Mustahkam jamiyat asoslari
O’zbekistonning o’z mustaqilligini qo’lga kiritishi bilan ijtimoiyiqtisodiy muammolar yechimida mustaqil faoliyat yuritish imkoniga ega bo’lindi va rivojlanishning o’ziga xos modeli yaratilib, unga ko’ra, bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o’tilishida kuchli ijtimoiy siyosat ustuvor maqsadlardan biriga aylandi.
To’rtinchidan, islohotlarning ikkinchi bosqichida ijtimoiy himoyaning aniq yo’naltirilgan manzilligi ta’minlanib, fuqarolarni o’zini-o’zi boshqarish organlari – mahallalar vositasidan foydalanish mexanizmi ishga tushirildi.
Beshinchidan, respublikamiz aholisini ijtimoiy himoyada mahalliy o’zini-o’zi boshqaruv organlarining mustaqil faoliyati maqsadga muvofiq. deb topildi va qo’llabquvvatlandi.
Oltinchidan, ijtimoiy himoyaning mahalla tizimi o’tish davrida respublikamizda ijtimoiy ta’minot sohasining tartibga solinishiga xizmat qildi.
Jamoalarni shakllanishi haqida E.Munye o’z fikrini bildirar ekan, «Jamoa – uning a’zolari bo’lgandagina mavjud bo’lishi mumkin»,[8] – deb qayd etadi. Darhaqiqat, insonlarni jamoalarga birlashib yashashlari natijasida ijtimoiy ehtiyojlar mutanosibligi iqtisodiy, siyosiy, madaniy, milliy va boshqa qadriyatlar, ko’nikma, ijtimoiy faoliyat va xulq-atvor me’yorlarining uzluksizligi, izchilligi ta’minlandi.
2021/2022 o‘quv yilidan boshlab mahalla xodimlari uchun sirtqi ta’lim bo‘yicha kadrlar tayyorlash tizimi joriy etilishi yuzasidan qabul qilingan Hukumat qarori doirasida turli fikr-munozaralar kuzatilmoqda.
Xo‘sh, aslida, qaror mohiyatan nimani nazarda tutadi?
Birinchidan, berilayotgan mazkur imtiyoz barcha OTMlarga o‘tmaydi, qolaversa barcha yo‘nalishlarga nisbatan ham tatbiq etilmaydi.
Ya’ni, mahalla xodimlari uchun pedagogika va moliya-iqtisod sohalaridagi OTMlarda faqat (e’tibor bering!) “5520100 – Ijtimoiy ish (faoliyatning turli sohalari bo‘yicha)” bakalavriat ta’lim yo‘nalishida sirtqi o‘qish imkoniyati berilmoqda.
Ikkinchidan, ushbu yo‘nalishga imtiyozli ravishda qabul qilingan mahalla xodimlarining o‘qishini boshqa yo‘nalishga ko‘chirishiga ruxsat berilmaydi.
Uchinchidan, bu – mahalla xodimlari (hatto tavsiyanoma olganlari ham) o‘qishga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qabul qilinadi degani emas. Boshqacha aytganda, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tomonidan berilgan tavsiyanomaga ega bo‘lib turib ham, kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tilmasa, mahalla organlari xodimlari talabalikka tavsiya etilmaydi.
To‘rtinchidan, bu bo‘yicha murojaat qilgan har bir mahalla xodimi tavsiyanomali bo‘lib qolmaydi.
Ya’ni, tavsiyanoma olishning belgilangan mezonlari bor. Buning uchun mahalla xodimi:
● egallab turgan lavozimida so‘nggi 1 yil davomida faoliyat yuritayotgan bo‘lishi;
● mahalla tizimida kamida 3 yillik ish stajiga ega bo‘lishi;
● faoliyat yuritayotgan mahalla organi reyting ko‘rsatkichi bo‘yicha “namunali” deb topilgan bo‘lishi kerak.
Qolaversa, mahalla xodimi ijobiy tavsiflanganmi, ish faoliyati ijobiy baholanganmi, unga nisbatan intizomiy jazo choralari qo‘llanilmaganmi – shular ham taviyanoma berishda inobatga olinadi.
Bir so‘z bilan aytganda, mazkur qarordan ko‘zlangan asosiy maqsad mahalla organlarini yetuk va malakali mutaxassislar bilan to‘ldirish, mahalla organlari xodimlariga ish faoliyatini davom ettirgan holda ta’limni ish bilan birga olib borish uchun sharoit yaratib berish ko‘zlangan. Asosiy muddao shu.
natija
javobgarlik
Ma`suliyat
Do'stlaringiz bilan baham: |