tо‘g‘ri
keladigan
shaklda
iqtisodiy
ma’lumotlarni tuzish va berish
imkonini beradi.
MHT
makroiqtisodiy
ma’lumotlarni qayta ishlash va
ularni
makroiqtisodiy
tahlil
ehtiyojlari uchun kerakli shaklga tizimli ravishda keltirishga imkon beruvchi buxgalteriya
hisobining tizimi sifatida ishlab chiqilgan. U milliy iqtisodiyot kо‘rsatkichlari tahlilida,
baholashda va monitoringida muhim rol о‘ynovchi axborotning uzluksiz oqimini tashkil
etish uchun xalqaro hamjamiyat tan olgan asosdan iborat.
1.4. Makroiqtisodiy tahlildan foydalanish sohalari
1. Makroiqtisodiy tahlil.
2. Turli davrlar uchun ma’lumotlarning solishtirma tahlili.
3. Mamlakatlararo yoki о‘zaro tahlil.
Turli mamlakatlar bо‘yicha ma’lumotlarni taqqoslash. MHT xalqaro tashkilotlar
tomonidan foydalaniladi, ta’riflanish va tasniflanishning tegishli xalqaro andozalarga tо‘g‘ri
keladigan ma’lumotlarni berishga imkon beradi. Bu ma’lumotlar asosida XVFga a’zo
mamlakatlarining kvotalarini hisoblashda imtiyozli yordamga
huquqlar haqida qarorlar qabul qilinadi. Umuman olganda,
mamlakatlararo tahlil turli mamlakatlardagi iqtisodiy holatni
taqqoslash uchun qо‘llaniladi.
Markaziy rejalashtirishda pirovard ishlab chiqarish
hajmini baholash uchun boshqa tizim – Moddiy Mahsulot
Tizimi (MMT) ishlab chiqarish, uning doirasida ishlab
chiqarish yalpi hajmi kо‘rsatkichi bо‘lib moddiy ishlab
chiqarishning sof mahsuloti xizmat qilgan. MMTning
MHTdan asosiy farqi shundaki, MMTda amortizatsiya va nomoddiy xizmatlar sektorining
qо‘shilgan qiymati hisobga olinmagan.
MHTda iqtisodiyotning 5 ta asosiy sektori farqlanadi: uy xо‘jaliklari, korxonalar,
moliyaviy sektor, hukumat va tashqi sektor.
Qo’shimcha ma’lumot
Birinchi chorak yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston iqtisodiyoti kuchli o‘sish
trayektoriyasiga qaytadi. Yalpi ichki mahsulot (YaIM) 2021 yilning dastlabki uch oyida 3%
ga oshdi. O‘zbekistonda inflyasiya darajasi pasayishda davom etmoqda, narxlarning
ko‘tarilishi birinchi chorakda 2,5% ni, 2020 yilning shu davriga nisbatan esa - 2,8% ni
tashkil etdi. Biroq, inflyasiyaning asosiy omili oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining
ko‘tarilishi bo‘lib, ular 2020 yil dekabrga nisbatan 3,1 foizga o‘sdi, shu bilan birga o‘tgan
yilning shu davriga nisbatan pasayish kuzatildi (2020 yilning dastlabki 3 oyida 4,3 foizga).
Nooziq-ovqat mahsulotlari narxlarining o‘sishi 1,7% darajasida saqlanib qoldi, ammo
xizmatlar narxi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan tez sur’atlarda o‘sdi - o‘tgan yilning shu
davri nisbatan 2,7%, joriy yilning dastlabki uch oyida 1,5%.
O‘zbekistonning iqtisodiy rivojlanishiga global inqiroz ta’sir ko‘rsatmoqda, bu o‘tgan
yilning birinchi choragiga nisbatan iqtisodiyotning ayrim tarmoqlari o‘sish sur’atlarining
pasayishida ifodalanadi, tashqi savdoning pasayishida (bu asosan oltin eksportining
to‘xtashi bilan bog‘liq) o‘z aksini topmoqda. Umuman olganda, O‘zbekiston iqtisodiyoti
inqirozgacha bo‘lgan dinamikaga qaytishga faol intilmoqda.