Mavzu: Maktabgacha talim tashkilotlari katta guruxlarida matematika mashgulotlarini o’tkazish texnologiyasi va tashkil qilish
MUNDARIJA
I.KIRISH………………………………………………………………………...2
II.ASOSIY QISM……………………………………………………….………4
I-BOB Maktabgacha ta’lim muassasalarida matematika mashg’ulotlarini tashkil etish usulari
1.1 Bolalarda elеmеntar matеmatik tasavvurlarini shakllantirish usullari.....................................................................................................................4
1.2. Tayyorlov gurux bolalarida fazoda mo’ljal olish haqida tushunchalarni shakllantirish………………………………………………………………………17
II-BOB Boshlang’ich maktabga matematikaga o’rgatishga tayyorlash…..…22
2.1 Olti yoshli bolalarga matematikani o‘rgatish metodikasi……………………..22
2.2 Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tushunchalarni shakllantirishning zamonaviy texnologiyalari………………………………………………………..27
III.XULOSA……………………………………………………………..………34
IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR……………………………………36
KIRISH
O’zbekiston taraqqiyotining poydevori” (1998 yil) asarida 1997 yil “Ta’lim to’g’risida”gi qonun va Kadrlar Tayyorlash Milliy dasturini qabul qilishdagi ma’ruzasida respublikamizda maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi kamchiliklarni ko’rsatib, bog’cha yoshidagi bolalarning 25% maktabgacha tarbiya muassasalariga qamrab olinganki, hamda maktabgacha ta’lim sohasida jami tarbiyachi va pedagoglarning atigi 20% oliy ma’lumotli ekani ko’rsatilgan (36-37 bet). Shundan buyon O’zbekistonda maktabgacha ta’limda tub islohatlar boshlandi. Maktabgacha ta’limning huquqiy me’yori asoslari yaratildi. O’zbekiston Respublikasida “O’zbekiston Respublikasining maktabgacha ta’lim Konsepsiyasi” ishlab chiqildi, unda O’zbekiston Respublikasining maktabgacha ta’lim Konsepsiyasi 2008 – 2017 yillar davomida islohatlar va rivojlanishning asosiy mazmuni, maqsadi, vazifalari, yangilanish tamoyillari, amalga oshishining usul va modellari kiritilgan. Maktabgacha ta’lim tizimining tuzilish tavsifi yoritilgan, maktabgacha ta’lim muassasalari va pedagogik texnologiyalarni uslubiy ta’minlanishi yoritilgan. Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga qo’yilgan davlat talablari ishlab ciqilib joriy qilindi. Unda maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalarga jismoniy tarbiya, salomatlik, madaniy gegienik talablar, nutq o’stirish o’qishga savodga tayyorlash, elementar matematik bilim va malakalar, atrof –olamni o’rganish va anglash bilim ko’nikmalariga qo’yilgan talablar belgilab qo’yilgan, qayd etilgan bo’limlar bo’yicha dasturlar ishlab chiqildi, ular asosida o’qitish uslubi nazariy asoslari adabiyotlar yaratilmoqda.
Ma’lumki, “Ta’lim to’g’risida”gi qonunning 11-moddasida “Maktabgacha ta’lim bola shaxsini sog’lom va yetuk, maktabda o’qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish maqsadini ko’zlaydi” deyilgan.
Maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalarni sog’lom va barkamol qilib tarbiyalashda jismoniy jihatdan tarbiyalash muhim ahamiyatga egadir. Bolalarni jismoniy jihatdan tarbiyalash ta’lim tarbiya tizimida alohida o’ringa ega bo’lib, u bolani sihat-salomatlikka, to’g’ri jismoniy rivojlanishiga, yuksak madaniyatga maktabgacha ta’lim tizimida beriladigan bilimlarni chuqur o’zlashtirishga zamin tayyorlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |