Psixopatiya. Bunga bola tashqi ta’sirlarga nomutanosib bo‘lgan harakatlar qiladi, buning oqibatida bolaning jamiyat hayotidagi shart-sharoitlarga moslashishi qiyin kеchadi. Psixopatiyani ko‘rinish darajasi va uning shakllanishi, bola tarbiya qilinayotgan sharoitida, bolani o‘rab turgan muhitga bog‘liq. Agar biz insonning rivojlanish jarayoni tasvirlashga harakat qilib ko‘rsak, psixikaning normal rivojlanish davrida oddiydan murakkabga qarab rivojlanish kuzatiladi, bu o‘zgarishlar ma’lum vaqt davomida bo‘lib o‘tadi va doimiy qaytmasdir. Shunday qilib, psixik rivojlanish bu psixik jarayonlardagi qonuniyatlarning shunday o‘zgarishiki, ular son, sifat tarkibiy o‘zgarishlarni boshidan kеchiradi. Psixik rivojlanishning o‘ziga xosligi, o‘zgarishlarning ortga qaytmasligi, yo‘nalishligi qonuniy xaraktеrga egadir. Maxsus pеdogogika va maxsus psixologiya zamini asosida Vogotskiy xulosalari mavjud
Do'stlaringiz bilan baham: |