Bolalarni masalalar yechishga o‘rgatish. Oldingi olib borilgan ishlar bolalarning yangi faoliyatga, hisoblashga o‘gishlariga imkon beradi. Qo‘shish va ayrishga o‘rgatish — birinchi sinfda matematika o‘qitishning asoslaridan biridir. Bolalar bog‘chasida asosiy tayyorlov ishlari olib boriladi. Bolalr arifmetik masalalarni yechib hisoblash malakalarini egallab boradilar. Bu arifmetik amallarning ma’nosini tushinishga hamda unga ongli suratda yondashishga, kattaliklar, natija hamda amallar komponenti o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanishlarni aniqlashga imkon beradi. Maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalar bir amalli oddiy
masalalarni, yani narsalar ustida ish bajarishdan (qo‘shish, ayirish) bevosita kelib chiqadigan (qo‘shdik – ko‘paydi, ayirdik – kamaydi) arifmetik masalalarni yechadilar. Bular yig‘indi va qoldiqni topishga qaratilgan masalalardir. Bolalarni katta songa kichik sonlarni qo‘shish hollari bilan tanishtiriladi: ularni avval bir sonini qo‘shish va ayirish, keyinroq 2 va 3 sonlarini qo‘shish va ayirishga o‘rgatib boriladi.
Masalalarni yechishga o‘rgatish bosqichlari. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni hisoblash faoliyatiga o‘rgatish va masalalar bilan tanishtirish, ularga kichik-kichik hajmda bosqichma-bosqich bilimlar berish bilan amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda bolalarga masalalar tuzishni o‘rgatish hamda ularga masalalar mazmunida tevarak-atrofdagi hayotda o‘z aksini topishini anglab olishlarida yordam berish zarur. Ular masala strukturasi (tuzilishi)ni o‘rganib, masalaning shart va savollarini aniqlaydilar, berilgan sonlarni muhim ahamiyatga ega ekanligini anglab oladilar. Bundan tashqari, ular masalalar yechishga, qo‘shish va ayirish amallarini ongli tanlash va ifodalashga, masalada aytilgan narsalar bilan bajarilgan amallar qanday miqdoriy o‘zgarishlarga olib kelishini aniqlashga harakat qiladilar.
Maktabga tayyorlov guruhi bolalarida fazo haqida tushunchalarni shakllantirish bosqichida tarbiyachilarning maktabga tayyorlov guruhi bolalarida fazo bo’yicha mo’ljal olishga o’rgatishga pedagogik psixologik va metodik jihatdan tayyorgarlik darajasi, bolalarning tasavvurlari , qo’llash va darajalari o’rganildi.
Tajriba-sinovning ta’limiy tarbiyaviy jihatidan quyidagi xususiyatlar kuzatildi. Tajriba-sinov boshida jalb etilgan bolalarning qiziqishlarini o’rganildi. Kuzatuvlar jarayonining tahlilidan shu narsa ma’lum bo’ldiki, ko’pchilik tarbiyachilarning pedagogik va psixoligik bilimlari hamda uslubiy malakalari yetarli darajada emasmish, mashg’ulotlarga ko’proq o’yin elementlarini qo’shish, bolalarda ro’y bergan ijobiy holatlarni o’z vaqtida rag’batlantirish va tanlash, qulay sharoitlardan oqilona va maqsadga muvofiq holda foydalanish borasida yo’l qo’yilgan kamchiliklari ijobiy siljishlarining sur’atiga nisbatan yuqori emasligiga sabab bo’ldi
Do'stlaringiz bilan baham: |