Maktabgacha ta’lim pedagogikasi fanining nazariy asoslari: yosh avlodni barkamol shaxs qilib tarbiyalashga qaratilgan, ta’lim-tarbiya borasida yaratilgan tajribalarga, nazariy va metodik manbalarga, O’rta Osiyo va jahon tan olgan buyuk mutafakkir olimlarning asarlari va ta’lim-tarbiyaning umumiy qonuniyatlariga asoslanadi. Tarbiya – kishilik jamiyatining barcha bosqichlarida shakllanib, rivojlanib, o’sib, avloddan- avlodga vorislik vazifasini bajarib kelgan bo’lsada, ammo har bir jamiyatda tarbiyaning mazmuni maqsadi, vazifalari, o’ziga xosligi bilan farqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |