2.2. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari mudirasining ta’lim tarbiya va metodik ishlarga rahbarligini amaliy o’rganish
Men ushbu kurs ishi yuzasidan olib borgan tajribani 20-sonli Maktabgacha ta’lim tashkilotida o’tkazdim. Mazkur maktabgacha ta’lim muassasasi mudirasi bilan tanishdim va uning ish faoliyati ya’ni mudiraning ta’lim tarbiya va metodik ishlarni qanday tashkil etishni va nazorat qilishini kuzatdim va maktabgacha ta’lim tashkilotidagi barcha ishlari yuzasidan hujjatlarini ko’rib tanishib chiqdim.
20-sonli MTT mudirasi Safarova Gulchehra opa har kuni MTT dagi har bir guruhga kirib tarbiyachining faoliyatini qanday tashkil etishini uning pedagogik mahoratini kuzatadilar va tarbiyachining yo’l qo’ygan xato va kamchiliklarni tuzatadilar.
Shuningdek, bolalarning sog’lom ovqatlanishini tashkil etish maqsadida MTT dagi oshpazlar ishini ham kuzatib chiqadilar.
Bundan tashqari bolalarning ota-onalari bilan ham suhbatlashib, ularning shikoyatlarini tinglab rahbar sifatida oqilona yechim topib,ularning muammolarini hal etadilar.” Rahbarlik-bu shaxsning o’ziga biriktirilgan muassasani maqsadli boshqarishga bo’lgan javobgarligidir”-deydi o’zlarning vazifalari haqida Gulchehra opa.
XULOSA
Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, nafaqat MTT ustidan rahbarlik qilishning turli xil uslublari formalrini yuqoridagi boblarda qayd etib o’tdik. Jumladan, demokratik, avtoritar va liberal rahbar toifalarini misol keltirish mumkin.
Qayd etilgan rahbarlik uslublari sof holda uchramaydi. Hayotda har bir rahbarning ish uslubi har xil bo’ladi, lekin yuqoridagi 3 uslubdan biri yaqqolroq sezilib turadi.
Rahbar turli xil xodimga nisbatan rahbarlikning ijobiy tomonlaridan foydalanishi kerak.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlari kadrlarning kasb mahoratini, umumiy ta’lim mahoratini, umumiy ta’lim va madaniy darajasini muntazamo’stirib borishga g’amxo’rlik qiladi; xodimlar malakasini hisobga olgan holda va maktabgacha ta’lim muassasasi manfaatlaridan kelib chiqib, ularni tartibli vao’z vaqtidajoydan-joyga ko’chirib turilishini ta'minlaydi. Bu maqsadlar uchun ma'- muriyat ruhiy-pedagogiko’qitishning huquqiy va iqtisodiy uyg’unlanishini ta'minlaydi; xodimlar malakasini oshirishga bevosita mak-tabgacha ta’lim muassasasida shart-sharoit yaratadi, murabbiylik harakatini rivojlantiradi; mamlakatda va chet ellarda pedagogik va boshqa fanlar erishgan yutuqlar haqida axborot beradi.
Ma'muriyat jamoat tashkilotlari bilan birgalikda maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlarini attestatsiyadano’tkazish uchun optimal shartsharoitlami ta'minlaydi, ulargao’z vaqtida zarur metodik yordam ko’rsatadi. Maktabgacha ta’lim muassasa-sida kadrlar zaxirasi shakllantirilib, ular bilan ish olib boriladi. Ta’limtarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish maqsadida, umumiy yig’ilish qarori bilan, maktabgacha ta’lim muassasasida yangi pedagogik texnologiyalarni amalda qo’llash ishlari amalga oshiriladi.
Tavsiyalar
1. Rahbar o’z g’oyaviy, ma’naviy – ma’rifiy siyosiy huquqiy saviyasini va mutaxassislik mahoratini doimo puxta oshirib turishi zarur.
2. Bolalarga ta’lim tarbiya berish nazariyasini va amaliyotini puxta egallagan bo’lishi lozim.
3. Dastur, ,metodik instruktiv,me’yoriy hujjatlarni yaxshi bilishi va unga amal qilishi, shuningdek, pedagogik jarayonning mohiyatini chuqur bilib, yutuq kamchiliklarni darhol bartaraf qilish choralarini ko’rishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |