MAVZU: Maktabga tayyorlov guruh bolalarini monologik nutqini o‘stirish.
REJA:
1. Monologik nutq haqida tushuncha va uning shakllari.
2. Maktabga tayyorlov guruh bolalarni monologik nutqni rivojlantirishda hikoyaning maxsus vazifasi.
3. Turli yosh bosqichlarida monologik nutqni o’qitish ishining mazmuni
va uning vazifalari.
Har bir oila barkamol avlodni tarbiyalash uchun qayg’urishi lozim.Shu bois
“Ta’lim to’g’risida”gi qonun hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da
mamlakatimiz ijtimoiy- iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlashning asosiy omili bo’lgan
kadrlarni tayyorlash borasidagi yeng zarur tadbirlar tizimi belgilab berildi. Sog’lom
avlodni tarbiyalash davlat va jamiyatning ustuvor yo’nalishidir va ularning nutqini oshirish va dunyoqarashini oshirish yo’lga qo’yildi
Hech kimga sir yemaski,Respublikamizda bolalarni maktabgacha ta’lim
muassasalariga jalb qilinmagan 77 foiz bola bilan yuqorida ko’rsatilgan 33 foiz
bolaning rivojlanish darajasi o’rtasida nomutonosiblik vujudga kelmoqda.Bunday
nomutanosiblik,bolalar maktab ostonasiga qadam qo’ygan kundan boshlab,ularning
rivojlanish darajasiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.Ayniqsa ularning nutqiy qobiliyatlari monologik nutqining shakllanmagani bilinib turaradi. So’nggi yillarda maktabgacha ta’lim tizimini takomillashtirish,ta’lim-tarbiya mazmuni,shakli,vosita va metodlarning yangilashga alohida e’tibor berilmoqda. Davlat va jamiyat maktabgacha yoshda bo’lgan bolalarni yagona talab asosida rivojlantirish vazifasini qo’ydi.Shunga ko’ra maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga qo’yilgan davlat talablariga tayangan holda maktabgacha yoshdagi bolalarga integral tarzda ta’lim tarbiya berish va monologik dunyoqarashishini oshirishida ularni qo’llab quvvatlash maqsadida tayanch dasturlari taqdim yetilmoqda.Bu tayanch dasturlari bugungi kunda maktabgacha ta’lim muassasalariga jalb yetilmagan bolalarni har tomonlama rivojlantirish va yagona davlat talablari asosida maktabga tayyorlash imkonini beradi.Ta’lim-tarbiya jarayoni yakunida mustaqil fikrlaydigan,erkin,bilimli,bir so’z bilan aytganda barkamol shaxsni voyaga yetkazish asosiy maqsad qilib belgilanadi.Bu uzluksiz ta’lim tizimining ilk turi-maktabgacha ta’limga o’ziga xos yondoshuvni talab yetadi.
II.1Reja; Monologik nutq haqida tushuncha va uning shakllari
Og’zaki nutqiy muloqatga o’rgatish tinglab tushunish va gapirish orqali amalga oshiriladi. Bu yerda gapiruvchi axborot berish jarayonida nutqiy muloqatni amalga oshirsa, tinglovchi esa uni tinglash va tushunib olish orqali nutqiy muloqatni amalga oshiradi
Suxbat davomida gapiruvchi bilan tinglovchi rollari almashib turiladi. Og’zaki nutqiy muloqat bir tomonga yo’naltirilgan bo’lishi ham mumkin. Bunda birinchi shaxs faqat gapiradi, ikkinchi shaxs va qolganlari faqat tinglaydi.
Monologik nutq - soʻzlovchining oʻziga qaratilgan, boshqa shaxsning tinglash va javob berishini eʼtiborda tutmaydigan nutq shakli. Ayrim dramatik asarlarda personajning Monologik nutqi tomoshabinga qaratilgan boʻladi. Monologik nutq nasriy asarlarda ham bor. Nazmda esa asosiy nutq shakllaridan biri hisoblanadi. Baʼzan Monologik nutqda asarning kulminatsion nuqtasi bayon etiladi. Monologik nutq uchun, odatda, tuzilish va mazmun jihatdan oʻzaro bogʻliq, oʻziga xos kompozitsion qurilishga va mantiqiy tugallikka ega boʻlgan matnning maʼlum boʻlagi xos boʻladi. Monologik nutq ogʻzaki (nutq bayon qilish) yoki yozma (publitsistika, memuarlar, kundaliklar) shaklida ifodalanishi mumkin. Monologik nutqning ogʻzaki shaklida ohang (intonatsiya) muhim oʻrin egallaydi, yozma Monologik nutqda esa ohang matnning sintaktik konstruk-siyasiga, mantiqiy urgʻu tushuvchi soʻzlarning joylashish oʻrniga bogʻliq. Monologik nutq notiqning asosiy nutqiy shakllaridan hisoblanadi; lingvo-stilistik usul boʻlib, bir qancha turlari mavjud. Mas, taʼsir qiluvchi (targʻib qiluvchi) Monologik nutq, dramatik Monologik nutq, lirik Monologik nutq, hikoya qiluvchi (axborot beruvchi ) Monologik nutq Monologik nutqning ochiq nutq va ichki nutq kabi koʻrinishlari mavjud; ochiq Monologik nutqda personaj oʻz nutqini ovoz chiqarib bayon etadi; ichki Monologik nutqda monolog personajning ichki nutqi, oʻylari shaklida namoyon boʻladi
Monologik nutq turlari
1. xikoya
2. ta’riflash
3. tasvirlash
4. muxokama
5. ma’ruza
Monologik nutqning xususiyatlari
1. Monologik nutq faqat bir tomonga yo’naltirilgan bo’ladi.
2. U rejali bo’ladi.
3. U qisman tayyorlangan bo’ladi’
4. U uzilmay davom etadi.
5. U rejali bo’lganligi sababli mantiqiy davom etadi.
6. U bir kontekst , matn asosida olib boriladi.
7. Unga vositalar , tayanchlar, sharoit ta’sir ko’rsatadi.
8. Uslub ta’sir qiladi.
9. Monolog ta’sirchan, ma’lumotli, his-xayajonli bo’ladi, kimgadir nimagadir qaratiladi.
10. Nutq vaziyatli bo’ladi. Bir sharoitni, vaziyatni ko’zda tutadi.
Monologik nutqning quyidagi lingvistik qiyinchiliklari xususiyatlari ham muxim o’rin tutadi, ular tasirini ko’rsatadi
1.Talaffuzi qiyin so’zlarning ishlatilishi.
2. Gaplarning kitob uslubiga mansubligi.
3. Nutqni bayon qilishga bog’liqlik bo’lishi.
1993-yilda chiqarilgan dasturda bayon qilinishicha monologik nutq :
5 – sinfda 5-7 ta jumla
6- sinfda 7 ta jumla
7- sinfda 9 ta jumla
8-sinfda 8-10 jumladan
iborat bo’lishi kerak.
Tavsifiy (monologik) matn so‘zlovchi yoki yozuvchi tomonidan bayon etilgan voqea-hodisa, narsa yoki shaxs tasviri, tavsifi yoxud xabar, ma’lumot bayonidir. Maqola, insho ham tavsifiy matnning bir turi sanaladi.
Ma’lum voqea-hodisalarga, narsa va shaxslarga oid fikr-mulohaza bildirish, ularni badiiy-tasviriy vositalar yoki dalillar bilan ta’riflash, izohlash, isbotlash, asoslash tavsifiy matnga xos xususiyatlardandir. Shuning uchun bunday matnda belgi-xususiyat ifodalovchi so‘zlar, atamalar, modal so‘zlar, fe’lning funksional shakllari, ravishlar faol qo‘llanadi.
Tavsifiy matn yaratishda uyushiq bo‘laklar, ajratilgan gap bo‘laklari, atov gaplar, qo‘shma gap ko‘rinishlaridan ham keng foydalaniladi. Tavsifiy matn ilmiy, publisistik, rasmiy-idoraviy, shuningdek, badiiy uslubga xosdir.
Alohida bir kishiga taalluqli bo‘lgan nutq monologik nutq sifatida baholanadi. Bu nutq ikki xil ko‘rinishga ega: ochiq nutq va ichki nutq.
Ochiq nutq jamoaga qaratilgan bo‘ladi va turli xarakterdagi yig‘ilishlarda – qurultoylarda, sessiyalarda, ilmiy anjumanlarda, dars jarayonida, hisobot yig‘ilishlarida, har xil jamoalaming majlislarida, uchrashuvlarda, bayramlarda, to‘y-tomoshalarda, tug‘ilgan kunlar, do‘stlar uchrashuvi singari kichik davralarda, motam mitinglarida so‘zlanadi. Bu yig‘ilishlarning mazmuni turlicha bo‘lganligi sababli ularda so‘zlanadigan monologik nutq xarakteri ham bir-biridan farq qiladi. Masalan bayramlar, uchrashuvlar, to‘y-tomoshalar, tug‘ilgan kunlar tantanali tarzda kechadigan yig‘inlar bo‘lganligi tufayli ularda so‘zlanadigan nutq ham tantanali ruh asosiga qurilgan bo‘ladi. Hisobot yig‘ilishlari va jamoalarning (ishlab chiqarish, rejalashtirish) majlislari rasmiy xarakterda bo‘ladi. Qurultoy va sessiyalar keng qamrovli yig‘ilishlar bo‘lganligi tufayli ularda rasmiylik ham, norasmiylik va tantanavorlik ham bo‘ladi. Mavzuga qarab har xil faktlar, raqamlar keltiriladi. Motam mitingida so‘zlanadigan nutq esa yuqoridagi nutqlarning barchasidan tubdan farq qiladi.
Nutq mavzusining bu tarzda turli-tuman bo‘lishi ular uchun til vositalarining ham tanlab ishlatilishini taqozo qiladi. Vaziyatga qarab kishilarga tantanavor ruh beradigan, ularni ilhomlantiradigan, safarbarlikka undaydigan, his-tuyg‘ularini junbushga keltiradigan, mas’uliyatini oshiradigan, tartib-intizomga chaqiradigan, ta’lim-tarbiya berishga qaratilgan yoki shunchaki axborot berishga qaratilgan til vositalari tanlanadi. Motam marosimida so‘zlangan nutq esa mazmuni bilan ham, tanlangan so‘zlari bilan ham, tuzilishi bilan ham yuqoridagi nutq turlaridan tubdan farqlanadi.
So‘zlovchining har bir nutqni so‘zlash jarayonida o‘zini tutishi, harakatlari, hatto kiyinishi ham farq qiladi. Boshqacha aytganda, farq qilishi kerak. Masalan, Oliy Majlis sessiyasiga to‘n kiyib borish odob sanalmagani kabi, azaga e’tiborni tortadigan yaltiroq kiyimlarni kiyib borish yoki lab va qosh-ko‘zlarni bo‘yab borish ham ma’qul emas.
Demak, har bir monologik nutqiy vaziyat so‘zlovchidan alohida bir munosabatni va mas’uliyatni talab qiladi. Ayni paytda, ularning barchasi uchun, avvalgi mavzularni yoritishda ta’kid lab o‘tilganidek, umumiy bo‘lgan qoidalar ham mavjud. Bu dastlab so‘zlanadigan nutqning qolipi – rejasi bo‘lishi. Qayerda va qanday vaziyatda so‘zlanishidan qat’i nazar, har bir nutq ma’lum reja asosida bo‘lishi, auditoriya, vaqt hisobga olinishi lozim. Boshqacha aytganda, nutq so‘zlashdan ma’lum maqsad bo‘lishi va bu maqsad amalga oshishi zarur. Buning uchun tinglovchilarga ta’sir o‘tkazish, ta’sir o‘tkazish uchun esa tildan foydalanishning ham, o‘zini tutishning ham ta’sirchan vositalaridan foydalanish kerak bo‘ladi.Adabiy asarda monologning ichki ko‘rinishi xarakterli bo‘lib, badiiyat manfaati nuqtai nazaridan ular alohida vazifa bajaradi. Shuning uchun Said Ahmad: «Yozuvchi faqat qahramonning tilidagini yozmay, uni ichidan ham gapirtira bilishi kerak. Chunki ichidan gapirtirilgandagina, qahramonning ichki olami ochiladi. Qahramonning ichki olamini, ichidagi bo‘lgan ohangni, ichki dardni yozuvchi o‘z tili bilan olib chiqadi» yegan edi. Prof.B.Yo‘ldoshev «Badiiy nutq stilistikasi» nomli kitobida o‘zining ana shu qarashlariga amal qilgan yozuvchi asarlari («Turnalar», «Alla», «O‘rik domla», «Ufq»,) misolida ularning obrazni individuallashtirish va xarakter yaratishdagi vazifalari xususida mulohaza yuritib, dialogik va monologik nutq tahliliga keng to‘xtalgan va ularni badiiy nutq uslubidagi bayon usullari sifatida ko‘rsatib bergan.
Darhaqiqat, yozuvchi qo‘lida ichki monolog qahramon qiyofasini o‘quvchi ko‘z oldida butun borlig‘i va murakkabligi bilan gavdalantirishga xizmat qila oladigan kuchli badiiy vosita bo‘la oladi. «Shaytanat»dagi Asadbek o‘quvchi ko‘z o‘ngida har ishga qodir bo‘lgan qudratli kishi sifatida namoyon bo‘lgan. Ammo u ham hamma qatori inson. Bedavo dard – saraton kasaliga yo‘liqqanda uning xayolidan o‘tgan kechinmalarni yozuvchi quyidagicha beradi: To‘yib-to‘yib nafas olishga tor bo‘lib o‘laman. Jonim yo‘tal bilan chiqsa o‘lganimni bilmay ham qolishadi. Birov xabar olguncha sasib yotaveraman. Jag‘imni tang‘ishadi, oyoqlarimni bog‘lashadi. Dod-voy... Kim yig‘laydi? O‘g‘illarim uzoqda. Zaynab dod solar balki... Yana bir-ikki xotin qo‘shilar.,, Xotinlarning yolg‘ondan bo‘lsa ham yig‘lab turgani yaxshi. Bo‘lmasa bu uydan o‘lik chiqqanini birov bilmaydi. Xotinlarning yig‘isisiz o‘likning ham fayzi bo‘lmasa kerak. Manzura yetib kelsa bu yog‘ini o‘zi eplashtiradi! Yo‘-o‘q... u yig‘lamaydi. Jalilning onasi o‘lgandamidi... ha, o‘shanda yig‘isini eshitib «Dodlashni ham o‘rniga qo‘yar ekansan, o‘lsam maza qilib eshitib yotaman», deb hazillashganimda «Voy adasi, xotinlar eriga yig‘lamaydi, ayb bo‘ladi», degan. Qiziq, nima uchun ayb bo‘ladi? Manzuraning yig‘lashi shart ham emas. Balki...qutulganiga shukur qilar?.. Menga tekkanidan beri boshi tashvishdan chiqmaydi. Endi yayrayman, deganida bolalarni o‘qishga jo‘natdim. Keyin chet elga yubordim. Ularni sog‘indi. Sog‘indi-yu, «Sog‘inayapman», deb zorlanishga mendan qo‘rqdi. Qiziq... urmasam ham mendan qo‘rqadi-ya... Zaynabning tashvishi uni tamom qildi. Yaxshi hamki keyingi voqealardan uzoqroqda. Bilsa yuragi yorilib ketardi, Kelinlarini boshlab kelib rohat ko‘raman, deganida men cho‘zilib yotsam. Bir jihatdan u kelgumcha jo‘navorganim ham yaxshi. O‘ligimni ko‘rmasa bir-ikki kun yig‘lab, keyin ko‘nikib qoladi. Meni tanish-bilishlarimning o‘zlari joyimga olib borib qo‘ya qolishadi. Janozaga tizilishadi. Domla aql o‘rgatadi. Nima deydi? «Odam oxir-oqibat o‘lmoq uchun bu dunyoga keladi», deydimi? «Pensiyaga chiqqandan keyin namoz o‘qiyman, deb kutmanglar, mana bu birodarimiz ham pensiya yoshiga yetmabdilar. O‘lmasingizdan oldin bir marta bo‘lsa ham peshonangiz joynamozga tegsin», deydi-mi? Yo «Yog‘och otga minib kelmasingizdan avval o‘z oyog‘ingiz bilan masjidga kelib turing», deydimi? Keyin «Marhumning yaqinlari kim?» deb so‘raydi. Kim chiqadi? Haydarmi? Mahmudmi? Yo‘q, Jalil chiqadi. «Marhum birovdan qarz olgan bo‘lsa, to‘layman» deb so‘z beradi. Tentak. Mening kimdan qarzim bor ekan? Odamlar mendan qarz. Lekin ular qarzlarini keltirib berishmaydi. O‘lganimdan xursand bo‘lishadi. Balki o‘shalar «Tezroq o‘la qolsin» deb duo qilishayotgandir. Men Jalildan qarzman. Ha... qarzim bor undan. Hovli joy olib berishim kerak edi. Mahmudga tayinlab qo‘yishim kerak, mendan keyin olib bersin. Keyin ko‘tarishadi. Tobutning bir chekkasidan ushlash savob ekan. Meni ko‘tarish ham savobmi? Odam yig‘iladi? Yuztami, mingtami? Shundan qanchasi xursand, qanchasi xafa?.. Joyimga yotqizishib, bir kaftdan tuproq tashlashadi. Joyim.,, joyim qop qorong‘i lahadmi? Keyin «Asadbek qanaqa odam edi?» deb so‘rashadi. «Yaxshi odam edi», deyishadi. Ha... Bu gaplari to‘g‘ri bo‘ladi. Dunyodagi eng yaxshi odam – o‘lik odam. Chunki u birovga yomonlik qilmaydi.
Asadbek qanchalik mag‘rur inson bo‘lmasin, u ham o‘limga tan berishga majbur. Mana shunday paytda atrofdagilari birma-bir uning ko‘z oldidan o‘tadi. Ularning munosabatini Asadbek qanday tushunishini ochishda ichki monologning xizmati va vazifasi ana shundan iborat bo‘ladi.
Xullas, bu har ikkala nutq ham qanday vaziyatda ijro etilishidan qat’i nazar ular muallifning dunyoqarashi va maslagini, ma’naviyati va madaniyatini o‘zida mujassam qiladi. Insonning saviyasi qanday bo‘lsa, uning muomalasi ham shunday bo‘ladi. Bu har ikkala nutqning o‘ziga xos xususiyatlarini bilib olganimizdan keyin biz ham vaziyatga qarab so‘zlashimiz va har bir nutqiy vaziyatdan o‘z maqsadimizdan kelib chiqib unumli foydalanishimiz, bor imkoniyatimizni tinglovchilarning hurmat e’tiborini qozonishga qaratishimiz lozim bo‘ladi.
Alohida bir kishiga taalluqli bo‘lgan nutq monologik nutq sifatida baholanadi. Bu nutq ikki xil ko‘rinishga ega: ochiq nutq va ichki nutq.
Ochiq nutq jamoaga qaratilgan bo‘ladi va turli xarakterdagi yig‘ilishlarda – qurultoylarda, sessiyalarda, ilmiy anjumanlarda, dars jarayonida, hisobot yig‘ilishlarida, har xil jamoalarning majlislarida, uchrashuvlarda, bayramlarda, to‘y-tomoshalarda, tug‘ilgan kunlar, do‘stlar uchrashuvi singari kichik davralarda, motam mitinglarida so‘zlanadi. Bu yig‘ilishlarning mazmuni turlicha bo‘lganligi sababli ularda so‘zlanadigan monologik nutq xarakteri ham bir-biridan farq qiladi. Masalan bayramlar, uchrashuvlar, to‘y-tomoshalar, tug‘ilgan kunlar tantanali tarzda kechadigan yig‘inlar bo‘lganligi tufayli ularda so‘zlanadigan nutq ham tantanali ruh asosiga qurilgan bo‘ladi. Hisobot yig‘ilishlari va jamoalarning (ishlab chiqarish, rejalashtirish) majlislari rasmiy xarakterda bo‘ladi. Qurultoy va sessiyalar keng qamrovli yig‘ilishlar bo‘lganligi tufayli ularda rasmiylik ham, norasmiylik, va tantanavorlik ham bo‘ladi. Mavzuga qarab har xil faktlar, raqamlar keltiriladi. Motam mitingida so‘zlanadigan nutq esa yuqoridagi nutqlarning barchasidan tubdan farq qiladi.
Nutq mavzusining bu tarzda turli-tuman bo‘lishi ular uchun til vositalarining ham tanlab ishlatilishini taqozo qiladi. Vaziyatga qarab kishilarga tantanavor ruh beradigan, ularni ilhomlantiradigan, safarbarlikka undaydigan, his-tuyg‘ularini junbushga keltiradigan, mas’uliyatini oshiradigan, tartib-intizomga chaqiradigan, ta’lim-tarbiya berishga qaratilgan yoki shunchaki axborot berishga qaratilgan til vositalari tanlanadi. Motam marosimida so‘zlangan nutq esa mazmuni bilan ham, tanlangan so‘zlari bilan ham, tuzilishi bilan ham yuqoridagi nutq turlaridan tubdan farqlanadi.
So‘zlovchining har bir nutqni so‘zlash jarayonida o‘zini tutishi, harakatlari, hatto kiyinishi ham farq qiladi. Boshqacha aytganda, farq qilishi kerak. Masalan, Oliy Majlis sessiyasiga to‘n kiyib borish odob sanalmagani kabi, azaga e’tiborni tortadigan yaltiroq kiyimlarni kiyib borish yoki lab va qosh-ko‘zlarni bo‘yab borish ham ma’qul emas.
Demak, har bir monologik nutqiy vaziyat so‘zlovchidan alohida bir munosabatni va mas’uliyatni talab qiladi. Ayni paytda, ularning barchasi uchun, avvalgi mavzularni yoritishda ta’kidlab o‘tilganidek, umumiy bo‘lgan qoidalar ham mavjud. Bu dastlab so‘zlanadigan nutqning qolipi – rejasi bo‘lishi. Qayerda va qanday vaziyatda so‘zlanishidan qat’iy nazar, har bir nutq ma’lum reja asosida bo‘lishi, auditoriya, vaqt hisobga olinish lozim. Boshqacha aytganda, nutq so‘zlashdan ma’lum maqsad bo‘lishi va bu maqsad amalga oshishi zarur. Buning uchun tinglovchilarga ta’sir o‘tkazish, ta’sir o‘tkazish uchun esa tildan foydalanishning ham, o‘zini tutishning ham ta’sirchan vositalaridan foydalanish kerak bo‘ladi.
Adabiy asarda monologning ichki ko‘rinishi xarakterli bo‘lib, badiiyat manfaati nuqtai nazaridan ular alohida vazifa bajaradi. Shuning uchun Said Ahmad: «Yozuvchi faqat qahramonning tilidagini yozmay, uni ichidan ham gapirtira bilishi kerak. Chunki ichidan gapirtirilgandagina, qahramonning ichki olami ochiladi. Qahramonning ichki olamini, ichidagi bo‘lgan ohangni, ichki dardni yozuvchi o‘z tili bilan olib chiqadi» degan edi Prof.B.Yo‘ldoshev «Badiiy nutq stilistikasi» nomli kitobida o‘zining ana shu qarashlariga amal qilgan yozuvchi asarlari («Turnalar», «Alla», «O‘rik domla», «Ufq»,) misolida ularning obrazni individuallashtirish va xarakter yaratishdagi vazifalari xususida mulohaza yuritib, dialogik va monologik nutq tahliliga keng to‘xtalgan va ularni badiiy nutq uslubidagi bayon usullari sifatida ko‘rsatib bergan
Darhaqiqat, yozuvchi qo‘lida ichki monolog qahramon qiyofasini o‘quvchi ko‘z oldida butun borlig‘i va murakkabligi bilan gavdalantirishga xizmat qila oladigan kuchli badiiy vosita bo‘la oladi. «Shaytanat»dagi Asadbek o‘quvchi ko‘z o‘ngida har ishga qodir bo‘lgan qudratli kishi sifatida namoyon bo‘lgan. Ammo u ham hamma qatori inson. Bedavo dard – rak kasaliga yo‘liqqanda uning xayolidan o‘tgan kechinmalarni yozuvchi quyidagicha beradi: To‘yib-to‘yib nafas olishga zor bo‘lib o‘laman. Jonim yo‘tal bilan chiqsa o‘lganimni bilmay ham qolishadi. Birov xabar olguncha sasib yotaveraman. Jag‘imni tang‘ishadi, oyoqlarimni bog‘lashadi. Dod-voy… Kim yig‘laydi? O‘g‘illarim uzoqda. Zaynab dod solar balki… Yana bir-ikki xotin qo‘shilar… Xotinlarning yolg‘ondan bo‘lsa ham yig‘lab turgani yaxshi. Bo‘lmasa bu uydan o‘lik chiqqanini birov bilmaydi. Xotinlarning yig‘isisiz o‘likning ham fayzi bo‘lmasa kerak… Manzura yetib kelsa bu yog‘ini o‘zi eplashtiradi! Yo‘-o‘q… u yig‘lamaydi. Jalilning onasi o‘lgandamidi… ha, o‘shanda yig‘isini eshitib «Dodlashni ham o‘rniga qo‘yar ekansan, o‘lsam maza qilib eshitib yotaman», deb hazillashganimda «Voy adasi, xotinlar eriga yig‘lamaydi, ayb bo‘ladi», degan. Qiziq… nima uchun ayb bo‘ladi? Manzuraning yig‘lashi shart ham emas. Balki… qutulganiga shukur qilar?.. Menga tekkanidan beri boshi tashvishdan chiqmaydi. Endi yayrayman, deganida bolalarni o‘qishga jo‘natdim. Keyin chet elga yubordim. Ularni sog‘indi. Sog‘indi-yu, «Sog‘inayapman», deb zorlanishga mendan qo‘rqdi. Qiziq… urmasam ham mendan qo‘rqadi-ya… Zaynabning tashvishi uni tamom qildi. Yaxshi hamki keyingi voqyealardan uzoqroqda. Bilsa yuragi yorilib ketardi. Kelinlarini boshlab kelib rohat ko‘raman, deganida men cho‘zilib yotsam… Bir jihatdan u kelguncha jo‘navorganim ham yaxshi. O‘ligimni ko‘rmasa bir-ikki kun yig‘lab, keyin ko‘nikib qoladi… Meni tanish-bilishlarimning o‘zlari joyimga olib borib qo‘ya qolishadi. Janozaga tizilishadi. Domla aql o‘rgatadi. Nima deydi? «Odam oxir-oqibat o‘lmoq uchun bu dunyoga keladi», deydimi? «Pensiyaga chiqqandan keyin namoz o‘qiyman, deb kutmanglar, mana bu birodarimiz ham pensiya yoshiga yetmabdilar. O‘lmasingizdan oldin bir marta bo‘lsa ham peshonangiz joynamozga tegsin», deydimi? Yo «Yog‘och otga minib kelmasingizdan avval o‘z oyog‘ingiz bilan masjidga kelib turing», deydimi? Keyin «Marhumning yaqinlari kim?» deb so‘raydi. Kim chiqadi? Haydarmi? Mahmudmi? Yo‘q, Jalil chiqadi. «Marhum birovdan qarz olgan bo‘lsa, to‘layman» deb so‘z beradi. Tentak. Mening kimdan qarzim bor ekan? Odamlar mendan qarz. Lekin ular qarzlarini keltirib berishmaydi. O‘lganimdan xursand bo‘lishadi. Balki o‘shalar «Tezroq o‘la qolsin» deb duo qilishayotgandir… Men… Jalildan qarzman. Ha… qarzim bor undan. Hovli-joy olib berishim kerak edi. Mahmudga tayinlab qo‘yishim kerak, mendan keyin olib bersin. Keyin… ko‘tarishadi. Tobutning bir chekkasidan ushlash savob ekan. Meni ko‘tarish ham savobmi? Odam yig‘iladi? Yuztami, mingtami? Shundan qanchasi xursand, qanchasi xafa?.. Joyimga yotqizishib, bir kaftdan tuproq tashlashadi. Joyim… joyim qop-qorong‘i lahadmi? Keyin… «Asadbek qanaqa odam edi?» deb so‘rashadi. «Yaxshi odam edi», deyishadi. Ha… Bu gaplari to‘g‘ri bo‘ladi. Dunyodagi eng yaxshi odam – o‘lik odam. Chunki u birovga yomonlik qilmaydi.
Asadbek qanchalik mag‘rur inson bo‘lmasin, u ham o‘limga tan berishga majbur. Mana shunday paytda atrofdagilari birma-bir uning ko‘z oldidan o‘tadi. Ularning munosabatini Asadbek qanday tushunishini ochishda ichki monologning xizmati va vazifasi ana shundan iborat bo‘ladi .
Xullas, bu har ikkala nutq ham qanday vaziyatda ijro etilishidan qat’iy nazar ular muallifning dunyoqarashi va maslagini, ma’naviyati va madaniyatini o‘zida mujassam qiladi. Insonning saviyasi qanday bo‘lsa, uning muomalasi ham shunday bo‘ladi. Bu har ikkala nutqning o‘ziga xos xususiyatlarini bilib olganimizdan keyin biz ham vaziyatga qarab so‘zlashimiz va har bir nutqiy vaziyatdan o‘z maqsadimizdan kelib chiqib unumli foydalanishimiz, bor imkoniyatimizni tinglovchilarning hurmat-e’tiborini qozonishga qaratishimiz lozim bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |