Mavzu; mahalliy byudjetlarni davlat ijtimoiy siyosatini amalga oshirishdagi o’rni mundarija: kirish I bob mahalliy byudjetning iqtisodiy-nazariy asoslari va byudjet tizimida tutgan o`rni


Mahalliy byudjetning iqtisodiy mohiyati



Download 134,54 Kb.
bet5/13
Sana02.01.2022
Hajmi134,54 Kb.
#311899
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Mahalliy byudjet moliyaviy mexanizmi va boshqaruvini takomillashtirish yo’nalishlari

1.1. Mahalliy byudjetning iqtisodiy mohiyati

Mahalliy byudjet mablag’larning egasi sifatida amaldagi me`yoriy xujjatlarga asoslanib, umumiy hajmi byudjet qonunchiligida belgilangan miqdorda pul mablag’larini ajratadi. Mahalliy byudjet xarajatlariga mablag’lar ajratish davlat hokimiyati, davlat boshqaruv organlari, moliya-kredit idoralari tizimi orqali tegishli mablag’larga ehtiyoj sezilgan paytdan (moliya-yilidan) boshlab ularni sarf xarajat qilgunga qadar bo`lgan butun davr mobaynida yuz beradi.

Mahalliy byudjet obyektiv iqtisodiy kategoriya bo`lib, ikki tomonlama xususiyatga ega. Birinchidan, u iqtisodiyot tarmoqlarini moliyaviy ta`minlashga qaratilgan xarajatlardan iborat. Ikkinchidan, esa bu xarajatlar korxonalarning daromadidan tashkil topadi.

Rivojlangan mamlakatlarda mahalliy byudjet mustaqil ravishda mahalliy soliqlar va yig’imlar hisobiga shakllantiriladi. Bizning respublikamizda ham mahalliy byudjet daromadlarini mahalliy soliqlar va yig’imlar tashkil etadi. Mahalliy byudjetlar umumdavlat iqtisodiy va ijtimoiy vazifalarini amalga oshirishda, birinchi navbatda, ijtimoiy infrastrukturani saqlash va rivojlantirishga davlat mablag’larini taqsimlashda alohida ahamiyatga ega.

So`nggi yigirma-yilliklar davomida bir qator mamlakatlarda iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarning hududiylashuvi kuzatilmoqda. Bu jarayonlarni boshqarish funksiyalari tobora ko`proq markaziy hokimiyat organlaridan hududiy boshqaruv organlariga o`tib bormoqda. XX asrning so`nggi-yillariga kelib butun dunyoda davlat tuzumi va boshqaruvida demokratik tamoyillarning rivojlanishi jadallashdi. Ko`pgina mamlakatlarda demokratik davlat tuzumining majburiy tarkibiy qismi mahalliy o`z-o`zini boshqarish bo`lib, uning mohiyatini aholi qatlamlarining o`zi ular tomonidan erkin asosda saylangan vakillik organlari orqali boshqarishni tashkil qiladi. hududiy vakillik va ijroiya organlariga yuklatilgan funksiyalarni to`laqonli bajarish uchun ular ma`lum darajada mulkiy va moliyaviy-byudjet huquqlariga egadirlar. Bu huquqlarning amalga oshirilishi doirasida hududiy moliyaning o`rni va ahamiyati oshib bormoqda.

Mahaliy hokimiyat organlari faoliyatining asosiy moliyaviy bazasini mahalliy byudjetlar tashkil qiladi. Mahalliy byudjetlar milliy daromadni ko`p pog’onali qayta taqsimlash mahsulini aholiga yetkazishning muhim kanallaridan biridir. Mahalliy byudjetlardan ma`lum darajada mahalliy ishlab chiqarish tarmoqlari, kommunal xo`jalik, hududni obodonlashtirish, keng aholi qatlamlarining normal hayotiy faoliyatini ta`minlovchi xizmatlarni amalga oshiruvchi boshqa bir qator soha va tarmoqlar xarajatlari moliyalashtiriladi.

Mamlakat byudjet tizimi bo`yicha amalga oshiriladigan xarajatlarning 50 foizidan ko`prоq qismi mаhalliy byudjetlar hisobiga to`g’ri keladi. Mahalliy byudjetlar umumdavlat iqtisodiy va ijtimoiy vazifalarini amalga oshirishda, xususan, jamiyat ijtimoiy infratuzilmasini saqlash va rivojlantirishga mo`ljallangan umumdavlat mablag’larini qayta taqsimlashda muhim ahamiyatga ega bo`lib bormoqda. Shu munosabat bilan, mazkur bitiruv malakaviy ishi iqtisodiyotning erkinlashuvi sharoitida O`zbekiston respublikasida mahalliy byudjetlarning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatini, ularning bajaradigan funksiyalarini ochib berish, mahalliy byudjetlar daromadlari va xarajatlari tarkibi va tuzilishini o`rganish, mahalliy byudjetlar daromadlarini barqarorlashtirish va xarajatlarini optimallashtirish masalalarini o`rganishga bag’ishlangаn.

Mahalliy moliya - O`zbekiston Respublikasi mahalliy ma`muriy-hududiy tuzilmalarining naqd va naqdsiz shakldagi pul resurslari va oqimlari yig’indisi bo`lib, mahalliy xo`jalik ehtiyojlarini normal darajada ta`minlashga hamda mahalliy hududdagi aholiga ijtimoiy-madaniy xizmatlarni pul mablag’lari bilan ta`minlashga xizmat qiladi.

Bugungi kunda mahalliy moliya hududiy ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni amalga oshirish quroliga aylanib bormoqda.

Mahalliy moliya tizimining tarkibiga quyidagi bo`g’inlar kiradi:

- mahalliy ahamiyatdagi ishlab chiqarishning rivojlanishiga ta`sir ko`rsatishga;

- aholi bandligining oshishini ta`minlashga;

- hududiy xo`jalik kompleksining uzoq muddatli taraqqiyotini ta`minlovchi soha va tarmoqlarga investitsiyalarni jalb qilishga;

- hududdagi aholining zarur ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi.


1-rasm. Mahalliy moliya tizimi.
Mahalliy byudjetlar, "Byudjet tizimi to`g’risida"gi qonunga muvofiq, Qoraqalpog’iston Respublikasi davlat byudjeti, viloyatlar byudjetlari, viloyatlar byudjetlariga kiruvchi quyi (shahar, tuman) byudjetlarini o`z ichiga oladi. Ularning daromadlari va xarajatlari tarkibi, byudjet jarayoni va byudjet huquqi qonun bilan belgilangan.

Mahalliy maxsus fondlar - mahalliy boshqaruv organlari tomonidan tuziladi va mahalliy ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ehtiyojlarini qo`shimcha pul mablag’lari bilan ta`minlashga xizmat qiladi.

Ularga:

- mahalliy hukumat organlarining maxsus mablag’lar bo`yicha hisobraqami;

- "mahalla fondi" kabilar kiradi.

Xorijiy davlatlarda mahalliy hokimiyat organlari ixtiyoridagi maxsus pul fondlari soni va mahalliy moliya tizimidagi salmog’i ancha yuqori bo`lib, ular avtonom mustaqillikka egaligi, markaziy hukumat tomonidan qattiq nazoratga tortilmasligi, doimiy yoki vaqtinchalik, ayrim ijtimoiy-iqtisodiy maqsadlarni ko`zlab tuzilishi bilan xarakterlanadi.

Mahalliy korxonalar moliyasi - Mahalliy (munitsipal) mulkka asoslangan, mahalliy hokimiyat bo`ysinuvidagi, unitar korxonalar moliyasi bo`lib, ularga quyidagilar kiradi.

- uy-joy kommunal xo`jaligi korxonalari,

- obodonlashtirish korxonalari,

- suv xo`jaligi korxonalari,


- gaz, elektr, issiqlik ta`minoti korxonalari va boshqalar.

Mahalliy byudjetlar davlat byudjetining tegishli viloyat, tuman, shahar pul mablag’lari jamg’armasi bo`lib, ikki pog’onali byudjet tizimining muhim bo`g’ini hisoblanadi. Mahalliy byudjetlarning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati uning funktsiyalarida namoyon bo`ladi. Ular haqida quyidagilarni ta`kidlash mumkin:

  • mahalliy hokimiyat organlari faoliyatining moliyaviy asosini tashkil etuvchi pul fondlarini shakllantirish;

  • bu pul fondlarini hududiy iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohalar o`rtasida qayta taqsimlash va ishlatish;

  • mahalliy hokimiyatga bo`ysinuvchi korxona, tashkilot va muassasalar moliyaviy-xo`jalik faoliyati ustidan nazorat olib borish.

"Byudjet tizimi to`g’risida"gi qonunning 9-moddasiga muvofiq, mahalliy byudjetlar tarkibiga kiruvchi byudjetlar quyidagi byudjetlarni o`z ichiga oladi:

  • Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti - qoraqalpog’iston Respublikasining respublika byudjetini hamda respublikaga bo`ysunuvchi tumanlar va shaarlar byudjetini;

  • Viloyat byudjeti - umumviloyat byudjetini hamda viloyatga bo`ysunuvchi tumanlar va shaharlar byudjetini;

  • Tumanlarga bo`linadigan shahar byudjeti - umumshahar byudjetini hamda shahar tarkibiga kiruvchi tumanlar byudjetlarini;

  • Tarkibida shaharlari bo`lgan tuman byudjeti - umumtuman byudjetini hamda tuman bo`ysunuvidagi shaharlar byudjetlarini huquqiy jihatdan mahalliy byudjetlar byudjet-yili davomida daromad manbalari va ulardan tushumlar miqdori, aniq maqsadlar uchun mo`ljallangan xarajat yo`nalishlari aks ettiriladigan moliyaviy xujjatdir.

O`zbekiston Respublikasi davlat byudjet tizimida mahalliy byudjetlarning tutgan o`rnini quyidagi jadval asosida tahlil etish mumkin.


Download 134,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish