Mavzu: Makroiqtisodiyotni fan sifatida shakllanishi va rivojlanishi Reja: Kirish. I-bob makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirishning uslubiy asoslari


Makroiqiisodiy tahlil va prognozlash» fanining predmeti va obyekti



Download 73,09 Kb.
bet2/12
Sana06.07.2022
Hajmi73,09 Kb.
#751969
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
DILSHOT AKAMGA TAYYOR Mavzu Makroiqtisodiyotni fan sifatida shakllanishi va rivojlani

1.1 Makroiqiisodiy tahlil va prognozlash» fanining predmeti va obyekti
Iqtisodiy fikr tarixida XX asr makroiqtisodiyot bosqichi bo‘ldi. Makroiqtisodiyot m illiy iqtisodiyotning fundamental muammolarini tadqiq etuvchi insonlaming umumiy xatti-harakati haqidagi fan, yaxlit siyosiy-iqtisodiy tizim sifatida ta’riflanadj. Makro iqtisodiyotning fan sifatida rivojlanishi iqtisodiy rivojlanish strategiyasi va ijtim oiy muammolami hal etish yoilarini o'rganuvchi, tahliliy ishlanmalar beruvchi va iqtisodiy siyosat vositasining samaradorligini hisob-kitob qiluvchi amaliy makroiqtisodiyotning paydo bo‘lishiga olib keldi. Aynan amaliy makroiqtisodiyot, o‘tish iqtisodiyotiga ega bo‘lgan mamlakatlar uchun ham muhim ahamiyatga ega bo‘lgan yo‘nalish hisoblanadi. «Makroiqtisodiyot» atamasi ilmiy lug‘at tarkibiga nisbatan yaqinda kirib kelgan boisa-da, makroiqtisodiy tahlilning o‘zi iqtisodiy fan bilan deyarli bir vaqtda paydo boigan. XVIII asrdayoq F.Kenening «Iqtisodiy jadvalida» xo‘jalik hayotining makroiqiisodiy modeli taqdim etilgan edi. Hozirda jahon hamjamiyatida yuz berayotgan jarayonlar (globallashuv, o‘tish iqtisodiyotiga ega bo‘lgan mamlakatlarda bozor munosabatlarining rivojlanishi) milliy iqtisodiyotni tartibga solish sohasida muvofiqlashtirilgan qarorlami qabul qilishning asosi sifatida makroiqiisodiy tahlil usullaridan faol foydalanishni nazarda tutadi. Shu munosabat bilan o'quv dasturiga «Makroiqtisodiy tahlil» kursi kiritilgan. «Makroiqtisodiyot» nazariy kursidan farqli oiaroq ushbu kurs amaliy fan sifatida tavsiflanib, uning asosiy xususiyati o‘zining amaliy ahamiyatga egaligi, muayyan muammolami hal etishga imkon qadar yaqinlashtirilganligidadir.
Mazkur kurs tayanch iqtisodiy fanlami o‘rganish jarayonida olingan bilimlar qanday qilib makroiqtisodiy tahlilning amaliy maqsadlarini amalga oshirish va u yoki bu mamlakatdagi iqtisodiy vaziyatni prognoz qilish uchun qoilanishi mumkinligini ifodalaydi. Makroiqtisodiy tahlilning predmeti sifatida milliy iqtisodiy jarayonlaming o‘ziga xos xususiyatlari, iqtisodiyot tarmoqlari o‘rtasidagi universal bog‘liqlik shakllari, iqtisodiy siyosatning turli vositalaridan foydalanishda amal qiladigan sabab-oqibat mexanizmlari, shuningdek, ichki iqtisodiyot hamda tashqi dunyoning o‘zaro bog‘liqligi va ia’siri ishtirok etadi. Makroiqtisodiy tahlil davlat iqtisodiy siyosatining asosiga aylanib bormoqda. Iqtisodiy siyosat - davlat va jamoat institutlarining makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy o‘sishga erishish maqsadida iqtisodiy jarayonlarga tuzatishlar kiritishga yo‘naltirilgan harakatlar tizimi. Ta’kidlash lozimki, xuddi makroiqtisodiyot kabi, makrotahlil ham pozitiv va normativ tarkibiy qismlami o‘zida mujassam etgan. Pozitiv tarkibiy qism «Nima sodir boiayapti?» degan savolga javob beradi va prognoz qilish uchun asos boiib xizmat qiladi (bunda muayyan faktlar, nisbatlar va raqamlardan foydalaniladi). Normativ tarkibiy qism «Qanaqa boiishi kerak?» degan savolga javob beradi va iqtisodiy siyosat vositalarini ishlab chiqish orqali vaziyatni to‘g‘rilashga yordam beradi. Ushbu ikkita tarkibiy qismning uyg‘unlashuvi siyosiy tizimdan qat’i nazar har qanday mamlakatning iqtisodiy ahvolini makroiqtisodiy tahlil qilishda namoyon boMadi. Mamlakatlaming iqtisodiy siyosatidagi farqlar birinchi galda pozitiv va normativ tarkibiy qismlaming ulushi bilan belgilanadi. Davlat tomonidan tartibga solish tarafdorlarida normativ yondashuv yaqqol ifodalangan, liberallarda esa bilim orttirishga (pozitiv) yo‘naltirilganlik ustunlik qiladi, ular ko‘proq bozoming kuchiga ishonib, bozor erkinligini nazarda tutadi, davlat tomonidan ta’sir etishning bilvosita, tuzatish kirituvchi vositalaridan foydalanishni afzal ko‘radi: • iqtisodiy vaziyatni monitoring qilish; • iqtisodiyotda amal qiluvchi sababli-oqibatli mexanizmlami tahlil qilish; • moliyaviy oqimlami tadqiq etish asosida iqtisodiyot sektorlari o'rtasidagi o‘zaro bogiiqliklami o‘rganish;
• iqtisodiy siyosatni tadqiq etish va yangi iqtisodiy strategiya variantlarini ishlab chiqish (makroiqtisodiy tuzatishlar kiritish dasturlarini ishlab chiqish); Ma’Iumki, iqtisodiyotni modemizatsiyalash va diversifikatsiyalash sharoitida bir qator institutsional tarkibiy o‘zgarish!ami, xususan, mavjud makroiqtisodiy imkoniyatlardan oqilona foydalanish, pul- kredit siyosati, budjet-soliq siyosati hamda toiov balansini, real iqtisodiy sektor va makroiqtisodiy jarayonlaming prognozlash va boshqalarga bo‘lgan talabini chuqurroq o‘rganish, iqtisodiy tejamkorlikni kuchaytirish masalalarini ommaviy hal qilish lozim. Maqsadga erishish uchun avvalo, har bir sektor va boiim faoliyatining atroflicha, chuqur tahliliga asoslanib, ichki imkoniyatlardan tobora unumliroq foydalanishga, kamroq xarajat qilib, yuqori natijalarga erishishga, ilg‘or tajribalami joriy etishga, ilg‘orlaming tashabbuslarini ommalashtirishga alohida e’tibor berish, sifat ko'rsatkichlarini muttasil yaxshilab borish kerak. Bu makroiqtisodiy jarayonlaming ish sharoitini hisobga olib, iqtisodiy qonunlaming barcha talablari toiiq bajarilishi ustidan nazoratni, shuningdek, foydalanilmayotgan imkoniyatlami izlab topib, ishga solishni aniqlashni taqozo qiladi. Bunda esa makroiqtisodiy tahlilning muhim ahamiyatini kasb etadi. Fanni o ‘qitishdan maqsad - talabalarga bozor iqtisodiyoti sharoitida mamlakat iqtisodiyotining tahlili hamda prognozi uchun talab qilinadigan nazariy va amaliy masalalar to‘g‘risida bilimlar berish hisoblanadi. Ushbu fanning maqsadi esa hisobot asoslarini o‘rgatish, mamlakat iqtisodiyotida daromad va boyliklar taqsimotiga, ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar faoliyatiga ta’sir etuvchi budjet, soliq, pul-kredit siyosatlari, toiov balansi va tashqi qarzni tahlil qilayotganda asosiy konsepsiyalar, soliq sohasi, davlat xarajatlari va kapital qarz siyosati bilan tanishtirishdan hamda makro ko‘rsatgichlami prognozlashdan iborat. Faning mazmuni-makroiqtisodiy tahlil va prognozlashning paydo boiishi, rivojlanishi bosqichlari va xususiyatlari, uslubiyoti va usullari, makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar axborot obyekti, makroiqtisodiy jarayonlaming iqtisodiy tahlili, budjet, soliq, pul, kredit siyosati, toiov balansi, bandlik, ishsizlik va inflatsiya darajasidagi o'zgarishlar va ular rivojlanish qoidalarining takomillashuvining nazariy va amaliy asoslarini o‘rgatadi.
Makro iqtisodiy tahlilning asosiy boMimlari quyidagilar: makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirishning uslubiy asoslari, makroiqtisodiy jarayonlarning iqtisodiy tahlilini o‘rganish, uni yanada rivojlantirish, takomillashtirish, mavjud imkoniyatlardan to‘liq foydalanish, erishilgan muvaffaqiyatlarni keng yoyish va yo‘lga qo‘yilgan kamchiliklaming sabablarini o‘rganish hamda ularni imkoni boricha tugatishga yordam berishdan iborat. Shunday qilib, makroiqtisodiy tahlilning vazifalariga quyidagilar kiradi: • iqtisodiy tahlil va prognozlashning ilmiy asoslarini o‘rganish; • makroiqtisodiy tahlilning uslubiyoti va usullarini har tomonlama o'rganish; • makroiqtisodiy tahlil va prognozlashning axborot ta’minotini mustahkamlash choralarini ko'rish, kamchiliklarni o‘z vaqtida oldini olish; • real sektorning batafsil o‘rganish asosida rejaning bajarilishiga baho berish; • to‘lov balansining iqtisodiy tahlilga ta’sir qilgan omillar va ularning sabablarini o‘rganish; • budjet-soliq sektorining makroiqtisodiy tahlilini qilish va undagi o'zgarishlarni amaliyotga tatbiq etishni o‘rganish; • pul-kredit sektorining iqtisodiy tahlil qilish va ilg‘or tajribalarga tayangan ho Ida rivojlantirish va mustahkamlashga yordam beradigan tadbirlami ishlab chiqish va amalga oshirish; • bandlik, ishsizlik va inflatsiya darajasining iqtisodiy tahlil yakuniga ko‘ra, ish natijalariga ta’sir qilgan omillar va sabablarni o'rganish; • makroiqtisodiy jarayonlarning kelajak holatini aniqlash, prognoz modellari va usullarini to‘liq o‘rganish; • aniq obyekt misolida prognozlashni amalga oshirishni o‘rga- nish. Bu vazifalaming bajarilishini ta’minlash uchun makroiqtisodiy tahlil obyektiv va aniq bo‘lishi, muntazam o‘tkazilib turilishi lozim. Noxolis va mavhum tahlil natijalarga noto‘g‘ri baho berilishiga. sektorlar faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan noto‘g‘ri takliflar kiritilishiga olib keladi. Makroiqtisodiy tahlil shunday vositadirki, uning yordamida makroiqtisodiy tahlil axborot ta’minoti, real sektor, to‘lov balansi, budjet-soliq siyosati, pul-kredit siyosati, bandlik, ishsizlik va inflatsiya darajalar ustidan nazorat yuritish mumkin boiadi. Bulardan biri mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini tahlil qilish va prognozlashda makroiqtisodiy ko‘rsatkichlami bir xil usul va uslublarda hisoblashdir. Darhaqiqat, mamlakatning iqtisodiy holatini, o‘tkazilayotgan joriy chora-tadbirlaming zarurligini, ularning samarasini baholashda, istiqbolini aniqlashda iqtisodiy tahlil va prognozlash juda katta ahamiyatga ega. Tahlilning muhim vazifa- laridan biri mamlakatda sodir bo‘layotgan jarayonlarni modellash- tirishning sifatini oshirish, o'tkazilayotgan iqtisodiy siyosat natijalarini aniqlashdir. Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash asosiy ilmiy-amaliy yo‘nalishlardan biri bo‘lib, makroiqtisodiy ko‘rsatkichlaming o‘zaro bog‘liq jihatlarini aniqlashga yordam beradi. «Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash» fanining vazifasi milliy iqtisodiyot ko‘rsatkichlarini baholash va monitoring o‘tkazishda foydalanadigan usullar majmuini o‘rganishdir. Shu maqsadda mamlakatimizda ishlab chiqariladigan tovar va xizmatlaming jami hajmini hisoblash, inflatsiya sur’atlarini, ishsizlik darajasini, to‘lov balansi saldosini va valuta almashtiruv kursi ko‘rsatkichlarini tahlil qilish usul va uslublari bayon etilgan. Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash ko‘rsatilgan iqtisodiy agregatlar o‘zgarishlarini tushuntirib, iqtisodiyotda kutilmagan o‘zgarishlaming oldini olish va bu borada tegishli chora-tadbirlar, yo‘nalishlar taklif etish maqsadiga asoslangan. Mamlakatda sodir bo‘ladigan holatlarning aniq tahlili va bu jarayonda zarur bo‘Iadigan iqtisodiy siyosatni ishlab chiqish aniq iqtisodiy va statistik ma’lumotlami izchillik bilan to‘plashni talab etadi. «Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash» fani makroiqtisodiyot doirasida nazariy va amaliy masalalami o‘rganish va uni mo‘tadiI rivojlantirishning yechimlarini topishda hamda «iqtisodiyot» ta’lim yo‘nalishi mutaxassislarining shakllanishida katta ahamiyatga ega. Ushbu fanning yutuq va xulosalaridan mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishning qisqa va uzoq muddatlarga belgilangan dasturlarini ishlab chiqishda keng foydalaniladi. 0 ‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishini prognozlash uchun talabning yuqori boiganligi sababli fanning ahamiyati va uni o‘rganish zarurati katta.
Shunday qilib, «Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash» kursi ichki hamda tashqi sharoitda mamlakatning iqtisodiy ahvolini tahlil qilish usullari va vositalarini; real, budjet va tashqi sektorlar manfaatlarining muvazanatini hisobga oigan holda umuman iqtisodiyot bo‘yicha moliyaviy oqimlarni tartibga solish mexanizmlarini, iqtisodiy rivojlanishni rag‘batlantirish, pul, budjet va valuta siyosati vositalari yordamida nomutanosibliklarga barham berish, mamlakat iqtiso- diyotini barqaror rivojlantirish istiqbollarini belgilash, rejalashtirishni asosi bo‘lgan prognozlashni amalga oshirish, makroiqtisodiy muam- molarga tuzatishlar kiritish maqsadida makroiqtisodiy dasturlami tuzish tamoyillarini o‘rganadi.


Download 73,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish