Psixologik ta’sir - bu turli vositalar yordamida insonlarning fikrlari, hissiyotlari va xatti - harakatlariga ta’sir ko‘rsata olishdir.
Psixologiyada psixologik ta’sirning asosan uch vositasi farqlanadi.
Verbal ta’sir - bu so‘z va nutqimiz orqali ko‘rsatadigan ta’sirimizdir. Bundagi asosiy vositalar so‘zlardir. Ma’lumki, nutq - bu so‘zlashuv, o‘zaro muomala jarayoni bo‘lib, uning vositasi - so‘zlar hisoblanadi. Monologik nutqda ham, dialogik nutqda ham odam o‘zidagi barcha so‘zlar zahirasidan foydalanib, eng ta’sirchan so‘zlarni topib, sherigiga ta’sir ko‘rsatishni hoxlaydi.
Paralingvistik ta’sir - bu nutqning atrofidagi nutqni bezovchi, uni kuchaytiruvchi yoki susaytiruvchi omillar. Bunga nutqning baland yoki past tovushda ifodalanayotganligi, artikulyatsiya, tovushlar, to‘xtashlar, duduqlanish, yo‘tal, til bilan amalga oshiriladigan xarakatlar, nidolar kiradi. Shunga qarab, masalan, do‘stimiz bizga biror narsani va’da berayotgan bo‘lsa, biz uning qay darajada samimiyligini bilib olamiz. Kuyib - pishib, ochiq yuz va dadil ovoz bilan “Albatta bajaraman!”, desa ishonamiz, albatta.
Noverbal ta’sirning ma’nosi “nutqsiz”dir. Bunga suhbatdoshlarning fazoda bir - birlariga nisbatan tutgan o‘rinlari, xolatlari (yaqin, uzoq, intim), qiliqlari, mimika, pantomimika, qarashlar, bir - birini bevosita xis qilishlar, tashqi qiyofa, undan chiqayotgan turli signallar (shovqin, hidlar) kiradi. Ularning barchasi muloqot jarayonini yanada kuchaytirib, suhbatdoshlarning bir - birlarini yaxshiroq bilib olishlariga yordam beradi. Masalan, agar uchrashuvning dastlabki daqiqalarida o‘rtog‘ingiz sizga qaramay, atrofga alanglab, “Ko‘rganimdan biram xursandman”, desa, ishonasizmi? Muloqot jarayonidagi xarakterli narsa shundaki, suhbatdoshlar bir - birlariga ta’sir ko‘rsatmoqchi bo‘lishganda, dastavval nima deyish, qanday so‘zlar vositasida ta’sir etishni o‘ylar ekan. Aslida esa, o‘sha so‘zlar va ular atrofidagi xarakatlar muhim rol o‘ynarkan. Masalan, mashhur amerikalik olim Mehrabian formulasiga ko‘ra, birinchi marta ko‘rishib turgan suhbatdoshlardagi taassurotlarning ijobiy bo‘lishiga gapirgan gaplari 7%, paralingvistik omillar 38%, va noverbal xarakatlar 58% gacha ta’sir qilarkan. Keyinchalik bu munosabat o‘zgarishi mumkin albatta, lekin xalq ichida yurgan bir maqol to‘g‘ri : “Ust - boshga qarab kutib olishadi, aqlga qarab kuzatishadi”. Muloqotning qanday kechishi va kimning ko‘proq ta’sirga ega bo‘lishi sheriklarning rollariga ham bog‘liq.
Ta’sirning tashabbuskori - bu shunday sherikki, unda ataylab ta’sir ko‘rsatish maqsadi bo‘ladi va u bu maqsadni amalga oshirish uchun barcha yuqorida ta’kidlangan vositalardan foydalaniladi. Agar o‘qituvchi ishi tushib, biror o‘quvchini xonasiga taklif etsa, u o‘rnidan turib kutib oladi, iltifot ko‘rsatadi, xol - ahvolni ham quyuqroq so‘raydi va so‘ngra gapning asosiy qismiga o‘tadi.
Ta’sirning adresati - ta’sir yo‘naltirilgan shaxs. Lekin tashabbuskorning suhbatga tayyorgarligi yaxshi bo‘lmasa, yoki adresat tajribaliroq sherik bo‘lsa, u tashabbusni o‘z qo‘liga olishi va ta’sir kuchini qayta egasiga qaytarishi mumkin bo‘ladi.
Bundan tashqari pedagogik – psixologik ta’sir ko‘rsatishning yana quyidagi asosiy usullari mavjud: talab, istiqbol, rag‘batlantirish va jazolash hamda jamoatchilik fikridir.
Talab — tajribada juda keng tarqalgan usul bo‘lib, ta’lim va tarbiya jarayonida psixologning mijozga shaxsiy munosabatining namoyon bo‘lish yo‘li bilan u yoki bu hatti-harakatlarning rag‘batlantirilishi yoki to‘xtatilishini ta’minlaydi. Ushbu ta’sir ko‘rsatish usuli bilan jamoani tashkil etish usuli sifatidagi yagona psixologik talablarni bir-biridan farqlash kerak.
Istiqbol — ta’sir ko‘rsatishning juda ta’sirchan usuli bo‘lib, u o‘quvchilarning hatti-harakatlarini, ular oldiga maroqli maqsadlar qo‘yish yo‘lini ta’minlaydi, bu maqsadlar ularning shaxsiy intilishlari, qiziqish va muddaolariga aylanadi. Bu usul ta’lim muassasasi o‘quvchilarida shaxsning eng muhim fazilatlaridan biri bo‘lgan maqsadga intiluvchanlikni rivojlantirishga yordam beradi.
Rag‘batlantirish va jazolash — ta’sir ko‘rsatishning an’anaviy usuli bo‘lib, o‘quvchilar hulq-atvoriga tuzatish kiritishni, ya’ni foydali hatti-harakatlarni qo‘shimcha rag‘batlantirish va mijozlarning nomaqbul hatti-harakatlarini to‘xtatishni ta’minlaydi, bunda ularning huquq burchlarini kengaytirish yoki cheklash, ularga axloqiy ta’sir ko‘rsatish yo‘lidan foydalaniladi.
Rag‘batlantirish va jazolash usuli o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lganligi sababli (bu haqda quyiroqda gap boradi) uni qo‘llash alohida ehtiyotkorlikni, psixologlarning sezgirligi va xushmuomalaligini talab qiladi.
Jamoatchilik fikri — ta’sir ko‘rsatishning qudratli usuli bo‘lib, o‘quvchilarning ijtimoiy foydali faoliyatini har tomonlama va muntazam rag‘batlantirib borishni ta’minlaydi, jamoaning tarbiyaviy vazifalarini ancha to‘liq amalga oshiradi. Bu usul jamoa a’zolarining ijtimoiy faolligini va o‘rtoqlarcha birdamligini rivojlantirishga yordam beradi.
XULOSA
O‘zbekistondagi psixologik xizmatning bugungi holatiga ilmiy-tashkiliy nuqtai nazaridan baho berar ekanmiz, bu borada talaygina yutuqlar, kamchiliklar va tez orada bartaraf etilishi muqarrar deb bilamiz. Prezidentimiz o‘zining O‘zbekistonning bugungi istiqlol va istiqbol yo‘lini ifodalovchi boshqa qator ma’ruzalari va asarlarida ham iqtisodiyot bilan ma’naviyat, inson ruhiyatining barkamolligi, hayotning o‘zaro ajralmas, bir-birini to‘ldiradigan, o‘zaro ta’sir va aks ta’sir etadigan muhim omillari ekanligini va ayni paytda bugungi iqtisodiy o‘nglanish, iqtisodiy tiklanish, iqtisodiy rivojlanishni, ma’naviy o‘nglanish, ma’naviy poklanish, ma’naviy yuksalish harakatlari bilan tamomila uyg‘un bo‘lishini ta’minlashning muqarrar ijtimoiy zarurat ekanligini qayta-qayta ta’kidlaydi.
Shu bois istiqlol yillarida uning faoliyati samaradorligini har tomonlama oshirish va rivojlantirishga, moddiy-texnik bazasini mustahkamlab, jamiyatdagi nufuzini yanada ko`tarishga, tashkiliy-huquqiy asoslarini mustahkamlashga jiddiy ahamiyat berilayotir. Darhaqiqat, mahalla institutini takomillashtirish borasidagi chora-tadbirlar tub mazmun-mohiyatiga ko`ra, Vatanimiz taraqqiyotiga, aholi turmush farovonligini yanada yaxshilashga, fuqarolar yig`inlari ishini yuqori darajada tashkil etishga xizmat qiladi.
Psixologik xizmat ko‘rsatish jarayonida esa turli yoshlardagi va turli toifalardagi oilalarga oilaviy hayot bilan, oiladagi shaxslararo munosabatlar bilan, turli xil ziddiyatlar bilan bog‘liq barcha vaziyatlarni tahlil qilishda va ma’lum ijobiy tomonga yo‘naltirishda ko‘maklashiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |