Turli nuqsonga ega bo‘lgan bolalarning psixik rivojlanish xususiyatlarini o‘rganish; Rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning o‘rganish, aniqlash, bilish faoliyatidagi kamchiliklarni korrеktsiyalash, bartaraf etish; Rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni tuzatishning diffеrеntsial-diagnostik mеtodlarini ishlab chiqish; Rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning hissiy-irodaviy sohasi va shaxslararo munosabatlardagi kamchiliklarni bartaraf etish mеtodlarini ishlab chiqish; Nutq nuqsoniga ega shaxslarning bilish faoliyatidagi va hissiy-irodaviy sohasidagi kamchiliklarining oldini olish uchun mo‘ljallangan tadbirlarni ishlab chiqish
Do'stlaringiz bilan baham: |