Mavzu: Majburiy tebranishlar.
Rezonans.
. Erkin tebranishlar o’zini kо'pmi vaqt о'tgandan keyin
bora-bоrа to'xtaydi, shu sababli ulardan amalda
kamdan-kam foydalaniladi. Istalgancha uzoq vaqt
davom eta oladigan so'nmas tebranishlar esa katta
amaliy ahamiyatga ega.
So'nmaydigan tebranishlarni hosil qilishning eng oson
usuli sistemaga tashqi davriy ravishda о'zgarib
turuvchi kuch bilan ta'sir etishdir.
Tebranishlar
Tebranuvchi sistemada davriy ravishda о'zgaruvchi tashqi
kuch majbur etuvchi kuch ta'sirida sodir bо'ladigan
so'nmovchi tebranishga majburiy tebranish deyiladi.
Majburiy tebranish so’nmaydigan tebranishdan iborat
bo'lgani uchun bir garmonik tebranishdan iboratdir.
Majburiy tebranishning amplitudasi tebranayotgan
sistemaning xossalariga, majburiy kuchning amplitudasi va
chastotasiga, hamda sistema xususiy chastotasining
nisbatiga bog'liq bо'ladi. Sistemaga ta'sir qiluvchi majburiy
kuchning chastotasi о'zgarganida uning amplitudasi ham
о'zgaradi. Davriy ravishda о'zgaruvchi majburiy kuchning
chastotasi sistemaning xususiy chastotasiga yaqinlashishi
bilan majburiy tebranishning amplitudasi ortadi va
chastotalar teng bо'lganda u maksimal qiymatga erishadi
Tebranayotgan sistemaga ta'sir qiluvchi davriy
о'zgaruvchi majburiy kuchning chastotasi sistemaning
хususiy tebranish chastotasiga tenglashganda
majburiy tebranish amplitudasining keskin о'sishiga
rezonans deyiladi.
Ma'lum bо'lishicha, sistema tebranishlar
amplitudasining qiymati rezonans vaqtidagi
muhitning qarshilik vа ishqalanish kиchlariga kuchli
bog'liq bo'lar ekan Bu kuchlar qancha kichik bо'lsa,
sistema rezonans tebranishining amplitudasi shuncha
katta bo'lib, hatto butun tebranuvchi sistemani buzib
уuboroshi mumkin ekan.
Rezonans hodisasi tabiat va texnikada katta amaliy
ahamiyalga ega. Rezonans hodisas faqat mexanik
hodisalardagina emas, hatto elektrotexnikada,
optikada va yadro fizikasida ham foydalaniladi.
Radiopriyomnik, televizor va hokazolarning ishlashi
rezonans hodisasiga asoslangandir.
Rezonans hodisasi ko'pincha zarar ham kеltiradi.
Masalan, ma'lum tovush chastotalarida bа'zan
radiopriyomnik korpusi titraydi, ritmik ravishda
ishlaydigan mashinalarda о'rnatilgan fundamentlar
parchalanishi va buzilishi mumkin. Aviatsiyada
rezonans hodisasi samolyotlarni раrchalab yuborishi
mumkin. Shuning uchun ham rezonans hodisasi zarar
keltiradigan joylarda nazariya va tajribalar yordamida
rezonans hosil bo'lishining oldini olish rnumkin.
Savollar:
1 Erkin tebranishlarni so’nmaydigan tebranishlarga
aylantirish uchun nima qilish kerak?
2 Qanday tebranishlarga majburiy tebranish deyiladi?
3 Rezonans hodisasi qanday sharoitda vujudga keladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |