Sana________________
Guruh_______________
Mavzu: Maishiy asboblar
O'yin mashg'ulotining maqsadlari:
talimiy: tarbiyalanuvchilarga maishiy texnikaning ahamiyatini tushuntirish, ularda xotira, fikrlash, tasavvurni kengaytirish;
rivojlantiruvchi: bolalarning ilm-fanga bo'lgan qiziqishlarini oshirish, ularning nutqi rivojlanishiga yordam berish;
tarbiyaviy: maishiy texnika bilan ishlaganda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish, jihozlardan ehtiyot bolib foydalanish.
Tarbiyachi: - U kim, bu nima deb savol berishni yaxshi koradigan bolajonlar, assalomu alaykum!
Bu safargi o'yin mashg'ulotimiz maishiy asboblarni organishga bagishlanadi. Qani, kimning uyida qanday maishiy asboblar bor?
1-bola: - Biznikida dazmol bor.
2-bola: - Biznikida changyutkich bor.
3-bola: - Biznikida suv qaynatkich, muzlatkich bor.
4-bola: - Biznikida televizor, kompyuter bor.
Tarbiyachi: -Bolajonlar, qarang, deyarli hammamizning uyimizda kamida uch-torttadan maishiy asbob bor. Bugungi kelib maishiy asboblar hayotimizning ajralmas qismiga aylanib ulgurdi. Chunki ulardan togri foydalansak, bizga kop yordam beradi. Endi, tasavvur qiling-a, bir kun chiroq ochib maishiy asboblardan foydalanolmay qolsak nima boladi?
5-bola: - Muzlatkichdagi oziq-ovqatlar erib ketadi.
6-bola: - Kiyimlarimiz dazmollanmay qoladi.
7-bola: - Oyim bizga sharbat chiqarib berolmaydilar. Kir ham yuvolmaydilar.
8-bola: - Biz televizordan sevimli multfilmlarimizni ko'rolmay qolamiz.
Tarbiyachi: - Ana kordingizmi, bolajonlar, biz maishiy asboblarsiz qiynalib qolamiz. Hozir bizni fan va tabiat markaziga yong'in ochiruvchi akangiz ham kelibdilar qani, ularni eshitaylik-chi, qanday gaplari bor ekan.
Yong'in o'chirish xodimi: - Assalomu alaykum, bolajonlar! Bilasizlarmi, har bir maishiy asbobning oz ishlatish qonun-qoidasi boladi. Ayrim to'polonchi bolalar elektr toki ulanadigan joyga mix tiqib koradi, yana kimdir oyisining soch dazmolidan foydalanib, uni o'chirishni esidan chiqarib qoyadi. Ayrimlar esa ozicha kiyimini dazmol qilib, dazmolni yoniq holda qoldiradi, yana kimdir gaz oynaydi. Bularning hammasi hayot uchun xavfli.
Axir maishiy asboblarning kopi elektr tokiga ulanadi. Shuning uchun uyda ota-onangiz bolmagan vaqtda texnika asboblaridan foydalanmang.
Hozir etiboringizni monitorga qarating, u yerda yongin oqibatida kuyib qolgan bolalarni korishingiz mumkin. Sizlar bilan bunday holat sodir bolmasligi uchun esa kattalar yogida ozingiz maishiy asboblarni yoqmang.
Tarbiyachi: - Ajoyib tavsiyalar uchun sizga katta rahmat. Bolajonlar, endi sizlar bilan til va nutq markazida oyin oynaymiz.
Men bitta harakatning nomini aytaman, siz esa o'sha harakat nimaga tegishli ekanini topishingiz kerak.
U kir yuvadi - kir yuvish mashinasi.
Unda oziq-ovqatlar muzdek saqlanadi - muzlatkich.
U uydagi hamma changlarni oziga yutib oladi - changyutkich.
Kiyimlarimiz uning yordami bilan tekis boladi - dazmol.
Biz har kuni ertalab va kechqurun uni tomosha qilamiz -televizor.
Unda choy qaynaydi - suv qaynatkich.
U go'shtni maydalab beradi - go'sht qiymalagich.
Tarbiyachi: - Barakalla, bolajonlar, sizlar juda to'g'ri javob berdinglar. Endi esa men so'zlarni ketma-ketligini almashtirib qoyib oqiyman, sizlar uni togri ketma- ketlikda joylashingiz kerak.
Sotib oldik biz changyutkich yangi.
Biz yangi changyutkich sotib oldik.
Oshxonada turibdi muzlatkich katta. Oshxonada katta muzlatkich turibdi.
Tikdi oyim mashinasida tikuv ko'ylak. Oyim tikuv mashinasida ko'ylak tikdi.
Tarbiyachi: - Aqlli bolajonlarim, endi esa men maishiy asbobni birlikda aytaman, sizlar esa uni ko`plikda aytishingiz kerak.
Televizor – televizorlar
Muzlatkich - muzlatkichlar
Changyutkich - changyutkichlar
Radio - radiolar
Dazmol - dazmollar
Kompyuter - kompyuterlar.
Tarbiyachi: - Bolalar, uyga topshiriq sifatida uyingiz- dagi bitta maishiy asbobning rasmini chizib kelasizlar va uning nima uchun kerakligini tushuntinb berasizlar.
Sana____________
Guruh_____________
Mavzu: Idishlarni e'zozlash
Maqsad: Bolalarni narsa buyumlarini qadrlashga, extiyot qilishga, ezozlashga orgatib borish.
Talimiy maqsad: Bolalarni vatanga bolgan mexr muxabbatlarini, uni ardoqlashga, oila azolariga
xurmat, dostlarga sadoqat kichiklarga esa izzatda bolishga orgatish.
Tarbiyaviy: Bolalarni nutqini rivojlantirish, soz boyligini oshirish, uy rozgor buyumlari bilan
tanishtirish ularni extiyot qilishga ezozlashga orgatish.
Rivojlantiruvchi: mustaqil fikirlash qobiliyatini ostirish.
Kerakli jihozlar: oyinchoq idishlar jamlanmasi,mavzu asosida rasmlar.
Mashgulotning borishi:
Tarbiyachi: bolalar bizning vatanimiz qayer?
Bolalar: Ozbekiston respublikasi
Tarbiyachi: . Bolajonlar buyuk tarixga ega Ozbek xalqimiz. Ajdodlarimiz ananalari va ogitlari
bilan yashaymiz. Ozbek oilasi borki mexmon kutishni yaxshi koradi.mexmonlar oldiga dasturxon
tuzaydi shirinligu nonlarni maxsus idishlarga soladi.
Tarbiyachi: . Siziraga topishmoq aytaman sizlar javobini topasiz. Topishmoqlar javobini
oyinchoq ilishlar ichidan topishingiz va ularni nomlarini ozbek va rus tilida aytasiz. Stol ustiga
oshxona byumlarini qoygan xolatda topishmoqni aytaman.
1. Kosaga shoshib qaytadi
Ogzga borib yetadi.
Bolalar: Qoshiq (lojki)
2. Laylak uyda, quyrugi ziyoda
Bolalar: Chomich (polovnik)
Oyin shu tarzda davom etadi.
Tarbiyachi: . Bolajonlar sizlar oyindajuda faol qatnashdingiz, kelinglar ayni paytda yana bir
oyinni oynaymiz. Idishlarning xurmarti deb nomlanadi.
Tarbiyachi. Idishlar nomini aytadi bolalar esa ularni xurmatini aytib beradi.
Tarbiyachi: Choynak
Bolalar: choy qaynatadi.
Tarbiyachi: Qozon
Bolalar: Ovqat pishiradi
Tarbiyachi: piyola
Bolalar: Choy quyuladi.
Tarbiyachi: savat
Bolalar: meva sabzavotlar solinadi.
Bolalar bir joyda otirganligi sababli jismoniy mashq bajarishadi
Jisoniy daqiqa:
Tarbiyachi: xamma oz joyini egallasin. Raxmat bolajonlar sizidar men bergan barcha
savollarimga togri javob berdinglar. Xammanglarga raxmat sizlar epchil chaqqon zexinli bolalar
ekansizlar. Oshxona jihozlarini doim extiyotkoronalik bilan foydalaninglar. Kattalar ruxsatisiz
kesuvchi narsalarga tegmanglar. Uyda xam bogchadaxam shu tartibga amal qilinglir.
Xamma bolalar aktiv qatnashdinglar. Xammangizga raxmat.
Barcha faol qatnashgan bolalarni rag`batlantirdik.
Sana____________
Guruh____________
Mavzu: O'zbek xalq idishlari
Maqsad: bolalarni xalq amaliy sanati bilan tanishtirish, milliy naqshlar haqidagi bilimlarini boyitish bilan birgalikda qol motorikasini yaxshilash ijodkorlik ruhini shakllantirish, ro'zg'ordagi idishlar bilan tanishtirish, jamoa bolib ishlashga , o'zi bajargan ishlardan zavqlana olish hissini uygotish. O'zbek milliy sanatiga nisbatan mehr-muhabbatinin oshirish, togri va tolqinsimon naqsh turlarini chizish malakasini mustahkamlash.
Kerakli jihozlar: idish rasmlari, turli naqshlar namunasi
Mashgulotning borishi:
Tarbiyachi: Bugun sizlarga topishmoq aytaman.
Roparade turibti
Yuzi dumaloq loppi
Bir qulogI bor, bir burni
Boshiga kiygan doppi
Bolalar javobi: (Choynak)
Tarbiyachi: yana bitta topishmoq aytaman
Ona - bola yemas-ichmas
Dasturxondan nari ketmas
Bolalar javobi: (Choynak piyola)
Shu payt eshikdan Zumradoy va Qimmatoylar kirib keladi.
Bolalar salomlashadi
Tarbiyachi: Bolalar guruhimizga mehmonlar tashrif buyurdilar uymizga mehmon kelsa nima qilamiz?
Bolalar:
Tarbiyachi: kelinglar biz ham mehmonlarni dasturxonga taklif etamiz buning uchun nima qilish kerak?
Bolalar: Dasturxon yozib choy idishlari, qandlar qoyiladi.
Tarbiyachi: mehmonlarga choy quyib uzatamiz.
Qimmatoy: ustoz bu piyola qanday tayyorlangan?
Tarbiyachi: Bolajonlar aytingchi choynak va piyola bizga nima uchun kerak?
Bolalar: choynak coyni damlash uchun, piyola esa choyni ichish uchun kerak boladi.
Tarbiyachi: Togri topdingiz kop yillardan beri choynak piyolalar bizga xizmat qiladi choydan tashqari shifobaxsh giyohlarni, dorivor osimliklarni ham damlar ichamiz. Bu choynak , piyolalar turmush hayotimizda juda kop ishlatiladi. Ular ona yurtimizning tuprogidan tayyorlanadi. Tuproqdan tayyorlanadi va unga kop ishlov beriladi. Unga shakl berilib maxsus issiqlikda pishirib, chiroyli va bejirim choynak va piyolalar yasaladi.
Qimmatoy: Ha tushundim, loydan shunday chiroyli idishlar tayyorlansa-ya
Bolalar: biz loy mashgulotlarida xar xil idishlar yasaganmiz.
Zumradoy: Qimmatoy mana bu choynak va piyolani bezagini qara qanday chiroyli ekan.
Tarbiyachi: Ha bolajonlar idishlar maxsus issiqlikdan chiqqandan song naqqoshlarimizning ishi boshlanadi.
Qimmatoy: nashq nima ?
Tarbiyachi: naqsh milliy sanat turlaridan biri bolib gazlamalarga yog'ochlarga va chinni idishlarga tovoqlarga bezak sifatida ishlatiladi.
⚜️Milliy naqshlardan yurtimizning tarixiy obidalarida juda kop foydalanilgan. Ular golzalligi, betakrorligi sababli umrboqiy hisoblanadi.
✅ Naqshlardan milliy hunarmandchilikda, o'ymakorlikda kop foydalaniladi. Naqshlar to'gri va tolqinsimon chiziqlardan tashkil topadi va kopgina buyumlarga bezak berishda foydalaniladi.
✅ Masalan mana bu sochiqlar, sochiqlarning chetlari tolqinsimon, togri va doira shaklda bezatilgan. Idishlar ularni paxta gulli atlas nusxada mayday gulli idishlarni tarbiyachi bniloan birgalikda kuzatadi. Bu naqshlarda milliy boyligimiz paxta atlas aks ettirilgan.
O'yin: Sherigini top
O'yinning borishi: bolalar ikki guruhga bolinadi quti ichida oshxona jihozlari va idish tovoqlar saralab oladi. Song song tayyor piyola shaklli bolalarga tarqatib beriladi. Bolalar oz hohishiga kora naqshlar bilan bezatadilar. Idishlar jamlanmasini Zumradoy va Qimmatoyga sovga qilinadi. Zumradoy bolalarning ishlaridan hursandligini bildirib hayrlashadi.
Sana______________
Guruh_____________
Mavzu: Idishlar.
O'yin mashgulotining maqsadlari:
talimiy: buyumlar haqida tushuncha berish, atrofi olam bilan tanishtirish;
rivojlantiruvchi: bolalarning nutqini rivojlantirish va oshxona jihozlari borasidagi kuzatuvlarini oydinlashtirish;
tarbiyaviy: bolalarga idishlarning vazifasi haqida malumot berish, tozalikka orgatish.
Tarbiyachi: - Bolajonlar, ertalab kelsam, fan va tabiat markazida bir qancha buyumlar paydo bolibdi. Uni bizga xat tashuvchi amaki tashlab ketibdi. Ularni ajratishga qiynaldim, sizlardan menga yordam berishingizni iltimos qilaman.
Qolingizdagi kartochkalarda nechta buyumning rasmi tasvirlangan bolsa va men necha marta qarsak chalsam, tartib boyicha osha stol yoniga borasiz. Demak, yana bir bor tushuntiraman, bir marta qarsak chalsam, bitta buyumli rasm bolsa, birinchi stol yoniga borasiz, 2 ta buyumning rasmi bor bolalar ikkinchi, 3 ta buyumning rasmi bor bolalar uchinchi stol yoniga borasizlar.
(Bolalar tarbiyachining topshirigi asosida tegishli stol yoniga borgach, ulardan stol ustidagi buyumlarga etibor berish, buyumlarni ushlab korish va ular haqida gapirib berish vazifasi topshiriladi.)
Tarbiyachi: - Birinchi stolda yogochdan yasalgan buyumlar mavjud. Bolalarga ushbu buyumlarning nomlarini aytish taklif etiladi va quyidagi yonaltiruvchi savollar beriladi: Bu buyumlar nimadan tayyorlangan? Bu buyumlar sinadimi? Yengilmi yoki ogirmi?
Ikkinchi stolda chinnidan yasalgan buyumlar mavjud bolib, bolalarga savollar beriladi: bu buyumlar nimadan tayyorlangan? Bu buyumlar sinadimi? Yengilmi yoki ogir?
Uchinchi stolda yelimdan yasalgan buyumlar mavjud bolib, savollarga javob olinadi: bu buyumlar nimadan tayyorlangan? Bu buyumlar sinadimi? Yengilmi yoki ogir?
(Savol-javoblardan song bolalarning flkr-mulohazalari xulosalanadi).
Demak, birinchi stoldagi narsalar yogoch buyumlar, ikkinchi stoldagi narsalar chinni buyumlar, uchinchi stoldagi narsalar yelim buyumlar ekan.
Tarbiyachi: - Endi birinchi stol yonidagi bolalar ikkinchi stolga, ikkinchi stol yonidagi bolalar uchinchi stolga, uchinchi stol bolalari birinchi stolga otib olamiz va u yerdagi buyumlar haqida bildirilgan fikrlarni toldiramiz.
🌸TETIKLASHTIRUVCHI MASHQ
Kuzda shamol esadi,
Daraxt bargin tokadi.
Quyosh boradi botib,
Tush korar edi yotib.
Bolalar nahorgacha,
Ayiqlar bahorgacha.
Eslatma: Sherga mos harakatlar tarbiyachi tomonidan korsatiladi va bolalar bilan birgalikda bajariladi.
Tarbiyachi: - Juda yaxshi. Endi sizlar bilan til va nutq markazida «Ha», «Yoq» oyinini oynaymiz. Berilgan savollarga faqat «ha» yoki «yoq» deb javob berasiz.
✅ Men bir narsani berkitib qoydim. Unda choy damlanadi.
U chinnidan yasalganmi?
Uning shakli uchburchakmi?
Unga qaynoq suv solish mumkinmi?
Uni oynash mumkinmi?
U choynakmi?
Menda bir idish bor. Juda yengil.
❓ Uni olovga tutsak eriydimi?
❓Tashlab yuborsak, sinadimi?
❓U yelimdan yasalganmi?
✅ Bolalar, barcha savollarga togri javob berdingiz.
Bolalar ragbatlantirilib, mashg`ulot yakunlanadi.?
Do'stlaringiz bilan baham: |