Mavzu: Maktabgacha ta'lim muassasalarida miqdorga oid tasavvurlarni shakllantirishga doir ijodiy mashg'ulotlar ishlanmalarini yaratish. Topshirdi


Tayyorlov guruhda bolalarni miqdor, kattaliklar bilan tanishtirish



Download 0,99 Mb.
bet9/10
Sana18.07.2022
Hajmi0,99 Mb.
#818788
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Rajabova Zuhra

Tayyorlov guruhda bolalarni miqdor, kattaliklar bilan tanishtirish.
Miqdor, kattalik. Shartli o‘lchov bilan tanishtirish. Shartli o‘lchov yordamida predmetlarning kengligini, uzunligini o‘lchash va taqqoslashga o‘rgatish.
Suyuq va to‘kiluvchi jismlarni shartli o‘lchov birligi bilan o‘lchashni va o‘lchash natijasini son bilan aytishni o‘rgatish. Turli narsalar (mevalarni, sabzovotlarni va boshqalar)ni ikki teng qismlarga bo‘lishni o‘rgatish, olingan qismlarni “yarim”, “ikkidan bir qism” deb atashga o‘rgatish.
Bolalarni shartli o‘lchov yordamida predmetlar kengligi, uzunligini o‘lchashga o‘rgatishni davom ettirish va o‘lchash natijasini son bilan aytishga va tegishli raqamlar bilan belgilashga o‘rgatish. Turli narsalar (geometrik shakllar, mevalarni va boshqalar)ni o‘nta teng qismlarga bo‘lishni o‘rgatish.
Ko‘z bilan chamalab o‘lchashni rivojlantirishni davom ettirish, o‘z chamasini o‘lchov birligi bilan o‘lchab ko‘rib tekshirishga o‘rgatish.
Kattalik. Maktabga tayyorlash guruhida o‘quv yili boshida bolalarda buyumlarning uzunligi, kengligi, balandligini aniqlash malakasi mustahkamlanadi. Shundan keyin ular shartli o‘lchovlar yordamida buyumlarning uzunliklari, kengliklari va balandliklarini o‘lchash hamda taqqoslashga o‘rgatiladi.
Bolalarga eng oldin o‘lchashning ma’nosi va ahamiyatini tushuntirish, o‘lchash usullarini ko‘rsatish, o‘lchashda amal qilish lozim bo‘lgan qoidalarni aytish kerak. Shundan keyin bola har xil obyektlarni o‘lchash usullarini amalda egallaydi.
Mashg‘ulotlarni sochiluvchi jismlarning hajmlarini o‘lchashdan boshlash maqsadga muvofiq. Bunday qilish shuning uchun ham maqsadga muvofiqki, sochiluvchi jismlarni o‘lchash jarayoni masofalarni o‘lchashga nisbatan qiziqarliroqdir. Bundan tashqari, sochiluvchi jismlar hajmini o‘lchash suyuqlik hajmini o‘lchashga qaraganda kam mashaqqatlidir. Birinchi mashg‘ulotning ikkinchi qismida bolalarni buyumlarning uzunliklarini o‘lchash bilan tanishtirish mumkin.

XULOSA


Boshqa sohalar qatorida ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, yoshlarga ta’lim va tarbiya berishning yangi va yangi shakllarini paydo bo‘lganligi fikrimiz dalilidir. Bunga yana bir misol tariqasida maktabgacha ta’lim tizimida bo‘layotgan o‘zgarishlarni ta’kidlab o‘tish joiz. Mazkur jarayonlarni chuqur anglagan bois mazkur magistrlik dissertatsiya mavzusini “Maktabga tayyorlov guruhi bolalarining matematik tasavvurlarini rivojlantirishning metodik asoslari” mavzusiga bag‘ishladik.
Mazkur tadqiqot jarayonida matematik termin sifatida “matematik faollik” iborasini qo‘lladik. Chunki, maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilarining matematik tasavvurlarini rivojlantirish jarayonida aynan ularning matematik faolligi oshishi kuzatildi. Tadqiqot jarayonida belgilangan qoidalar sinovdan o‘tkazildi va pedagogik kuzatuv, suhbatlar tashkil etildi. Olingan ma’lumotlarga muvofiq ko‘pchilik respondentlar uchun ta’limning boshlang‘ich bosqichi qiziqish uyg‘otdi.
Tadqiqotchi-pedagoglarning kuchlanishi mazkur bosqichda asosan matematik ta’limga jamlandi. Eksperimental tadqiqot davomida tadqiqot muallifi hamkasblari tomonidan pedagogik amaliyotda foydalanilgan uslubiy ishlanmalar o‘z aksini topdi.
Nafaqat mahalliy pedagoglarning uslubiy tajribasi, balki yevropalik pedagoglarning tajribasi ham tahlil qilindi. Ta’limni bunday usullari va yo‘llari pedagoglar tomonidan shu kabi vaziyatlar va shunga o‘xshash o‘quvchilar kontingentida qo‘llanildi. Unda tarbiyalanuvchilarning yoshi, matematik bilimlar darajasi, maktabgacha tayyorlov yoshdagilarning matematik tafakkuri va tayyorlik darajasi nazarda tutildi.
Respublikamizda o‘sib kelayotgan yosh avlodning intellektua bilimlarini oshirish bilan birga ularda matematik qiziqishlarini va malakalarini oshirish maqsadida N.U.Bikbaeva ish olib bordi va natijalar asosida 1995 yilda o‘zining “Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirish” nomli qo‘llanmasini ishlab chiqdi. Tajriba tomonidan aniq sharoitlarda pedagogik ta’sirning tegishli usullari va yo‘llaridan foydalanilishiga sinaluvchilarning reaksiyasini aniqlovchi turli muqobil vaziyatlar yaratildi. Bunda mashg‘ulotlar natijaviyligining ijobiy dinamikasi o‘sdi, bu o‘z navbatida, dissertatsiya ishida taklif qilingan tavsiyalarning ommaviy amaliyotda foydalanishning maqsadga muvofiq ekanini ishonchli isboti hisoblanadi. Natijalarni tahlil qilganda, maktabgacha yoshdagilarning matematik tasavvurlarini turli usullar vositasida rivojlantirishdagi ijodiy dinamikasi belgilandi: yuqori daraja 26%ga ortdi va o‘rta hisobda 40%ni tashkil etdi. O‘rta daraja ulushi 15%ga kamaydi, matematikaning past darajasini ko‘rsatgan bolalar aniqlanmadi. Ushbu ishda tajriba muallifi sifatida bolalarning matematik qobiliyatlarini o‘yinlar va interaktiv usullar vositasida aniqlash va rivojlantirishning o‘ta muhimligini ta’kidlashga urinildi. Mashg‘ulotlarda matematik tushunchalardan muntazam foydalanish bolalarda faoliyatning bu turiga qiziqishni rivojlantiradi. Tarbiyalanuvchilarning matematik faolligi turli-tuman sharoitlarda: teatrlashtirilgan faoliyatda, qurish-yasash o‘yinlarida, faoliyat markazlarida o‘stirildi. Bolalarning namoyon bo‘lgan kuchli tomonlarini bilish nafaqat tahlil uchun muhim, balki ularda kelgusida kasb tanlash, matematik qobiliyatlarni rag‘batlantirish istiqbollarini belgilash imkonini beradi. Bolaning namoyon bo‘lgan qobiliyatini inobatga olish nafaqat ularni rivojlantirish uchun, balki uning iste’dodini tegishli oqimga yo‘naltirish uchun ham zarur. Ish natijalari shuni ko‘rsatdiki, o‘yinlar va interaktiv usullar bolalarning matematik qobiliyatini rivojlantirishga ko‘maklashadi, matematikada keng mo‘ljal olish va matematik taassurotlar zaxirasining to‘planishiga sharoit yaratadi, “Ilk va maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari” vazifalarini muvaffaqiyatli hal qilishga yordamlashadi.



Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish