Mavzu: Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida shtat va smetalarni shakllantirish



Download 23,77 Kb.
Sana23.04.2022
Hajmi23,77 Kb.
#578137
Bog'liq
Isamuxammedova A


Mavzu: Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida shtat va smetalarni shakllantirish.
Reja:
Kirish.

  1. Maktabgacha ta'limni rejalashtirish, moliyaviy ta'minlash, boshqarish tamoyillari.

  2. Rejalashtirishning asosiy bosqich va turlari.

  3. Smeta- davlat moliyaviy hujjati sifatida.

Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati.
Maktabgacha ta'lim tashkilotlarini loyihalashtirish, rejalashtirish ishlari respublika xalq xo'jaligi rejasi asosida amalga oshiriladi. Maktabgacha ta'lim tashkiloti shu asosda iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish rejasini ishlab chiqadi. Davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti yuridik shaxs hisoblanadi, O'zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o'z nomi davlat tilidayozilgan muhrga, mustaqil balansga, O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining g'aznachiligida byudjet va byudjetdan tashqari shaxsiy g'azna hisobvaraqlariga ega bo'ladi. Unda maktabgacha ta’lim tashkiloti yo'nalishi bo'yicha faoliyat natijalarini aks ettiruvchi va bolalarning o'rtacha yillik sonini aniqlash uchun asos bo'lib xizmat qiladigan nazorat raqamlari, ko'rsatkichlari, byudjet va tarmoq moliya me’yorlari orqali muassasani saqlab turish va rivojlantirishga ajratilgan mablag'lardan foydalanishda: Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotiga biriktirilgan molmulk uning operativ boshqarish huquqida bo'ladi. Muassasa o'ziga biriktirilgan mobmulkni va xarajatlar smetasi bo'yicha o'ziga ajratilgan mablag'lar hisobiga sotib olingan mol-mulkni qonun hujjatlariga muvofiq tasarruf etadi. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining rahbari vakolati doirasida tasdiqlangan xarajatlar smetasidagi mablag'larning maqsadli sarflanishi uchun javob beradi. Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati uning muassisi tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq moliyalashtiriladi. Muassislari davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari bo'lgan davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyati O'zbekiston Respublikasi davlat byudjeti va byudjetdan tashqari mablag'lari hisobiga moliyalashtiriladi.
Quyidagilar davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti mol-mulkini va moliyaviy resurslarini shakllantirish manbalari hisoblanadi:
- O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag'lari;
- tarbiyalanuvchining davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida bo'lgan davri uchun badal to'lovlari;
- shartnoma asosida qonun hujjatlarida taqiqlanmagan pulli xizmat ko'rsatish, bino va inshootlarni, jihoz va anjomlarni ijaraga berishdan olingan daromadlar;
- jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
- mahalliy xalqaro va xorijiy tashkilotlarning grantlari;
- qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Tarbiyalanuvchining davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida bo'lgan davri uchun badal to'lovi miqdori va uni to'lash tartibi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi. To'lov banklar orqali tegishli g'aznachilik bo'limlarida ochilgan shaxsiy g'aznachilik hisobvaraqlariga naqd pul yoki pul o'tkazish yo'li bilan amalga oshiriladi. Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotini moliyalashtirish belgilangan tartibda tasdiqlangan va ro'yxatdan o'tkazilgan xarajatlar smetasiga muvofiq amalga oshiriladi. Davlat maktabgacha ta'lim tshkilotiga byudjetdan tashqari qo'shimcha mablag'larning jalb etilishi byudjetdan moliyalashtirishning kamayishiga olib kelmaydi. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasida zarur moddiytexnik baza hamda pedagog xodimlar mavjud bo'lgan taqdirda, ta'lim-tarbiya jarayoniga xalaqit bermagan holda pullik ta'limtarbiya xizmatlari ko'rsatiladi. Davlat maktabgacha ta'lim muassasalarida pullik qo'shimcha ta'lim-tarbiya xizmatlari ko'rsatish faoliyatining tashkil etilishi va ularga haq to'lash tartibi O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonida O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi. Maktabgacha ta'lim muassasalarini iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish rejasi hamda byudjet yoki tarmoq moliyaviy me'yorlari Maktabgacha ta'lim, Sog'liqni saqlash, Moliya, Iqtisodiyot vazirliklari, boshqa respublika tashkilot va idoralari hamda ilmiy-tadqiqot institutlarining ilmiy jihatdan asoslangan metodik tavsiyalari asosida ishlab chiqiladi. Maktabgacha ta’lim muassasalarini mablag' bilan ta'minlashda hisob birligi sifatidan o'rtacha yillik hisobda bir bola olinadi. Maktabgacha ta'lim muassasasi o'z huquq va vakolatlari doirasidan tashqariga chiqadigan boshqa masalalarni, xususan, yer va suvdan foydalanish, tabiatni muhofaza qilish, qurilish ishlarini amalga oshirish, mehnat resurslaridan foydalanish borasidagi rejalarini xalq deputatlari mahalliy kengashlari o'zaro kelishgan holda hal etishlari lozim.
Rejalashtirishda istiqbolli va joriy turlar farqlanadi.
Istitsbolli reja bu - Maktabgacha ta'lim vazirligi, viloyat boshqarmalari, tuman va shahar moliya-iqtisod bo'limlari tomonidan uzoq muddatga (5-10 yilga) mo'ljallab tuziladigan rejalar tushuniladi. Joriy rejalashtirish - har yili amalga oshiriladigan moliyaviy- xo'jalik ishlari rejasidir. Ta'lim tizimi yuqori boshqaruv organlari qonunchilikda belgilangan huquq va vakolatlari doirasida maktabgacha ta'lim muassasalariga tegishli ko'rsatmalar beradi, muassasa o'z faoliyatida qonunchilikka qanchalik rioya qilayotgani, ijtimoiy mulkni qay darajada tasarruf etayotgani ishlab chiqarish va moliyaviy xo'jalik faoliyatini nazorat etadi, zarur hollarda boshqa manfaatdor tashkilotlarni jalb qilib, bir yilda bir marta kompleks tekshiruvni amalga oshiradi.
Maktabgacha ta'lim muassasalarining xarajat smetalari ularning ijtimoiy-tarbiyaviy va moliyaviy xo'jalik faoliyatini amalga oshirish uchun ajratilgan mablag'larning qanday maqsadlarga sarflanishi va choraklar bo'yicha taqsimlanishini belgilab beradigan asosiy hujjat hisoblanadi. Ana shu smetaga asoslanib, byudjetda maktabgacha ta’lim muassasasining moliyaviy ehtiyojlari uchun mablag' ko'zda tutiladi va qonunchilikda belgilangan tartibda muassasa hisob raqamiga o'tkazib beriladi.
Maktabgacha ta'lim muassasalari vazirliklar, idoralar, xalq deputatlari mahalliy kengashlari qaroriga binoan, respublika, viloyat, shahar va tumanlar xalq xo'jaligi rejasida belgilab berilgan bolalar kontingenti doirasida tuziladi. Ta'kidlash joizki, ta’lim sohasi va kadrlar tayyorlashni moliyalashtirish tizimi uzluksiz takomillashtirib boriladi, jumladan, uning ko'p variantlik (byudjet va byudjetdan tashqari manbalardan) tizimi joriy etilib, ta'lim muassasalarining o'zini o'zi mablag' bilan ta'minlash, xususiy hamda chet el investitsiyalarini ta'lim sohasiga jalb etish borasida sa’yharakatlari rag'batlantiriladi.
Respublika fuqarolari uchun keyinchalik ularni to'lashning moslashuvchan tizimiga asoslangan ta'lim kreditlari berish mexanizmini shakllantirishga, uzluksiz ta'lim va kadrlar tayyorlash tizimini moddiy jihatdan qo'llab-quvvatlashda donorlik va homiylar mavqeyini kuchaytirishga alohida e'tibor qaratiladi. Shuningdek, ta'lim sohasida pullik xizmatlar ko'rsatish, tadbirkorlik, maslahatlar berish, ekspertiza ishlari, noshirlik, ishlab chiqarish hamda muassasa nizomida belgilab qo'yilgan vazifalarga muvofiq boshqa tarzdagi faoliyat yo'nalishlari rivojlantirilib, shu asosda ta’lim muassasalari daromadlarini ko'paytirish ta'minlanadi.
Smeta maktabgacha ta'lim tashkilotining barcha xarajatlari va ularni qoplash manbalari, byudjet ajratmalari va ota-onalar mablag'larini aks ettiradigan moliyaviy-me'yoriy hujjatdir. Maktabgacha ta'lim tashkilotida yozgi hordiq va sog'lomlashtirish tadbirlarini o'tkazish uchun alohida smeta tuzlladi. Ishlab chiqarish ko'rsatkichlarini aniqlashda tashkilotdagi guruhlar, bolalar soni, ularning muassasada qancha vaqt bo'lishi, muassasa xodimlarining necha soat ishlashi va ishning turiga ham alohida e'tibor beriladi. Smeta xarajatlarini rejalashtirish quyidagi moddalar bo'yicha amalga oshiriladi: “Ish haqi”, “Ish haqiga nisbatan ajratmalar “Ma'muriy va xo'jalik xarajatlari”, “Xizmat safarlari xarajatlari”, “Adabiyotlar, ko'rgazmali vositalar va o'yinchoqlar sotib olish”, “Ovqatlantirish xarajatlari”, “Asbob-uskuna va jihozlar sotib olish”, “Bino va inshootlarni kapital ta'mirlash xarajatlari”, “Boshqa xarajatlar”. Bolalarni “Ovqatlantirish xarajatlari” moddasi asosida taomnoma tuzish: “Ovqatlantirish xarajatlari” moddasiga bolalarni ovqatlantirishga mo'ljallangan mablag'lar kiritiladi. Taomnoma bitta bolaga kunlik ovqatlanish uchun belgilangan pul me'yori va yil davomidagi tushumlar asosida tuziladi. Bunda maktabgacha ta'lim tashkilotining turi, ish vaqti e'tiborga olinadi. Ovqatlantirish me'yori Sog'liqni saqlash, Moliya va Iqtisodiyot vazirliklari tomonidan belgilab beriladi. Ovqatlanishga ajratiladigan mablag' miqdorini aniqlash uchun bir bolaga kuniga sarflanadigan ovqat qiymatini maktabgacha ta'lim va yasli guruhlari bo'yicha jami bola soniga ko'pay tiriladi. Shuningdek, maktabgacha ta'lim tashkiloti smetasiga barcha xodimlarning ovqatlanishi uchun mablag' ajratish ham ko'zda tutiladi. Bu maktabgacha ta'lim va moliya bo'limlari tomonidan alohida ro'yxat bo'yicha amalga oshiriladi. Bunda xodimlar haq to'lash hisobiga maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ovqatlanishlari mumkin. Smeta amal qiladigan yil va muassasa qaysi byudjet hisobidan mablag' bilan ta'minlanishi qayd etiladi. Yozgi dam olish va sog'lomlashtirish tadbirlarini o'tkazish sarf-xarajatlari maktabgacha ta’lim muassasasi xarajat smetasiga kiritilmaydi. Bunday tadbirlar o'tkaziladigan hollarda ularni amalga oshirish bilan bog'liq qo'shimcha xarajatlar uchun alohida smeta tuziladi. Shuningdek, bolalar bog'chalarida ota-onalar mablag'lari hisobga olingan alohida smeta ham tuziladi. Smeta byudjetida qayd etilgan xarajat moddalari Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan hujjat asosida tuziladi. Smetada tashkilotning kelasi yil uchun hisoblab chiqilgan jami hamda har bir modda bo'yicha xarajatlar miqdori joriy yilga
tasdiqlangan xarajatlar summasi smeta qachon tuzilayotgani va o'tgan davrdagi haqiqiy xarajatlar miqdori e'tiborga olingan holda kiritilgan o'zgarishlar bilan taqqoslab keltiriladi. Ko'rsatilgan ma'lumotlarni taqqoslashda smetani ijro etish jarayonida undan chetga chiqish hollarining yuz bergani va ularning sababini aniqlash asosida kelasi yilgi xarajatlar miqdorini to'g'ri belgilash talab etiladi. Maktabgacha ta'lim tashkilotlari smeta tuzish vaqtida kelgusi yilgi ish ko'rsatkichlarini (guruhlar va tarbiyalanuvchilar sonining ortishi, bolalarning muassasada bo'lish vaqti va hokazo] belgilashda o'zi bo'ysungan yuqori tashkilotning me'yoriy hujjatlari, buyruq va ko'rsatmalariga amal qiladi. Smetaga kiritilgan xarajatlar smeta blankasiga keltirilgan aniq hisob-kitoblar bilan asoslangan bo'lishi shart. Smetaga hisob-kitoblar bilan birga, maktabgacha ta'lim muassasasi egallab turgan bino haqida umumiy ma’lumotlar (uning hajmi, maydoni, isitish tizimi, elektr, gaz, vodoprovod, kanalizatsiya tarmog'ining mavjudligi), shuningdek, muassasaning ko'lamiga oid ko'rsatkichlar (guruhlar hamda bolalar soni va h.k.) ham aks ettiriladi. Bundan tashqari, smetaga maktabgacha ta'lim muassasasida faoliyat yuritayotgan pedagoglar, tarbiyachilar, enagalar, hamshiralar va boshqa xodimlarning ikki nusxada tuzilgan tarifikatsiya ro'yxati ilova qilinishi shart.
Smeta loyihasi tegishli ilovalar bilan maktabgacha ta'lim muassasalari tomonidan belgilangan muddatda yuqori tashkilotlarga ikki nusxada, zarur hollarda esa uch nusxada taqsim etiladi. Yuqori tashkilot maktabgacha ta’lim muassasasining smetasini qabul qilib olgach, eng avvalo, smetaning to'g'ri tuzilganini aniqlab, uning to'liq to'ldirilgani, alohida moddalar bo'yicha xarajat summalari aniq hisob-kitob qilingani, binoning hajmi va maydoni to'g'ri ko'rsatilgani, shuningdek, xodimlarning tarifikatsiya ro'yxati ilova qilinganini tekshiradi. Barcha hisob-kitoblar ko'rib chiqilgach, har bir modda bo'yicha xarajatlar aniqlanadi va byudjet hisobidan ajratiladigan xarajatlar unda aniq maqsadlar uchun belgilangan summaga tenglashtiriladi. So'ng maktabgacha ta'lim muassasasining smeta blankasiga jami xarajatlar (alohida modda bo'yicha va umumiy summa), shuningdek, byudjet hamda ota-onalar mablag'lari hisobiga ajratiladigan xarajatlar kvartallar bo'yicha tasdiqlangan taqsimotga binoan yozib qo'yiladi. Smeta yuqori tashkilot tomonidan qabul qilingach, maktabgacha ta'lim muassasasi boshqa xarajatlar va otaonalardan tushadigan mablag'larni har bir kvartal bo'yicha taqsimlab, hisob-kitob qilib qo'yadi.
Xarajatlarni taqsimlashda ba'zilarining mavsumiy xarakterda bo'lishi (yoqilg'i tayyorlash, sabzavot jamg'arish, ta'mirlash ishlari va hokazolar) hisobga olinishi lozim. Agarda joriy yilda bolalar sonini ko'paytirish ko'zda tutilgan bo'lsa, bu bilan bog'liq sarf-xarajatlar (ish haqi, bolalarni ovqatlantirish uchun sarflanadigan qo'shimcha mablag'lar va h.k.) tegishli kvartallar xarajatlari ko'rsatkichlarida aks ettirilishi kerak. Smetaning bir nusxasi muassasada qoladi, ikkinchi nusxasi yuqori tashkilotga, uchinchi nusxasi esa markazlashgan buxgalteriyaga, qishloq kengashiga, moliya bo'limi va boshqalarga taqdim etiladi. Smeta tasdiqlanish blankasining old tomonidagi maxsus yozuv bilan rasmiylashtiriladi. Mazkur yozuvda xarajatlarning jami miqdori, xodimlar ish haqi jamg'armasi, smeta tasdiqdangan sana qayd etiladi. So'ngra smetani tasdiqlagan yuqori tashkilot boshlig'i imzo chekadi va uning imzosiga idora muhri bosiladi. Ta'kidlash joizki, smetani tasdiqlagan tashkilot unga o'zgartish kiritishga haqlidir. Bunday o'zgartishlar yuqori tashkilotning maktabgacha ta'lim muassasasiga yuborgan yozma xati bilan rasmiylashtiriladi. II. Ishlab chiqarish ko'rsatkichlarini aniqlash. Maktabgacha ta’lim muassasalarining xarajatlar hajmi asosan undagi guruhlar va bolalar soniga, har bir bolaning maktabgacha ta'lim muassasasida qancha vaqt bo'lishiga bog'liq. Bunda bolalarning umumiy soni va ularning har biri muassasada
qancha vaqt bo'lishiga oid ko'satkichlar (9-10.5, 12 va 24 soat) maktabgacha ta'lim va yasli guruhlari bo'yicha alohida qayd etiladi. Muassasada sog'lomlashtirish guruhlari mavjud bo'lsa, ulardagi bolalar soni ham alohida ko'rsatilishi lozim. Bu bo'limda guruhlar va bolalarning yil boshi va yil oxiridagi hamda o'rtacha yillik soni ko'rsatiladi. Rejalashtirilayotgan yil boshida maktabgacha ta'lim muassasalarida smeta tuzilayotgan vaqtda haqiqatda mavjud guruhlar miqdori va bolalarning ro'yxatdagi soni keltiriladi. Bu ro'yxatda yuqori tashkilot yo'llanmasi bilan muassasaga qabul qilingan barcha bolalar qayd etiladi. Agar joriy yil smetasida maktabgacha ta'lim muassasasini kengaytirish ko'zda tutilgan bo'lsa, u holda
“Yil boshida” grafasida guruhlar miqdori va bolalar sonida joriy yil oxirigacha yuz berishi mumkin bo'lgan o'zgarishlar aks ettiriladi. O'zgarishlar bo'lmasa, “Yil oxirida” grafasiga yil boshida keltirilgan ma'lumot yozib qo'yiladi. Rejalashtirilayotgan yil uchun bir bolaning maktabgacha ta'lim muassasasida bo'lgan kunlar soni, odatda, davomat tabelidagi ma'lumotlar, shuningdek, o'tgan yillar rejasining ijrosini tahlil qilish asosida bolalarning turlicha muddat bilan muassasada qancha vaqt bo'lganiga qarab aniqlanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati
O'zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yiladigan davlat talablari. Т., 2018.
O'zbekiston Respublikasining "Bola huquqlari kafolatlari to'g’risida”gi qonun. Т., 2008.
O'zbekiston Respublikasi davlat maktabgacha ta'lim muassasasi to'g’risidagi Nizom. Т., 2017.
Tafakkur" nashryoti maktabgacha Pedagogika F.R.QODIROVA Toshkent – 2019
Maktabgacha ta`lim muassasasisida (Bolalar bog`chasida)metodik ishlar Darslik F.R.Qodirova, Sh.K.Tashpulatova Toshkent 2011


Download 23,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish