Kurs ishining maqsadi: kurs ishida oila va undagi shaxslararo munosabatlar tizimi, oilaviy shaxslararo munosabatlarning bola tarbiyasiga ta’siri, bola faoliyatini oilada tashkillashtirish masalalari, oilada ma’naviy, axloqiy va madaniy malakalarni shakllantirish kabi masalalarni nazariy va amaliy tahlil qilish va yoritish maqsad qilib olingan. Shuningdek,oilada farzandlar tarbiyasining ijtimoiy psixologik moxiyatini, ijtimoiy tasavvurlarning shakllanishida oila muhitining, xususan, ota-onalarning o‘zaro munosabatlari, ularning farzand tarbiyasidagi mas’uliyati hamda har bir oila a’zosining ijtimoiy- psixologik mavqei, oilaviy munosabatlarga tayyorligi xususiyatlarini xam taxlil qilishga e’tibor qaratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |