MAVZU: MAKTABGACHA TA'LIM DAVRIDA YOSH DAVRLARNING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI.
REJA:
Kirish
I Bob. Maktabgacha ta'lim davrida yosh davrlarning òziga xos xususiyatlarining nazariy asoslari
1.1 Maktabgacha ta'limda yosh davrlarning mazmun, mohiyati
1.2 Maktabgacha ta'limda yosh davrlarning maqsad, vazifalari
II bob. Maktabgacha yoshdagi bolalarning yosh xususiyatlarining amaliy tahlili
2.1 Kichik guruhlarda rivojlanishning xususiyatlari
2.2 Katta va maktabga tayyorlov guruhlari rivojlanishining ahamiyati
Xulosa
Tavsiya
Foydalanilgan adabiyotlar ròyxati
Ilovalar
MUNDARIJA:
Kirish………………………………………………………………………………….3
I Bob. Maktabgacha ta'lim davrida yosh davrlarning òziga xos xususiyatlarining nazariy asoslari
1.1 Maktabgacha ta'limda yosh davrlarning mazmun, mohiyati……………………..6
1.2 Maktabgacha ta'limda yosh davrlarning maqsad, vazifalari……………………..10
II bob. Maktabgacha yoshdagi bolalarning yosh xususiyatlarining amaliy tahlili
2.1 Kichik guruhlarda rivojlanishning xususiyatlari …………………………….......16
2.2 Katta va maktabga tayyorlov guruhlari rivojlanishining ahamiyati………………22
Xulosa………………………………………………………………………………...27
Tavsiya……………………………………………………………………………..29
Foydalanilgan adabiyotlar ròyxati………………………………………………..30
Ilovalar………………………………………………………………………………31
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. XXI asr boshlarida kechayotgan global ijtimoiy-iqtisodiy va geosiyosiy jarayonlar, dunyoning g‘oyaviy-mafkuraviy qiyofasini o‘zgartirib, yangicha tafakkur va dunyoqarashni shakllantirishni taqozo etmoqda. Bugungi kunda ta’lim-tarbiya tizimining bosh maqsadi ham bevosita ijtimoiy-gumanitar fanlarni puxta biladigan, jahon maydonida o‘z bilimi orqali raqobatlasha oladigan, o‘zining fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‘lgan, Vatani hamda millatiga nisbatan mehr-muhabbat tuyg‘ularini maktabgacha ta'lim tarbiyachilarida shakllantirishga yo‘naltirilgan.
Maktabgacha ta'lim tizimi uzluksiz ta'limning birlamchi, eng asosiy bo‘g‘inidir. Mutaxassislarning ilmiy xulosalariga ko‘ra, inson o‘z umri davomida oladigan barcha axborot va ma'lumotning 70 foizini 5 yoshgacha bo‘lgan davrda oladi. Shu bois bolalarning sog‘lom va bilimli, yetuk kadrlar bo‘lib voyaga yetishida bog‘cha tarbiyasi juda muhim o‘rin tutadi.Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev bu tizimga alohida e’tibor qaratmoqda. Shu masalaga doir bir necha yig‘ilish o‘tkazildi, tarixiy qarorlar qabul qilinmoqda.Mazkur dasturda Maktabgacha ta'lim sohasi uzluksiz ta'lim tizimining birlamchi bo‘g‘ini, respublikada ta'lim-tarbiya tizimi va barkamol avlodni tarbiyalash davlat siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishi ekanligi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 29-dekabrdagi “2017-2021-yillarda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2707-sonli Qaror mazmun-mohiyati. O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasining ustuvor yo‘nalishlari. Ta'lim sohasidagi islohotlar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev rahbarligida 2017-yil 16- avgust kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda maktabgacha ta'lim tizimini tarkibiy jihatdan tubdan isloh qilish, mazkur muassasalarga bolalarni to‘la qamrab olish bo‘yicha muhim vazifalar qo‘yilgan edi. Bu boradagi tahlillar natijasida qisqa vaqtda uchta yirik hujjat — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 9-sentyabrdagi “Maktabgacha ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3261-sonli Qarori, 30-sentyabrdagi “Maktabgacha ta'lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5198-sonli Farmoni hamda “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi - faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3305-sonli Qarori bayon etilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maktabgacha ta'lim sohasidagi dolzarb muammolar va tizim faoliyatini tubdan yaxshilashga qaratilgan islohotlarning mazmun-mohiyatini tushuntirib berish, bo‘lajak tarbiyachilarni ta'lim-tarbiya qonuniyatlari, shuningdek, maktabgacha ta'limga qo‘yiladigan talablar, uning tamoyillari, mazmuni, pedagogik asoslarini bilan yaqindan tanishtirishdan iborat.
Maktabgacha pedagogika maktabgacha ta'lim-tarbiyaning umumiy qonuniyatlari, muayyan jamiyatda yagona ijtimoiy maqsadga muvofiq maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalash hamda unga ta'lim berishning mohiyati va muammolarini o‘rganadigan fan. Maktabgacha pedagogika ijtimoiy fanlar tizimiga kiruvchi fan sanalib, maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy va ruhiy kamolotini tarbiyalash, unga ta'lim berish muammolarini o‘rganadi. Maktabgacha tarbiya pedagogikasi tug‘ilgandan to yetti yoshgacha bo‘lgan bolalarga har tomonlama tarbiya berish qonuniyatlarini o‘rganadi va maktabgacha ta'lim muassasasi sharoitida ta'lim-tarbiya ishini tashkil etishning mazmuni, shakl, metod va vositalar hamda maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarning yosh va o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda ularning har tomonlama uyg‘un rivojlanishini ta'minlashga qaratilgan shart-sharoitlarni ishlab chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |