Toshkent kimyo texnologiya instituti Menejment va kasb taʼlimi fakulteti Metrologiya standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti yoʻnalishi 54-20 guruh talabasi Jurayev Odiljonning Mahsulot sifati va gigienasini fanidan tayyorlagan prezentatsiyasi Mavzu: Mahsulotlar qadogʻi va chiqindi muammolari Reja: 1) Mahsulot qadogʻi. 2) Chiqindi muammolari Oziq-ovqat mahsulotlarini qadoqlashning asosiy maqsadi jismoniy himoya. Boshqacha qilib aytganda, birinchi maqsad - qadoqlangan oziq-ovqat mahsulotlarini tashqi omillardan himoya qilish. Qadoqlash oziq-ovqat mahsulotlarining ta'siridan, bosim, harorat va ob-havo sharoitlari, bakteriyalar va qoliplardan himoya qiladi. Shuningdek, u oziq-ovqat mahsulotlarini suv, bug ', chang va shunga o'xshash narsalardan himoya qiladi. EN 15593 Oziq-ovqat mahsulotlarini qadoqlash sertifikati - bu oziq-ovqat ishlab chiqaruvchi kompaniyalar nomidan paketlar va qadoqlarni ishlab chiqaruvchi kompaniyalar zarur gigiena sharoitlariga muvofiq mahsulot ishlab chiqarganligini tasdiqlovchi hujjat. Boshqacha aytganda, EN 15593 sertifikati mahsulotlarni qadoqlash va qadoqlash faoliyati xavfsizligini ta'minlash uchun ishlatiladi. Ushbu standart mamlakatimizdagi Turk Standartlar Instituti tomonidan quyidagi nom bilan nashr etilgan: TS EN 15593 qadoqlash - Oziq-ovqat uchun qadoqlash ishlab chiqarishda gigienani boshqarish - Talablar. Ushbu standart oziq-ovqat mahsulotlarini qadoqlash korxonalari va ularni etkazib beruvchilarni ishlab chiqarish, saqlash va tashish uchun gigiena menejmenti tizimining talablarini qamrab oladi. Har bir xonadondan chiqqan chiqindilar dastlabki yig‘ish punktlarida, ya'ni kvartal va mahallalardagi chiqindixonlarda to‘planadi. «Maxsustrans» mashinalari ularni yig‘ib, qayta yuklash stansiyalariga olib boradi. Toshkent shahridagi uchta ─ Yunusobod, Yakkasaroy va Yashnobod tumanlarida qayta yuklash stansiyalarida ulkan konteynerlarga zichlab joylashtirilgach, ular oxirgi manzil ─ Ohangaron poligoniga olib kelinadi. Chiqindilar uyumi soat sayin ko‘tarilib, Yer sayyorasini qamrab olayotganini bu yerda qisman his qilish mumkin. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, Toshkent shahridan olib chiqiladigan chiqindilar joylashtiriladigan Ohangaron poligonining hududi 59 gektar bo‘lib, o‘tgan asrning 70-yillaridan beri faoliyat yuritadi. Mazkur poligon hududi 98 foizga chiqindi bilan to‘lib bo‘lgan. Bir kunda Toshkent shahrining o‘zidan 2000 tonnagacha chiqindi olib chiqiladi. Bu poligonga respublikaning boshqa hududlariga qaraganda ancha katta hajmda chiqindi olib kelinsa ham, ish jarayoni ancha primitiv tarzda olib boriladi. Hozirda respublika bo‘ylab 221ta chiqindi poligoni mavjud bo‘lib, ularning maydoni 0,5 gektardan 70-80 gektargacha boradi. Ko‘pchilik poligonlarning foydalanish muddati 20-30 yilni tashkil etadi. Bu poligonlarda chiqindini joylashtirish talablariga o‘z vaqtida yetarli darajada e'tibor berilmagan holda ish olib borilgan. Ekologiya qo‘mitasi vakili Umarjon Abdullayevning axborotiga ko‘ra, mamlakatda mavjud 80dan ortiq chiqindini qayta ishlash korxonalari bir yilda respublika bo‘ylab hosil bo‘ladigan chiqindining 10 foizini qayta ishlaydi. Asosan PET (polietilinteraftalat, ya'ni plastik) idishlar, qog‘oz mahsulotlari, qora va metall buyumlar qayta ishlanadi. Aholi o‘zi saralasa, ish ancha kamayadi, poligonga boradigan chiqindining hajmi ham qisqaradi. 2028 yilgacha qayta ishlanadigan chiqindi miqdorini 60 foizgacha yetkazish vazifasi qo‘yilgan. Agar bir kunda Toshkent shahridan chiqayotgan 2000 tonna chiqindining 60 foizi saralanib, qayta ishlanadigan bo‘lsa, poligonda joy ham tejaladi, ular uzoqroq muddatga xizmat qiladi» Xulosa Men bu oʻrganish jarayonida mahsolotlarni qadoqlash qanchalik muhim ekanligini tushunib yetdim. Chiqindi muammolari oʻrganganimda biz inson zoti artof muhitga qanchalik koʻp ziyon yetkazayotganimizni tushunib yetdim. Foydalanilgan adabiyotlar www. Google. www. Ekologiya.uz www.arxiv.uz Etiboringiz uchun rahmat!!!
Do'stlaringiz bilan baham: |