Mavzu: MadAniyat iqtisodiyoti faniga kirish Reja



Download 59,17 Kb.
bet4/9
Sana28.02.2022
Hajmi59,17 Kb.
#474833
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-Мавзу

Iqtisodiy resurslar deganda jamiyat, mamlakat, ayrim korxona va firma, oila ixtiyorida to‘planib, ayni vaqtda mavjud bo‘lgan, tovar ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, ularni iste’molchiga yetkazib berishda va iste’mol jarayonlarida foydalanish mumkin bo‘lgan imkoniyatlar va manbalar tushuniladi. Tabiiy resurslar (er, suv, o‘rmon, yer osti boyliklari), ishchi kuchi resurslari, moddiy resurslar (binolar, stanoklar, mashinalar, asbob-uskunalar, inshootlar, qurilmalar, sotishga tayyor tovarlar, ularning qo‘r-qutlari, pul mablag‘lari va boshqalari) ana shular jumlasidandir.
Iqtisodiy resurslar, ishlab chiqarish va ehtiyojlarni qondirish darajasi o‘rtasidagi doimiy va mustahkam aloqadorlikni quyidagicha ifodalash mumkin:
Cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanib, ishlab chiqarish imkoniyatlarini va binobarin ehtiyojlarni qondirishning darajasini oshirish zarurligi Madaniyat iqtisodiyoti oldiga quyidagi muammolarni qo‘yadi.
1. Ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishning maqbul variantlarini (eng zarur va tejamli turlarini) tanlab olish va resurslarni ko‘proq ishlab chiqarishga jalb qilish.
2. Mavjud resurslarning har bir birligidan tejab-tergab, samarali foydalanish.
3. Fan-texnika yutuqlarini va yangi texnologiyalarni joriy qilib, yangi energiya, material, xom-ashyo turlari, ularning manbalarini topib, foydalanishga jalb qilish, resurslar unumdorligining oshishiga erishish.
Bu muammolarni hal qilish zaruriyati kishilardan chuqur iqtisodiy bilimlarga ega bo‘lishni taqozo qiladi.
 
1.2. MADANIYaT IQTISODIYoTI NAZARIYaSINING FAN SIFATIDA ShAKLLANIShI

Iqtisodiy hayot sirlarini bilish va shu yo‘ldagi faoliyatning asosiy yo‘nalishlarini aniqlashga intilish juda qadim zamonlardan mavjud bo‘lib, bu intilish iqtisodiy faoliyatni tartibga solish, uni kishilarga kerak bo‘lgan tomonga yo‘naltirishga ijobiy ta’sir etish zaruriyatidan kelib chiqqan.


Madaniyat iqtisodiyotiga oid bilimlar antik dunyoning ko‘zga ko‘ringan olimlari Ksenofont, Platon, Aristotel asarlarida, shunigdek qadimgi Misr, Xitoy, Hindiston va Markaziy Osiyo olimlarining asarlarida qarab chiqilgan edi.
Biz uzoqqa bormasdan ming yillar osha bizga yetib kelgan Qur’oni Karimni, hadislarni, Qobusnomani, Ibn Xaldun asarlarinibobolarimiz Abu Ali Ibn Sino, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayxon Beruniy, Alisher Navoiy, Mirzo Ulug‘bek asarlarini o‘qir ekanmiz, ularda insonning yashashi uchun tabiat ehsonlari yetarli emasligi, ijodiy mehnat qilish kerakligi qayta-qayta uqtirilganligiga yana bir karra amin bo‘lamiz. Jumladan, arab mutafakkiri Ibn Xaldun Abduraxmon Abu Zayd (1332-1406)ning Madaniyat iqtisodiyoti bilimlarini rivojlantirishdagi hissasi juda kattadir. Uning 1370 yilda yozilgan «Kitob-ul-ibar» («Ibratli misollar kitobi») asarida dunyoda birinchi bo‘lib tovarning ikki xil xususiyatini – iste’mol qiymati va qiymat tushunchalarini, oddiy va murakkab mehnatni, zaruriy va qo‘shimcha mehnat hamda zaruriy va qo‘shimcha mahsulot tushunchalarini ajrata bildi. Shuningdek, tovarlarni ayirboshlash jarayonida, ular bir-biriga taqqoslanganda mehnatni tenglashtirish shaklida yuzaga chiqishi, ya’ni tovarda gavdalangan mehnatning va uning nafliligini hisobga olinishi ham ta’kidlangan.[2]
Alisher Navoiyning iqtisodiy masalalarga oid g‘oyalari 1482 yilda yozilgan «Vaqfiya» va 1500 yilda yozilgan «Mahbub-ul-qulub» asarlarida bayon etilgan. U kishi mahsulotni uch qismga bo‘lib, birinchi qismini ketgan xarajatga, ikkinchi qismini o‘zining va oilasining ehtiyojlariga, uchinchi qismini esa aholining ijtimoiy manfaatlari uchun sarflashga chaqiradi. Bundan tashqari mahsulotni yaratishda mehnatning roliga va ishlab chiqarish vositalarining ishtirokiga alohida e’tibor beradi. Shu bilan birga boylikni halol mehnat bilan topish, to‘plash va foydalanish zarurligini ta’kidlaydi.[3]
Shunisi muhimki, ular hech bir inson o‘zi uchun zarur bo‘lgan iste’mol buyumlarning barchasini o‘zi yarata olmasligini, shuning uchun bir-biri bilan iqtisodiy aloqada, munosabatda bo‘lishlari ob’ektiv zaruriyat ekanligini ham qayd qilganlar.
Bundan tashqari, ularning asarlarida doimo xo‘jaliklarning barcha turlarida (uy, shahar, davlat) daromad bilan xarajat muvozanatiga katta e’tibor berish lozimligi, pulning mazmuni va uning kelib chiqish sabablari yoritilgan.
Lekin Aristoteldan boshlab butun dunyoning, jumladan O‘rta Osiyoning ko‘pgina olimlari Madaniyat iqtisodiyotini izchil o‘rganish asosida uning ko‘pgina qonun-qoidalarini, tushunchalarini yoritib bergan bo‘lsalar ham, hali Madaniyat iqtisodiyotifan sifatida shakllanmagan edi.
Madaniyat iqtisodiyotimustaqil fan sifatida ko‘pgina mamlakatlarda milliy bozor shakllangan va jahon bozori vujudga kelayotgan davrlarda “siyosiy iqtisod” nomi bilan shakllana boshladi.

Download 59,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish