Mavzu: Mahmud Qoshģariy – turkologiya sohasining asoschisi andijon-2022 mavzu: Mahmud Qoshg’ariy – turkologiya sohasining asoschisi Reja


«Devonu lug`oti-t-turk» asari va uning mazmuni



Download 28,49 Kb.
bet3/3
Sana21.07.2022
Hajmi28,49 Kb.
#833835
1   2   3
Bog'liq
Turkologiya kurs ishi

1.2. «Devonu lug`oti-t-turk» asari va uning mazmuni

Mahmud Koshg`ariyning «Devonu lutoti-t-turk»dan boshqa turk sintaksisiga bag`ishlangan «Javahiru-n-nahv fi lug`ati-t- turk» nomli asari bo`lgan. Ammo u hanuz topilgan emas.


«Devoiu lug`oti-t-turk»da uning qaerda yozilgani qayd etil- magan. Olimlar orasida bu asar Bog`dodda yozilgan degan taxmi- niy fikrlar bor. Lekin muallif o`zining asarida juda ko`p shahar va qishloq nomlarini keltirgan bo`lishiga qaramay, Bog`dod haqida hech narsa yozmaydi. Shunga ko`ra, Mahmud Koshg`a- riy, ehtimol, Bog`dodda umuman bo`lmagandir, lug`at o`sha davr- ning muhim siyosiy va madaniy markazi bo`lgan Koshg`arda yozil- gan bo`lishi mumkin degan fikr ham o`rtaga tashlangan. Bu erda juda yaxshi kutubxonalar bo`lgan va bilimdon filologlar, ta- rixchilar yashagan.
Shu bilan birga «Devonu lug`oti-t-turk»ning O`rta Osiyoning madaiiyat pъllab yashnagan boshqa markazlari - Buxoro, Sa- marqand, Nishopurda yozilgan bo`lishi mumkinligi ham taxmin qilinadi (41,7).
Kitob kolofonida uni ko`chirgan xattot Muhammad ibn Abu- bakr ibn Abulfath Saviy-Damashqiy 664 yil shavvolining yi- girma ettisi dushanba kuni (01.08.1266) «Devonu lug`oti-t- turk»ni muallifning dastxatidan ko`chirib bo`lganini qayd qilgan. U kitob oxirida muallifyaing, ya’ni Mahmud Koshg`a- riyning quyidagi so`zlari bitilgan deydi:
«Kitobning ta’lifi 464 yil jumaduluvlo oyining avvali- da [25.01.1072] boshlandi va to`rt marta nazardan o`tkazib, tuzatib, ko`chirilgandan so`ng 466 yil jumadussoniy oyiningъ o`nida dushanba kuni [10. 02.1074] tugatildi...» (128, 243).
Mahmud Koshg`ariy asarining matnida ushbu lug`at bilan bog`liq yana uch sana keltirilgan. Birinchi sana kitobning ba- g`ishlovi bilan bog`liq. Kitob abbosiylar xalifasi al-Muqga- diyga taqdim etilgan. Ma’lumki, al-Muqgadiy 1075 yil apre- lidan 1094 yil fevraligacha xalifalik qilgan. Lugat esa yuqo- rida qayd qilingan sanalarga ko`ra, 1074 yil fevralda yozib tu- gatilgan.
Xartmanning fikricha, asar yozib tugatilgan vaqt bilan al- Muqtadiy xalifalik qilgan davrning mos kelmasligiga sabab shuki, Mahmud Koshg`ariy 1074 yilda lug`atni yozib tugatgan, asar muqaddimasini esa mazkur xalifa davrida yozib, unga tuh- fa qilgan.
A.V. Kononov boshqa fikrni aytadi, ya’ni lug`at al-Muqta- diyga qayta tuzatish va to`ldirishlardan keyin olib borilgan. Lugatning al-Muqtadiy nomi qayd etilgan bosh sahifalari asarning xalifaga taqdim etilishi oldidan qilingan oxirgi tahrirga tegishli. Chamasi, «Devonu lug`oti-t-turk»ning faqat ayrim qismlari tahrir qilingan va qayta ko`chirilgan bo`lsa kerak. Bu taxmin bizgacha asarning to`la tahrir qilinmagan nus- xasi etib kelgan bo`lishi mumkin degan farazni tasdiqlaydi.
. Asarda keltirilgan ikkinchi sana ushbu tarzda berilgan: «Biz bu kitobni yozganimizda 466 yilning muharrami edi, ilon yili kirdi, bu yildan so`ng 467 yil, ot yili kirdi» (58, 331).
Besim Atalayning ko`rsatishicha, «Devonu lug`oti-t-turk»- ning qo`lyozma nusxasidagi oxirgi sana shunday yozilgan: «470 yil kirdi». Bu so`zlar o`chirilgan va qizil siyoh bilan «oltmish etginchi yil kirdi» deb yozilgan.
466 hijriy yilining muharram oyi melodiy 1073 yil 6 sentyabrda boshlanib 5 oktyabrda tugagan. Ilon yili 469 hijriy yilning ikkinchi yarmi va 470 yilning birinchi yarmiga (1076- 1077) to`g`ri keladi. Lug`atda ko`rsatilgan 466 hijriy yiliga melodiyning 1073 yili mos keladi. Bunga ko`ra asardagi 470 hijriyning 467 hijriyga o`zgartirilishi xatodir.
«Devonu lug`oti-t-turk»dagi ikkinchi sananing 470 yil bo`lishi to`g`riroqdir. Lekin birinchi sana ham noto`g`ri ko`rsatilgan. Hijriy 469 yil muharram oyi 1076 yil avgust-sentyabr oylariga to`g`ri keladi. Bu fikrni lug`atda qayd etilgan uchinchi sana tasdiqlaydi.
Lug`atda «Biz ushbu kitobni yozayotgan to`rtyuz oltmish to`qqizinchi yil nah (nahang) yiliga to`g`ri keldi» deyilgan (128, 116). 469 hijriy yil melodiy 1076-1077 yillardir.
Haqiqatan ham, 469 hijriy yil nahang yilining ikkinchi yarmi va ilon yilining birinchi yarmiga to`gri keladi. Asardagi «466 hijriy muharram» sanasi esa to`g`rilanmay qolib ketgan bo`lishi mumkin.
Zakiy Validiy To`g`an «Devonu lug`oti-t-turk»dagi qayd etilgan sanalarni ko`rib chiqib, shunday xulosaga keladi: «Lu- g`at al-Qoim xalifalik qilgan davrda 1072 yil 25 yanvaridan 1074 yil 10 fevraligacha bo`lgan davrda yozilgan. U 1076-1077 yillarda tahrir qilinib xalifa al-Muqtadiyga hadya qilingan. Demak, 470 hijriy (1077) yili lug`at yozib tugatilgan deyish mumkin».
«Devonu ,tug`oti-t-turk»ningъ tuzilgan va tahrir qilingan vaqti haqida L. Bazin o`zgacha bir fikrni o`rtaga tashlaydi. Uning aytishicha, Mahmud Koshgariy o`z asarini 1072 yil 25 yan- varda yoza boshlagan. Keyinchalik to`rt marotaba tahrir qilib, 1083 yil 27 oktyabrda tugattan. Bu sana al-Muqtadiy hukmron- lik qilgan vaqtga va lug`atning eng so`nggi tahrirlarida ko`rsa- tilgan yillarga mos keladi.
«Devonu lug`oti-t-gurk»ning yaratilish davri haqidagi fikrlar shulardan iborat bo`lib, bu davr 1072-1077 yillarni o`z ichiga olgan degan fikr haqiqatga yaqin ko`rinadi (41,11).
/ " Mahmud Koshg`ariy asari yagona qo`lyozma holida bizgacha etib / kelgan. U 664 hyukriy yil 27 shavvol, melodning 1266 yil 1 av- ■ gustida Mahmud Koshg`ariyning dastxatidan ko`chirilgan. Qo`lyoz- < mani ko`chirgan xattot Muhammad ibn Abubakr ibn Abulfath as- | Saviy ad-Damashqiydir. Qo`lyozma nasx xatida bitilgan bo`lib, \ 319 varavdan iborag. Hozir bu qo`lyozma Istanbuldagi Millag
kutubxonasida, Ali Amiriy fondida 4189 raqami ostida saq- ъ lanmovda.
Mahmud Koshg`ariyning lug`ati juda katta so`z boyligiga ega. Undagi so`zlar o`zakdagi harflarning tartibiga ko`ra joylashti- rilgan. Asar hikmatli so`zlar, maqollar, she’rlar va hikoyalar /! bilan boyitilgan. Mahmud Koshg`ariy asarini sakkiz bobga 4 bo`ladi.
Birinchi bobdan alif bilan boshlanadigan so`zlar o`rin ol- gan. Ikkinchi bobda «sa:lim», ya’ni tarkibida alif, va:v, ya:ъ bo`lmagan so`zlar, uchinchi bobda «muda:’af», ya’ni ikki undoshi bir xil bo`lgan so`zlar, to`rtinchi bobda «misa:l», ya’ni «y» to- vushi bilan boshlangan so`zlar joylashgan. <<3 ava:tu-s-sala:sa», ya’ni qisqa unli sifatida o`qiladigan alif, va:v yoki ya:ъ harf- lari bor so`zlar beshinchi bobga, <<3ava:tu-l-ъarba’a», ya’ni alif, va:v va ya:ъ harflari qisqa unli sifatida va «v», «y» deb o`qiyaadigan so`zlar oltinchi bobga, «G`unna», ya’ni burun tovushli so`zlar etginchi bobga va «al-Jam’ bayna-s-sa:kiiayn», ya’ni ik- ki harakatsiz undoshli so`zlar sakkizinchi bobga kiritilgan. Har bir bob ism va fe’ldan iborat ikki qismga ajragilgan.
«Devonu lug`oti-t-turk» asarida turk qabilalarining yashash joylari, turkiy tillar tasnifi, ularning fonetikasi va gram- matikasiga oid ma’lumotlar, turk xalqlarining tarixi, jug`- rofiyasi, etnografiyasi, she’riyati va og`zaki ijodiga doir xa- barlar, turslarning eng qadimgi dunyo xaritasi berilgak. ;Gъ~ъLug`atga musulmon turklar istiqomat qilgan joylardagi И tog`lar, cho`llar, daryolar, ko`llar va boshqalarning nomlari kiri- ; tilgan. Shuningdek, lug`at turklarning hayot kechirishi uchun za- / rur ashyolar, oziq-ovqat, faxriy unvonlar, lavozimlar, hay- } vonlar, parrandalar va yovvoyi qushlar, o`simliklar, ma’danlar, | oy, hafta kunlari, kasalliklar, tarixiy va afsonaviy qahra- И monlar, bolalar o`yinlari, urug`lar va qabilalarga oid nomlar /| hamda astronomik, anatomik, harbiy va ma’muriy vazifalarga / xos atamalar, xalq taqvimi va boshqa sohalarga taalluqli so`z- И larga boyligi bilan hozirgi zamon kishisiga хИ asrda yashagan И turklarning hayot tarzi haqida ma’lumot beruvchi yagona manba | hisoblanadi.
Mahmud Koshg`ariy bu asarida birinchi bo`lib turk tillari- | ni guruhlarga ajratgan. Bunda u tilning boyligiga, talaffuz- | ning to`g`riligiga va uning fonetik, grammatik belgilariga И asoslangan. Mahmud Koshg`ariy turk til tillarini qiyoslash orqali 1 o`rgangan birinchi olim hisoblanadi.
14
www.зиёуз.cом кутубхонаси
Olim lahjalarning sofligiga ham ahamiyat beradi. U boshqa til vakillari bilan aralashmagan turklarning tili sof va aniqligini, fors va o`zga tillarga aloqador qabilalarning ti- lida o`zgarish va kamchiliklar borligini aytib o`tadi. Mahmud Koshg`ariy: «...tillarning engili o`g`uzcha», - deydi. Bunda u o`guz- chada ba’zi tovushlarning tushib qolishi va engil talaffuz qi- linishini nazarda tutadi. Olim turkiy tillarning ichida xoqo- niya (xoqonliklar) o`lkasida yashovchilarning tili eng ravon til ekanligini ta’kidlaydi (58,66).
Mahmud Koshg`ariy turkiy til va lahjalar orasidagi fone- tik farqlarni juda yaxshi bayon qiladi. Masalan, so`z boshidagi «t-d» mosligiga «tuya» ma’nosidagi «tavay» (turklarda) - «da- vay» (o`g`uzlarda) kabi misollarni keltiradi. So`z boshidagi «y»ning tushib qolishiga «yilig`» (turklarda) - «ilig» (o`g`uz- larda) kabi misollarni beradi.
Turkshunos olim sharqiy guruh tillarida o`zak tarkibida va affikslarda tor unlilar ko`p uchrashini, g`arbiy guruhda esa, aksincha, keng unlilar ustunlik qilishini tegishli misollar bilan bayon qiladi.
Mahmud Kogag`ariy turkiy tillar fonetikasi va grammati- kasi tarixi to`grisida ham ma’lumot berib o`tadi. U arab va uy- gur alifbosi xususida to`xgaladi. Unda turk bo`lmagan xalqlar uchun talaffuz qilish qiyin bo`lgan, faqat turklarning o`ziga xos bo`lgan tovushlar (p, ch, j, n, g, s) haqida, shuningdek, arab alifbosidagi turkiy so`zlarda uchramaydigan tovushlarni ifo- dalovchi ayrim harflar borasida fikr yuritadi.
Mahmud Koshg`ariy fe’ldan yasalgan otlar va ularning yasa- lishini, turk tillarida fe’llarning o`zagi uning buyruq mayli formasi ekanligini bayon qiladi.
U lugatdagi so`zlarni arab tili grammatikasi sxemasiga taqlidan harflarning soniga qarab joylashtiradi: avval ikki harflilar, keyin uch harflilar va h.k. M&hmud Koshg`ariy tur- kiy tillarda so`z tarkibi etti harfdan oshmasligini qayd etib o`tadi. Asardan fe’l, sifat, masdar kabi so`z turkumlari haqida ham qiziqarli ma’lumot olish mumkin.
Lug`atshunos va tilshunos, etnograf va folklorchi, tarixchi va geograf Mahmud Koshg`ariyning «Devonu lug`oti-t-turk» asari qoraxoniylar davrida yashagan turklar, turkmanlar, o`g`uzlar, yag`molar, chig`alay va qirg`izlar haqidagi tarixiy va jug`rofiy ma’lumotlari bilan birga ular tillarining fonetikasi, grammatikasi va leksikasiga oid


Download 28,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish