KURS ISHINING OBYEKTI. Maktabgacha ta’lim muassasasi,oila va ta’lim jarayoni.
KURS ISHINING PREDMETI. Bog’chagacha yoshdagi va maktabgacha yoshdagi bolalar va ularda ravon nutqni rivojlantirish va ulardagi nutqiy nuqsonlarni bartaraf etish ustida ishlash metodlari, mazmuni, shakl va usullari.
KURS ISHINING MAQSADI. Bog’chagacha va maktabgacha yoshdagi bolalarda ravon nutqni rivojlantirishning qulay va samarali metodlardan foydalanish yuzasidan ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqish.
I.BOB – MAKTABGACHA TA'LIM YOSHDAGI BOLALARDA DIALOGIK NUTQNI SHAKILLANTIRISH USULLARI
1.1. Bolalar nutqini rivojlantirish
Bolalar nutqini rivojlantirishning metodik masalalarini ishonchli tarzda psixologolingvistik asoslash zamonaviy pedagogik tadqiqotlarga xos jihatlar hisoblanadi. Rus pedagogika fanining eng yaxshi an’analari ruhida bajarilgan ushbu tadqiqotlar katta faktik materiallarga ega bo`ladi, bola nutqining obyektiv qonuniyatlarini aniqlaydi. F.A.Soxin vaO.S.Ushakovlarning tasnifidan foydalangan holda bolalar nutqini psixologik-pedagogik tadqiq qilishni bir nechta yo`nalishga ajratish mumkin: tuzilmaviy (til tizimining turli tuzilmaviy darajalarini: fonetik, leksik, grammatik darajalarini shakllanirish), funksional (kommunikativ faoliyatda tilni egallash ko`nikmalarini shakllantirish); kognitiv (til va nutq hodisalarini oddiy anglashni shakllantirish).
“Bola nutqini rivojlantirish” hodisasining o`zini va uni boshqarish jarayonini tahlil qilish maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish sohasida ishlash uchun pedagoglar maxsus tayyorgarlikdan o`tishlari zarur, degan xulosani keltirib chiqaradi. Nutqqa oid zamonaviy tadqiqotlar tizimli yondashuvga ega, bu “u yaxlit bir tizim sifatida mavjud bo`lgan ko`plab tashqi va ichki munosabatlar” (B.F.Lomov) hodisasini o`rganishda namoyon bo`ladi. Nutq-til tizimi ko`plab aloqalarga kirishadi, jumladan, ma’noni so`zga aylantiradigan hamda inson ongi va his-hayajonlari bilan uzviy bog`liq bo`lgan semantik axborot apparati, psixofizik hodisa (ya’ni, miya vazifasi, jismoniy tovushlar chiqaruvchi hamda ularni qabul qiluvchi va tabaqalashiruvchi qurilma), muloqot va ijtimoiy aloqa vositasilari ularning asosiylari hisoblanadilar.
Dialog - suhbat bolaning kattalar va o’z tengdoshlari bilan muloqotining asosiy shakli hisoblanadi.
Maktabgacha ta’lim muassasasida o’qitish ikki shaklda amalga oshiriladi: a) erkin nutqiy muloqotda; b) maxsus mashg’ulotlarda.
Dialog ko’proq erkin nutqiy muloqotda paydo bo’ladi va u bolalar lug’atini boyitish, talaffuzga oid, grammatik ko’nikmalarni tabiiy ravishda rivojlantirish bazasi, ravon nutq ko’nikmalariga ega bo’lish bazasi hisoblanadi.
Dialog maxsus mashg’ulotlarda o’qitiladi (oyiga 1-2 ta mashg’ulot); maktabgacha ta’lim muassasasida kun mobaynida bola pedagog va boshqa bolalar bilan erkin muloqotga kirishadi. Uyda esa kattalar bola bilan turli mavzularda dialogga kirishishlari lozim.
Dialogik nutqni (yoki og’zaki nutqni) o’rgatish odatda suhbat shaklida, ya’ni kattalar bilan bola o’rtasida hamda bolalarning o’zlari o’rtasida fikr almashish shaklida ro’y beradi.
Agarda maktabda suhbat bilimlarni yetkazish vositasi sifatida qo’llanilsa, suhbat jarayonida bolalar nutqini boyitishda qo’shimcha ijobiy hodisa ko’rinishida qabul qilinadi, maktabgacha ta’lim muassasasida ham suhbat aynan nutqni rivojlantirish uchun o’tkaziladi. Biroq, nutq albatta borliq hodisasini aks ettirishi, kodlashtirishi bois maktabgacha ta’lim muassasasidagi suhbat xuddi maktabdagi kabi bilim beradi.
Suhbatlar mavzusi va mazmuni bolalarning yosh xususiyatlari hamda ularning nutqiy rivojlanish darajasini hisobga olgan holda “Ilk qadam” tayanch dasturi bilan belgilanadi.
Suhbat ta’lim metodikasi sifatida - bu tarbiyachining bolalar guruhi bilan (yoki alohida har bir bola bilan) aniq maqsadga yo’naltirilgan, muayyan mavzuda oldindan tayyorlangan so’zlashuvidir. Maktabgacha ta’lim muassasasida takrorlovchi, umumlashtiruvchi va nazorat- tekshiruv suhbatlaridan foydalaniladi.
Takrorlovchi va umumlashtiruvchi suhbatlarda tarbiyachi turli usullar yordamida bolalarga ko’rgan narsalarni taxlil qilish, taqqoslash, to’ldirish, chuqurlashtirish usullarini o’rgatadi, bolalardagi mavjud bilimlarni tizimlashtiradi, ularni muayyan xulosalarga kelishga undaydi.
Nazorat-tekshiruv suhbatlari pedagog tomonidan biron-bir o’tilgan mavzu bo’yicha bolalarning bilimlarini aniqlash uchun o’tkaziladi. Pedagog savollar yordamida bolalarning biron-bir mavzuni o’tish jarayonida olgan bilimlari darajasini aniqlashi mumkin.
Bolalar bilan ishlash jarayonida pedagog tayyorlanmagan va tayyorlangan suhbatdan foydalanadi.
Tayyorlanmagan suhbat (buni faqat bolalarga nisbatangina qo’llash mumkin, chunki bolalar ular bilan nimalar haqida so’zlashishlarini, nimalarga diqqat-e’tiborini jalb qilishlarini bilmaydilar) rejimli jarayonlarni o’tkazishda, bolalar faoliyatining har xil turlarida: o’yinlarda, mexnatda tashkil etilishi mumkin. Tarbiyachi esa har qanday muloqot turiga tayyor turishi zarur. Zero, buning uchun u kasbiy ta’lim olgan bilimlarining muhim qismlaridan birini bolalar bilan suhbatlashish tashkil etadi. SHuning uchun tarbiyachi bolalar bilan shunday so’zlashishi lozimki, toki u o’z nutqi bilan bolalarga ona tilini o’rgatsin.
Nutq vazifasi uning ontogenezdagi haqiqiy rivojlanish jarayoni bosqichini aks ettiradi, ularning har biri o’ziga xos xususiyatlarga egadir:
Do'stlaringiz bilan baham: |