3. Nazorat o‘tkazishning bosqichlarini tekshirish rejasini tuzish
Amalda, nazorat qilishning asosiy turlari frontal va tematik tekshirish turlaridan foydalaniladi.
Frontal tekshirishi – bu maktabgacha tarbiya muassasa-si ishni - xayotiy xar tomonlama, atroflicha tekshirish formasidir. Ya’ni, muassasaning kadrlar sostavi, maktab-gacha tarbiya programma talablarini bajarilishi, mudira va katta tarbiyachining ta’lim-tarbiyaviy va metodik, moliyaviy xo‘jalik ishlariga ularning kadrlar bilan ishlashi, ota-onalar va jamoatchilik bilan ish faoliyati, ish formalari, meditsina xizmati, maktab bilan aloqa, ilg‘or ish tajribalarni o‘rganish, umumlashtirish va ommalashtirish ishlarini amalga oshiruvchi tekshirish turidir.
Frontal tekshirishga barcha tipdagi maktabgacha tarbiya muassasalari, ularning kuchli yoki kuchsizligidan qat’i nazar tekshiriladi. Kuchsiz muassasalarga axamiyatni kuprok jalb kilishi lozimdir.
Frontal tekshirish 4 yilda bir marta xalq ta’limi (Viloyat XTB, shaxar,
tuman XTB) tomonidan utkaziladi.
Frontal tekshirish o‘tkazishda avval: to‘la – to‘kis tuzilgan, tasdiqlangan tekshirish plani, unda inspektorlashdagi asosiy masalalar, savollar aniq yoziladi, tekshirish metodi, tekshiruvchilarning ish vazifalari, majburiyatlari va tekshirish muddati ko‘rsatiladi.
Shungra inspektor yana bir bor maktabgacha tarbiya bo‘yicha chiqarilgan qaror ko‘rsatma, buyruqlarni, pedagogik va metodik jurnallarini eng oxirgi yangi sonlarini ko‘zdan kechirib, maktabgacha tarbiya programmasi talablarini yaxshilab
o‘kib oladi, shu muassasa xujjatlari bilan tanishadi. Bu ish uchun u bu muassasada
xalq xo‘jaligi plani, bolalarning muassasaga qatnash planining bajarilishi analiz qilinadi.Kadrlar, ularning rayon, shaxar metodik ishlaridagi qatnashuvlari, malaka oshirish ishlarini qarab – o‘rganib chiqadi.
Muassasani kuchli yoki kuchsiz tomonlarini bilishda: avvalgi tekshirish materiallari yaxshi o‘rganib chiqiladi, kamchiliklarni yo‘qotish bo‘yicha qabul qilingan qarorlarni qanday bajarilganligi aniqlanadi.
Yuqoridagi materiallar bilan tanishish bu inspektorga nimalarga ko‘prok axamiyat berish kerakligini belgilab beradi.
Frontal tekshirish olib borishning asosiy yullari.
Frontal tekshirish inspektor va brigada a’zolarini-ng mudiri bilan suxbatlashishidan boshlanib, tekshirish maqsadi, brigada ishi, tartibi, vaqt bilan tanishtiriladi. So‘ngra mudira muassasa xaqida: nechta gruppadan iboratligi, nechanchi yili ochilgan, bolalarning gruppalarga taqsimlanishi, bolalarning kundalik davomati, bogchaning texnikaviy – materiallar bilan jixozlanishi, uning bazasi, kadrlar sostavi (pedagogik va xizmat kursatuvchi) xodimlar bilan, ularning ta’lim-tarbiyaviy ishlariga baxo berib, xodimlarning goyaviy – siyosiy va ishlash malakalari, muassasada mexnat va ishlab chiqarish imtizomining axvoli, qollektivining yutuq va kamchiligi, kamchiliklar ko‘rilayotgan tadbir – choralar xususida, rayon xalq ta’limi bo‘limi va boshqa tashkilotlardan iltimoslar so‘raydi.
Bu suxbat – bog‘cha to‘g‘risidagi tekshirish ishiga dastlabki ta’sirot beradi.So‘ngra inspektor turli bo‘limlar bo‘yicha tekshirishi – o‘rganish ishlarini boshlaydi.Quyidagi tekshirishdagi asosiy savollarni keltiramiz.
I. Maktabgacha tarbiya muassasadagi ta’lim – tarbiyaviy ishlarining axvoli va «Bolalar bog‘chasida ta’lim – tarbiya programmasi talablarining bajarilishi, bolalarning ko‘nikma va malakalari, bolalar bilimining sifati, tarbiyachining ishlash metodlari»;
II. Kadrlarni tanlash, joy – joyiga qo‘yish, kadrlarni tarbiyalash, ishlash malakalarini oshirish omillari. Muassasadagi metodik ishlar metod kabinet faoliyati;
III. Tashkiliy – pedagogik va moliyaviy – xo‘jalik ishlarning axvoli. Xalq xo‘jalik planlarning bajarilishi, yo‘llanmalar soni, bolalarning davomati, (bolalarning bog‘chaga qatnashi) ishlashning bajaralishi;
IV. Bolalarga meditsina tomonidan xizmat ko‘rsatish sifati. Bolalar ovqatlanishining ratsional ravishda tashkil etishi;
V. Ota-onalarning pedagogik maorif ishlari;
VI. Mudiraning maktabgacha tarbiya mussasiga raxbarligi, raxbarligi, raxbarlik uslubi. Mudira va katta tarbiyachi tomonidan ta’lim-tarbiyaviy ishlarga, programma talablarning bajarilishiga ularning kontrolligi tekshirish
VII. Muassasininng jorriy-texnika bazasining axvoli, xo‘jalik faoliyati, element a xarajatlarini to‘g‘ri sarflash ishlari;
VIII. Ta’lim-tarbiyaviy ish planlarning sifatliligi. Planlarning bajarilishi, pedagogik sovet, ishlab chiqarish majlislarini, ota-onalar yigilishlarini, xalq ta’limi bo‘limlari tomonidan chiqarilgan, instruktsiya va buyruqlarning bajarilishi
o‘sishdan nazoratni tashkil etishi;
IX. Muassasada ishlab chiqarish masalalarini yo‘lga qo‘yilishi:
xujjatlar, ularning tug‘ri jixozlashishi va saqlanishi;
X. Inspektorning tekshirish bo‘yicha xulosalari va takliflari. Yakuniy pedagogik o‘tkazilishi.
Frontal inspektorlashning yakuni tekshirish maqsadiga va vazifasiga bog‘likdir.
Inspektor pedagogik yoki ishlab chiqarish majlislari o‘tkazib, tekshirilgan masalalar, maktabgacha tarbiya muassasining axvoli, ishlarni yanada yaxshilash uchun taklif va muloxazalar beriladi.
Inspektorlash natijasini akt bilan izoxlanadi va ma’lumotnoma tuzilib, unda konkret takliflar, muloxazalar ko‘rsatishlar, akt 3 nusxada tuzilib, biri rayon, yoki viloyat, shaxar xalq ta’limi bo‘limiga, biri bog‘chaga beriladi, biri talabalarning ish xujjatlari xisoblanadi.
Tematik tekshirish - bu tarbiyaning biror qismi yoki ta’lim-tarbiya ishning bir qismi, bo‘linishi nazorat qilish formasizdir.
Masalan: «Mexnat tarbiyasi», Aqliy tarbiya. «Maktab bilan aloqa» «o‘yin»
xodimlarning mexnati va x.k.
Asosan bu tekshirish turi 1 yilda 1 martta utkaziladi, tekshirish yullari va savollari quyidagicha (mexnat tarbiyasi buyicha)
I. Gurux rejalarini uzoq muddatini olgan xolda tekshirish (kvartal, yarim yillik)
Maqsad: bajarilganva bajariladigan ishlarni aniqlash;
II. Mashg‘ulotlarni kuzatish va analiz qilishi; bolalar mexnatning eng muximi tomonlarini ko‘ra olish.
III. Kundalik xayotdagi mexnat bilan ta’minlash va analiz kilish.
IV. Kattalar va bolalarning birgalikdagi mexnatlarini kuzatish;
V. Bolalarning kattalar mexnatlariga munosabatlari, axloq malakalarini kuzatish;
VI. Bolalar o‘ynlarida mexnatni aks ettiruvchi jarayonlarni kuzatish. VII. Bolalar bilan individual suxbatlashish;
VIII. Bolalar ishlarining analizi-taxlili;
IX. Tarbiyachining kundalik yozuvlarini ko‘rish; X. Gruppadagi o‘quv materiallari, tekshirishi;
Inspektor gruppa rejalarini (3—6 oylik) tekshirib, unda ko‘zda tutilgan tarbiya maqsadlarini amalga oshirish yo‘llarini qidiradi, osondan murakabligiga, oylik, perspektiv ish planlarida tarbiyaning xamma qismlari planlashtirildi, qaysi bo‘lim plandan tushurib qoldirilgan, ularning yuzaga keltirgan sabablarini qidirib topish kerak.
Planni analiz qilishdan maqsad – programma talablarini bajarish yo‘llari, xaftalik plandagi mashg‘ulotlarning turlari, ishi, talab darajasida ekanligi, mustaxkamlovchi, yangi bilm beruvchi mashg‘ulot turlarining oddiydan murakkablashib borishi ko‘rish mumkin.
Topilgan kamchiliklar o‘z vaqtida muxokama qilinishi kerak, aks xolda bu kamchilik xatolar keyingi oylarda takrorlanmasin.
Mexnat bo‘limini tekshirishda: ko‘rgazmalilik, kattalarining faoliyati, mexnat mexnat jarayonini kuzatishda bir qator mashg‘ulotlarni kuzatish.Masalan: ekskursiya sifatida, kuzatishda, suratlarni ko‘rish katta axamiyat berish mumkin.
Ekskursiya jarayonida – tarbiyachilik bolalarda qiziqish tuyg‘ularini uyg‘ota olishga, bolalarni asosiy narsani ko‘ra olishga kuzata olishga, tanish bo‘lgan voqea va xodisalarni solishtira olish malakalarini o‘stirish, ko‘rganlariga yaqin yasay olish, fikrlash qobilatlarini o‘stirishni tarbiyalash.
Mudiraning ishini tematik tekshirishda;
a) mudiraning gruppalardagi ishlarini tekshirish.
Mudira o‘z vazifasida turli yosh gruppalarning xamma rolini momentlari bilan asosida kuzatishi, analiz qilishi kerak.
Inspektor xuddi shu ishning sifatini, amalga oshirish yo‘llarini tekshiradi.
b) SHaroitni yaratilganligi; v) tekshirilgan tema bo‘yicha ped – sovetda birgalikdagi muxokamasi; g) Konsultatsiyaning ishlash mo‘ljalarini o‘stiruvchi vositalar;
Gruppa tarbiyachisining ishini avval tarbiya ishning o‘zi bilan muxokama qilinadi, keyin pedagogik sovet ishiga olib chiqiladi.
Yutuq, kamchiliklar , taklif – muloxazalar ochiqchasi – oshkora xolda chaqiriladi.
Kerakli yo‘llanma, metodik yordam o‘z vaqtida ko‘rsatiladi.
Bu ikki xil tekshiruvdan tashqari yana quyidagi tekshirish turlari mavjud:
1) birlamchi; 2) ikkilamchi; 3)katta tekshiruv turlari mavjud; 4)
ogoxlantiruvchi tekshiruv.
Maktabgacha tarbiya muassasalari ishini tekshirish yakuni buyicha AKT
tuziladi.
Bu xujjatni tuzishda – tekshirish bo‘yicha olingan ma’lumotlarni, chuqur taxlil qilish talab etiladi.Ta’lim tarbiyaviy jarayonlar, tashkiliy- metodik, moliyaviy
– xo‘jalik faoliyatlarni suxbatlarni maxsus kuzatish daftariga yozib borish lozim.Xujjatlarni chuqur o‘rganib, muassasa faoliyatiga aniq isbotlangan xulosalar chiqariladi.
Xulosa
Maktabgacha ta`lim uzluksiz ta`limning boshlang'ich qismi hisoblanadi. U bolaning sog’lom va rivojlangan shaxs bo’lib shakllanishini ta`minlab, o’qishga bo'lgan ishtiyoqini uyg’otib, tizimli o’qitishga tayyorlab boradi. 6-7 yoshgacha bo’lgan maktabgacha ta`lim davlat va nodavlat bolalar maktabgacha ta`lim muassasalarida va oilada amalga oshiriladi. Maktabgacha ta`limning maqsadi – bolalarni maktabdagi o’qishga tayyorlash, bolani sog’lom, rivojlangan, mustaqil shaxs bo’lib shakllantirish, qobiliyatlarini ochib berish, o’qishga, tizimli ta`limga bo’lgan ishtiyoqini tarbiyalashdir.
Maktabgacha ta`lim muassasasida bolalarning hayoti va sog’lig’ini muhofaza qilish maktabgacha ta`lim muassasasi hamda shtatdagi tibbiyot xodimlari, shuningdek maktabgacha ta`lim muassasasiga biriktirilgan sog’liqni saqlash organlarining tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta`lim muassasasida bolalarning hayoti va sog’lig’ini muhofaza qilishni tashkil etish tartibi va qoidalari, maktabgacha ta`lim muassasasiga bolalarni olib kelish va olib ketish qoidalari, maktabgacha ta`lim muassasasi binolarida xavfsizlikni tashkil etishga oid talablar, maktabgacha ta`lim muassasasida yong’in xavfsizligini tashkil etishga oid talablar, hudud xavfsizligiga bo’lgan talablar “Maktabgacha ta`lim muassasalarida bolalarning hayoti va sog’lig’ini muhofaza qilishni tashkil etish tartibi to’g’risida Nizom” bilan tartibga solinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |