Mavzu: Makroiqtisodiy ko’rsatgichlar Makroiqtisodiy ko’rsatgichlar o’zi nima va u qanday ifodalanadi? - Makroiqtisodiy ko’rsatgichlar orqali butun iqtisodiyotning holati uning o’sishi yoki pasayishi tahlil qilinib, xulosa chiqariladi ular yordamida davlat o’z iqtisodiy siyosatini belgilaydi.
- Butun milliy iqtisodiyotning holatini tavsiflovchi muhim makroiqtisodiy ko’rsatkichlar – yalpi milliy mahsulot (YaMM), yalpi ichki mahsulot (YaIM), sof milliy mahsulot (SMM), milliy daromad (MD), ishchi kuchi bandligi, ishsizlik , inflyatsiya va Yalpi ichki mahsulot (YaIM)- mamlakat iqtisodiy faoliyatining muayyan davr (oy,chorak,yil) davomidagi umumiy natijalarni tavsiflaydigan ko’rsatkichlar hisoblanadi.
Makroiqtisodiy darajada iqtisodiy o’sishning asosiy ko’rsatkichlari quyidagilardan iborat:
1
- YaIM va milliy daromadning mutloq hajmi va ning o’sish sur’ati.
2
- YaIM va milliy daromadning aholi jon bo’shiga to’g’ri keladigan miqdori va uning o’sish sur’ati.
3
- YaIM va milliy daromadning iqtisodiy resurs xarajatlari birligi hisobiga to’g’ri keladigan miqdori va uning o’sish sur’ati.
2021-yil (yanvar,iyun) holatiga ko’ra O’zbekistonda makroiqtisodiy ko’rsatkichlar
Yalpi ichki mahsulot
|
318 472,0 mlrd.so’m
|
Sanoat mahsuloti
|
200 060,6 mlrd.so’m
|
Qishloq,o’rmon va baliq xo’jaligi
|
116 618,2 mlrd.so’m
|
Chakana savdo tavar aylanmasi
|
104 381,6 mlrd.so’m
|
Tashqi savdo aylanmasi
|
18 012,8 mln AQSH. dollar
|
Eksport
|
7 055,5 mln AQSH. dollar
|
Import
|
10 957,4 mln AQSH. dollar
| 2021 yilning yanvar-iyun oylarida O’zbekiston Korxonalari tomonidan 200,1 trln so’mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi va 2020 yilning mos davriga nisbatan 8,5 foizga o’sishi kuzatildi. - Davlat statistika qo’mitasiga ko’ra, jami sanoat ishlab chiqarish fizik hajmi ortishining asosiy omili:
- Tog’-kon sanoati va oshiq konlarda ishlash – 7,5 foiz:
- Ishlab chiqaradigan (qayta ishlash ) sanoatining – 8,6 foiz:
- Elektr, gaz,bug’ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalashning - 12,1 foiz:
- Suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig’ish va utilizatsiya qilish 3,5 foizga o’sishi bo’lib xizmat qildi.
O‘zbekistonda 2020-yilning yanvar–sentabr oylarida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 180,1 trillion so‘mni yoki 2019-yilning mos davriga nisbatan 103,4 foizni tashkil qildi. Jumladan, dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va ushbu sohalarda ko‘rsatilgan xizmatlar 174,8 trillion so‘mni, o‘rmon xo‘jaligi 4,5 trillion so‘mni, baliqchilik xo‘jaligi 0,8 trillion so‘mni tashkil qildi. YaIM tarkibida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining ulushi 25,7 foizni tashkil etdi. Yanvar–sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)lari umumiy hajmining 97,1 foizi — dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va ushbu sohalarda ko‘rsatilgan xizmatlar, 2,5 foizi — o‘rmon xo‘jaligi, 0,4 foizi— baliq xo‘jaligi hissasiga to‘g‘ri keladi. 2021-yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 28,2 milliard dollarga teng bo‘ldi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Eksport
Import
Tashqi savdo aylanmasi
Eksport
Import
Savdo balansi
Eksport hajmi: - Tashqi savdo aylanmasida eksport hajmi 10,3 milliard dollarni tashkil etgan:
- Sanoat mahsulotlari – 3,1 milliard dollar;
- Xizmatlar – 1,8 milliard dollar;
- Oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar – 921,3 million dollar;
- Kimyoviy mahsulotlar – 741,7 million dollar;
- Mineral yoqilg‘ilar va moylash mahsulotlari – 636,5 million dollar;
- Turli tayyor mahsulotlar – 574,2 million dollar;
- Mashina va asbob-uskunalar – 492,4 million dollar;
- Nooziq-ovqat mahsulotlari – 388,1 million dollar.
Import hajmi: - Import hajmi esa 17,9 millard dollarga yetgan:
- Mashina va transport asbob-uskunalari – 6 milliard dollar;
- Sanoat mahsulotlari – 3,3 milliard dollar;
- Kimyoviy mahsulotlar – 2,5 milliard dollar;
- Oziq-ovqat mahsulotlari – 1,7 milliard dollar;
- Xizmatlar – 1,2 milliard dollar;
- Turli tayyor mahsulotlar – 1 milliard dollar;
- Mineral yoqilgilar va moylash mahsulotlari – 900 million dollar;
- Nooziq-ovqat mahsulotlari – 881 million dollar.
Do'stlaringiz bilan baham: |