Mustaqil ish Guruh: 99-19
Bajardi Axmadjonov D.
Qabul qildi: Abdihalikov S.
Magnit-rezonans tomografiya (MRT) — yadro magnit-rezonans hodisasi yordamida ichki organlar va to’qimalarni o’rganish uchun tomografik tibbiy tasvirlarini olishning bir usuli hisoblanadi. Usul atom yadrolarining elektromagnit javobini, odatda vodorod atomi yadrolarining javobini o’lchashga asoslangan. Ya’ni bunda yuqori kuchlanishdagi doimiy magnit maydonda muayyan elektromagnit to’lqinlar ta’siri tufayli yadrolarning qo’zg’alishi qayd etiladi.
Феликс Блох
Эдвард Парселл
Пол Лотербур
Питер Мэнсфилд
Ричард Эрнст
Magnit-rezonans tomografiya (MRT) yadro magnit-rezonansi fenomeniga asoslangan yetakchi diagnostika usullaridan biridir.
MRTning rivojlanish tarixi nisbatan qisqa. 1946 yilda amerikalik olimlar Richard Parsell va Feliks Blox YMR hodisasini - yadro magnit rezonansini kashf etdilar.
1972 yilda professor Po`l Loterbur suyuqlik bilan to'ldirilgan ikkita shisha kapillyarning dunyodagi birinchi YMR tasvirini oldi.
Ushbu rasmni olish uchun 4 soat 45 daqiqa vaqt ketdi (hozirda bunday tasvirni olish uchun bir necha daqiqa vaqt ketadi).
Britaniyalik fizik Piter Mensfild qurilmadan olingan radio signallarni qayta ishlash va keyin ularni tasvirga talqin qilish uchun matematik hisob-kitoblarni ishlab chiqdi.
Hozirgi kunda "yadro magnit rezonansi" atamasi tibbiy amaliyotda deyarli qo'llanilmaydi, u "MRT" bilan almashtirildi. Rentgenologlarning iltimosiga ko'ra va marketing nuqtai nazaridan "yadroviy" sifatdoshi olib tashlandi, chunki u shifokorlar va bemorlar uchun xavfli deb sanalgan va diagno`stikaga tushish istalmagan. (Buning sababi Xirosima va Nagasakidagi fojiali voqealar munosabati bilan paydo bo'lgan "yadro" so'zi bilan salbiy bog'lanishlar edi.)
Tomografiya miya, orqa miya va boshqa ichki organlarni yuqori sifatli vizualizatsiya qilish imkonini beradi. Zamonaviy MRT texnologiyalari organlarning ishini invaziv bo'lmagan (aralashuvsiz) tekshirishga imkon beradi - qon oqimining tezligini, orqa miya suyuqligi oqimini o'lchash, to'qimalarda diffuziya darajasini aniqlash, bosh miya yarimshar po`stlog`i organlar funksiyasini faollashtiradi, buning uchun xar bir po`stloq qism javob beradi.
MRT protsedurasidan oldin va keyin
Skanerlashdan oldin barcha metall buyumlarni olib tashlash, tatuirovka va dorivor plastirlarni tekshirish kerak. MRT tekshiruvining davomiyligi odatda 20-30 daqiqagacha, yoki yanaham ko'proq vaqt talab qilishi mumkin. Xususan, qorin bo'shlig'ini tekshirish miya tekshiruvidan ko'ra ko'proq vaqt talab etadi.
MRT skanerlari baland ovoz chiqaradiganligi sababli, quloqlarni himoya qilish (naushniklar) ishlatilishi kerak. Tadqiqotning ayrim turlari uchun kontrast moddani tomir ichiga yuborish qo'llaniladi.
MRTni buyurishdan oldin bemorlarga skanerlash qanday ma'lumot berishini va u davolash strategiyasiga qanday ta'sir qilishini, MRT uchun kontrendikatsiyalar(противопоказания) bor-yo'qligini, kontrastni qanday maqsadda qo'llashni bilish tavsiya etiladi. Jarayonni boshlashdan oldin: skanerlash qancha davom etadi, qo'ng'iroq tugmasi qayerda va skanerlash paytida xodimlar bilan qanday bog'lanishingiz mumkinligini bilish zarur xisoblanadi