Media ta’lim nima?
Media ta’lim interfaol, bolaga individual ta’sir etadigan usul sifatida ta’lim jarayoniga jadal sur’atlar bilan kirib kelmoqda. Media ta’lim bolani mustaqil fikr yuritishga, ijodkorlik faoliyatlarini rivojlantirishga, axborot olish, uni qayta ishlash, umumlashtirish, xulosa chiqarishga o‘rgatadi.
O‘quv xonalariga matbuot, televidenie, radio, kino, video va internet olib kirilmokda. Bularning barchasi media ta’lim nomi bilan ta’lim jarayonini tashkil etishga yordam bermoqda.
Media ta’limning asosiy mazmuni mediamadaniyat (kino san’ati, badiiy televidenie va badiiy media) tilini, uning tarixini bilish, tushunishdir.
Uning pedagogik strategiyasi mediamatnlarni badiiy tahlil qila olish, uni talqin qilish asosida baho berishdan iboratdir. Xulosa o‘rnida shuni aytish kerakki, media qanday shakllanadi, u haqiqatni ifodalaydimi, kimning manfaatini ko‘zlaydi, uning mazmuni nimalardan iborat va bolalar uni qanday qabul qiladilar - bu savollar hozirgacha turli munozaralarni tug’dirmoqda.
Lekin shuni yodda tutish kerakki, media ta’limning markazida bola shaxsi turadi, uning qiziqish, xohish, istaklarini hisobga olish, olingan axborot asosida tanqidiy fikrlashga o‘rgatish kerak.
Turli davlatlar olimlarining fikrlariga ko‘ra, media ta’lim tarbiyaviy, ta’limiy ahamiyatga ega bo‘lib, bolalarni o‘quv-bilish jarayonida kreativ fikrlashga o‘rgatadi.
Mediata’limning eng muhim vazifalaridan biri yosh avlodni tobora jadallashib borayotgan axborot oqimida, har xil axborotni olish, tushunib yetish, uning inson psixikasiga ta’sirini bilish va undan to‘g’ri, maqsadli foydalanishga o‘rgatishdan iborat.
Mediata’lim olingan axborotni integratsiya qilish, shu asosida shaxsiy fikrni bildirish va qayta olishga chorlaydi. O‘z fikrini erkin bildirish, shaxsiy rivojlanish, turli axborot xurujlariga qarshi fikr bildirish orqali o‘quvchining ijtimoiy faolligi oshadi, media axborotdan faol va to‘g’ri foydalanish madaniyati shakllanadi. Shu orqali berilayotgan axborot haqida fikr yurita boshlaydi.
Shuning uchun ham mediamashg’ulotlar:
• «Badiiy-imitatsiyali» - kichik senariylar, mediamatnlar tuzish, uni interfaol usulda namoyish etish;
• Teatrlashgan vaziyat hosil qilish (mediamatn asosida ayrim epizodlarni sahnalashtirish, mediamatn jarayonini namoyish etish);
• Tasviriy-imitatsiya tayyorlash (afishalar yaratish, fotoko‘rgazma, ma’lum mavzudagi asarlar rasmlarini namoyish etish) kabilarni tushunish, qo‘llay olish ko‘nikmasini hosil qiladi.
Yuqoridagi didaktik materiallarni tayyorlash, namoyish etish, tahlil asosida xulosa qilish, emotsional qabul qilish orqali nafis san’atni tushunishga olib keladi. Bu holat bolaning umumintellektual rivojlanishida, bilim olishi, tarbiya topishida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi7.
Mediamashg’ulotlar berilayotgan axborotni qabul qilish, o‘zlashtirish jarayonida ikkita yangi komponent ishtirokini ta’minlaydi.
1. Mediamashg’ulotlarda kompyuterlar universal holda qo‘llanishi bilan xarakterlanadi.
2. An’anaviy texnologiyalar vositalari yoniga dasturli vositalar to‘ldiruvchi bo‘lib kiradi. Dasturiy ta’minot ayrim mavzularni o‘qitish va o‘zlashtirish uchun Mediata’lim qulay muhit yaratadi. Unda ta’lim mazmuni aniq, ravon shakllantirilgan bo‘ladi, chizmalar, rasmlar, jadvallar, videofragmentlar, ovozli, animatsion ta’minot kreativ bilan namoyish etiladi.
Mediamashg’ulotlarning afzal jihati shundaki, ta’lim jarayonida bolalarning mustaqil ijod qila olish qobiliyatlarini rivojlantiradi, Shu munosabat bilan mediamashg’ulotlar mazmunini belgilash, tashkil etishda faqatgina o‘quv fani mazmuni nuqtai nazaridan yondashmasdan, balki uning ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi tomonlarini ham hisobga olish kerak bo‘ladi. Mediamashg’ulot axborotdan foydalanish madaniyatini shakllantirish, ya’ni kerakli axborotni olish, uni yangi texnik vositalar yordamida qayta ishlash, amaliyotda qo‘llash ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilishi talab etiladi.
Media mashg’ulotlar kompyuterlashtirilgan o‘quv xonalarida, multimedia proyektor yordamida o‘tkaziladi. Bu mashg’ulotni tashkil etishning o‘ziga yarasha sanitariya-gigiena me’yorlari. bolalarning uzluksiz ishlash me’yorlari mavjud:
Do'stlaringiz bilan baham: |