘shilishni ta’minlaydigan huquqiy demokratik davlat qurishni etuk va malakali kadrlarsiz hal etib bo‘lmaydi. SHu bois, respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsad va vazifasi inson hamda uning har tomonlama o‘sib ulg‘ayishi, kamol topishi va farovonligi, shaxs manfaatlarini ro‘yobga chiqarishning sharoitlarini va
ularning ta’sirchan mexanizmlarini yaratish hamda eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulq - atvorning andozalarini o‘zgartirishga qaratildi. SHuningdek, xalqimizning boy intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida zamonaviy fan, texnika va texnologiyalar, iqgisodiyot yutuqlari asosida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish masalasiga ham keng e’tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga erishgach, iqtisodiy hamda ijtimoiy rivojlanishning o‘ziga xos yo‘lini tanladi va kadrlar tayyorlash masalasiga alohida ahamiyat qaratildi. Bu borada esa qator chora-tadbirlar ko‘rildi va amalda qo‘llanildi. O‘zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» talablari asosida maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berishning asosiy maqsadi yosh avlodni istiqlol mafkurasi ruhida sog‘lom, har tomonlama rivojlangan shaxe sifatida tarbiyalash va maktab
ta’limiga tayyorlashdan iborat.
Ma’lumki, 1992 yil iyul oyida Mustaqil O‘zbekistonning ilk «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni qabul qilindi. Mazkur qonun mazmunida Respublika ta’lim tizimi uning asosiy yo‘nalishlari, maqsad vazifalari, ta’lim bosqichlari va ularning mohiyati kabi masalalar o‘z ifodasini topdi. 1997 yil yanvar oyiga kelib, “Ta’lim to‘g‘risidagi” qonun va unda ilgari surilgan g‘oyalarning amaliyotga tadbiqi, mavjud ahvol, yutuq va kamchiliklar o‘rganildi va tahlil etildi. O‘tkazilgan tahlil natijalariga ko‘ra, ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar aksariyat o‘rinlarda chuqur ilmiy asosga ega bo‘lmaganligi ma’lum bo‘ldi. SHu bois, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maxsus farmoniga asosan O‘zbekiston Respublikasi «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonunning yangi tahriri hamda «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturini» ishlab chiquvchi maxsus komissiya tarkibi tayinlandi. 1997 yilning iyul oyida har ikki me’yoriy hujjat mazmuni o‘rganib chiqildi va umumxalq e’tiboriga havola etildi.
Umumxalq muhokamasidan o‘tgan «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida qabul qilindi.
«Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi», «Ta’lim to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni talablariga muvofiq holda tayyorlangan bo‘lib, milliy tarbiyani, ta’lim tizimida jahon miqyosidagi yutuqlar asosida yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy siyosiy hayotga mustaqil ravishda mo‘ljalni to‘g‘ri ola bilish qobiliyatiga ega bo‘lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir bo‘lgan kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yo‘naltirilgandir. Mazkur dastur kadrlar tayyorlash milliy modelini ro‘yobga chiqarish, ta’lim va kasb-hunar dasturini ongli ravishda tanlash va keyinchalik puxta o‘zlashtirish uchun ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, psixologik-pedagogik va boshqa sharoitlarni yaratish, jamiyat, davlat va oila oldida o‘z javobgarligini his etadigan fuqarolarni tarbiyalashni nazarda tutadi. Ta’lim muassasalari xalq xo‘jaligining turli sohalari uchun tayyorlayotgan kadrlarning kasbiy mahorati, aqliy salohiyati, ijodiy qobiliyati hamda ma’naviy barkam oll i giga qarab mustaqil O‘zbekistonni kelajagini ko‘rish mumkin degan g‘oya «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»ning yaratilishi uchun asos bo‘ldi.SHu
bois, mazkur hujjat respublika ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar mazmunini ochib beradi. Unda ta’lim sohasidagi islohotlarning asosiy maqsadi — inson, uning har tomonlama uyg‘un kamol topishi va faravonligini ta’minlash muhim ekanligi alohida qayd etib o‘tildi. 1992 yilda O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni qabul qilingandan so‘ng o‘tgan davr mobaynida yangi o‘quv rejalari, dasturlari, darslik va qo‘llanmalar yaratildi, zamonaviy didaktik talablar asosida ta’limni tashkil etish yo‘llari, metod va vositalarini aniqlash va o‘quv muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish va akkreditatsiyalash ishlari amalga oshirildi.
Respublika mehnat bozorini shakllantirishning hududiy xususiyatlarini hisobga olgan holda kasb-hunar ta’limi qayta tashkil etildi. Maktabgacha tarbiya sohasida yangi tashkil etilgan bolalar bog‘chalari hamda «Bolalar bog‘chasi — maktab majmui», «Xususiy bog‘chalar», «Internat bog‘chalar» tarmog‘i rivojlanib bormoqsa. Bolalarga chet tilini, xoreografiya, tasviriy va musiqa san’ati, kompyuter savodxonligi asoslarini va turli sport turlarini o‘rgatuvchi 1000 dan ortik guruhlar ochilgan. Hozirgi kunda 238 litsey va 136 gimnaziya ishlab turibdi. «Sog‘lom avlod uchun», «Ma’naviyat va ma’rifat», «Iqtisodiy ta’lim», «Qishloq maktabi», «Rivojlanishda nuqsoni bo‘lgan bolalarni tiklash» va boshqa tarmoq dasturlari amalga oshirilmoqsa. Respublika umumta’lim maktablarida 435 mingdan ortiq o‘qituvchi mehnat qilmoqsa, ularning 73 %i oliy ma’lumotli. O‘zbekiston oliy maktabi tizimi 50 dan ziyod oliy o‘quv yurtini, shu jumladan, 16 universitet va 42 institutni o‘z ichiga oladi, ularda 164 ming talaba ta’lim olmoqsa. 16 universitetning 12 tasi O‘zbekistonmustaqillikka erishganidan so‘ng universitetmaqomini oldi. Oliy ta’lim istiqbol vazifalariniilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangiavlodini shakllantirishga yo‘naltirilgan. Ushbu maqsadni ro‘yobga chiqarish quyidagi vazifalarni hal etishni talab etadi:
• birinchidan, ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimini respublikada amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar va yangilanish jarayonlariga moslash;
• ikkinchidan, kadrlar tayyorlash tizimi muassasalarini yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlash hamda pedagogik faoliyatning nufuzi va ijtimoiy maqomini oshirish;
• uchinchidan, ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimi muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish va akkreditatsiya ;qilish;
• to‘rtinchidan, ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish.
Kadrlar tayyorlash Milliy dasturining maqsad va vazifalari bosqichma-bosqich amalga oshirilib boriladi. Har bir bosqich muayyan vazifalarni hal etish nazarda tutadi. 1-bosqich (1997—2001) —mavjud kadrlar tayyorlash tizimining ijobiy salohiyatini :aqlab qolish asosida ushbu tizimni isloh qilish va rivojlantirish uchun huquqiy, ilmiy-uslubiy, moliyaviy- moddiy shart-sharoitlar yaratish. 2-bosqich (2001—2005) — milliy dasturni to‘liq ro‘yobga chiqarish, mehnat bozorining rivojlanishi va real ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarni hisobga olgan holda o‘ta aniqliklar kiritish. 3-bosqich (2005 va undan keyingi yillar) to‘plangan tajribani tahlil etish va umumlashtirish asosida mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga muvofiq kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirish. Milliy dastur asosini O‘zbekistonning taraqqiyotini ta’minlay oladigan, uni jahondagi ilg‘or mamlakatlar darajasiga ko‘tarishga hissa qo‘shuvchi, dadil, mustaqil fikrli, bilimli malakali mutaxassis, ayni paytda ijobiy insoniy sifatlarga ega bo‘lgan kadrlarni tarbiyalab voyaga etkazish jarayonini tashkil etadi. Komil inson hamda etuk malakali mutaxassismilliy model mohiyatini ifoda etadi. Kadrlar tayyorlash milliy modeli faqat ta’lim-tarbiyadangina iborat bo‘lib qolmay, balki bir-biriga bog‘liq bo‘lgan ko‘pgina hayotiy bosqichlarni ham o‘z ichiga oladi. Milliy model bu shaxe, davlat va jamiyat, uzluksiz ta’lim, fan va ishlab chiqarishning o‘zaro uzviy birligi va hamkorligi, ularning bir-biriga aloqasini aks ettiradi. Ayniqsa, uzluksiz ta’lim tizimining faoliyat olib borishi davlat ta’lim standartlari asosida turli darajalardagi ta’lim dasturlarining izchilligi asosida ta’minlanadi. CHunki uzluksiz ta’lim-malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi bo‘lib, ta’limning barcha turlarini davlat ta’lim standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasi va uning faoliyat ko‘rsatish muhitini o‘z ichiga oladi. Uzluksiz ta’lim jarayoni shaxsning har tomonlama qaror topishi uchun eng qulay davr hisoblanadi. Mazkur davrda shaxs fan asoslari hamda kasb-hunar ma’lumotlarini o‘zlashtiradi, komil inson va etuk malakali mutaxassis qiyofasida aks etishi lozim bo‘lgan sifatlarga ega bo‘lib boradi. Demak, uzluksiz ta’lim milliy modelning asosiy tarkibiy qismlaridan biridir. Uzluksiz ta’lim quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
• Maktabgacha ta’lim.
• Umumiy o‘rta ta’lim.
• O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi.
• Oliy ta’lim.
• Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim.
• Kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash.
• Maktabdan tashqari ta’lim.
Maktabgacha ta’lim turli yoshdagi bolalarni maktabga tayyorlash bilan birga, ularni sog‘lom, har tomonlamaetuk qilib tarbiyalash uchun zarur tashkiliy,uslubiy psixologik, pedagogik shart-sharoitlar yaratadibolalarni maktab da muntazam ravishda ta’limolishga tayyorlashda ota-onalarga yordam beradi, undao‘qishga intilish hissini uyg‘otadi. Maktabgacha ta’lim bola 6—7 yoshga etguncha oilada hamda davlat va davlatga qarashli bo‘lmagan maktabgacha bolatar muassasatarida amalga oshiriladi. Maktabgacha ta’lim bola shaxeini maktabgacha bolalar ta’lim-tarbiyasiga qo‘yiladigan davlat talablariga muvofiq sog‘lom ga etuk, maktabda o‘qishga tayyor tarzda shakllantirish maqsadini ko‘zlaydi. Maktabgacha ta’limning vazifalari: Bolalarni xalqning boy milliy madaniy-tarixiy merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida aqliy va ma’naviy axloqiy jihatdan tarbiyalash. Bolalarda milliy g‘urur, vatanparvarlik hislarini shakllantirish. Maktabgacha yoshdagi bolalarning bilim olish ehtiyojini, o‘qishga intilishini shakllantirish, ularni muntazam ravishdagi ta’lim jarayoniga tayyorlash. Bolalar tafakkurini rivojlantirish o‘zining fikrini mustaqil va erkin ifodalash malakalarini shakllantirish. Bolalarning jismoniy va ruhiy sog‘ligini ta’minlash. Maktabgacha ta’lim muassasalari hududlarning demografik, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa xususiyatlarini hisobga olgan holda tashkil etiladi. Maktabgacha ta’lim muassasalarini tashkil etish va tugatish qonunga muvofiq ravishda amalga oshiriladi. Maktabgacha ta’lim muassasalari ularning yo‘nalishlariga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi:
— bolalar yaslisi, bolalar bog‘chasi, bolalar yasli bog‘chasi, xonadon bolalar bog‘chasi, (ham mustaqil muassasa sifatida, ham filial sifatida);
— bog‘cha maktab majmuasi;
— tarbiyalanuvchilarni bir yoki bir necha ustuvor yo‘nalishlarda rivojlantiradigan (til o‘rganish, badiiy-estetik, sport va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha) maktabgacha ta’lim muassasasi.
Tarbiyalanuvchilarning jismoniy va ruhiy rivojlanishidagi kamchiliklarini bartaraf etishni ustuvorravishda amalga oshiruvchi maxsus maktabgacha ta’lim muassasasi. Sanitariya-gigiena, profilaktika va sog‘lomlashtirish tadbirlari va muolajalari ustuvor ravishda
amalga oshiriladigan sog‘lomlashtiruvchi bolalar bogchasi. Aralash turdagi maktabgacha ta’lim muassasi (aralash turdagi muassasa tarkibiga sog‘lomlashtiruvchi guruhlar turlicha miqsorda bo‘lishi mumkin). Maktabgacha ta’limning turlari ota-onalar (ularningo‘rnini bosuvchi shaxslar) tomonidan tanlanadi. Maktabgacha ta’lim buyicha asosiy ish xujjatlari:
1. «Ta’lim tugrisida»gi Qonun (T., 1997).
2. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi (T., 1997).
3. «Maktabgacha ta’lim muassasalari tugrisida»gi Nizom(T., 2007).
4. «Maktabgacha ta’lim tugrisida»gi Konsepsiya (T.,2008; 2011).
5. Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga kuyiladigan davlat talablari (T., 2008; 2012).
6. Maktabgacha ta’lim soxasida chikarilgan farmon,buyruk, farmoyishlar, kursatmalar, yuriknomalar, boshqa direktiv va me’yoriy xujjatlar.
Download 61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish