Bog'liq Mavzu Lyuminessensiya hodisasi va uning qo’llanishi. Reja
H+ + OH- = H2O Neytralizatsiya metodi bilan kislotalar, ishqorlar va shu bilan birga ba’zi tuzlarning miqdori aniqlanadi.
2. Oksidlanish- qaytarilish metodlari (oksidimetriya). Bu metodlar oksidlanish- qaytarilish reaksiyalariga asoslangan. Oksidlovchi eritmalari yordamida qaytaruvchi moddalarning miqdori aniqlanadi va aksincha.
3. Ionlarni qiyin eruvchan birikmalar ko’rinishida cho’ktirishga va kam dissotsilangan kompleksga bog’lashga asoslangan cho’ktirish va kompleks hosil qilish metodlari.
Titrlashning quyidagi usullari farqlanadi:
1) To’g’ri titrlash- reaksiya titrlanayotgan modda bilan ishchi eritma o’rtasida ketgan vaqtda;
2) Teskari titrlash - aniqlanayotgan eritmaga muayan ortiqcha (ammo aniq o’lchangan) miqdordagi ma’lum konsentrasiyali eritma qo’shilgan va bu reaktuvning ortiqchasi ishchi eritma bilan titrlangan vaqtda;
3) O’rinbosarni titrlash- ishchi eritma bilan aniqlanayotgan moddaning biror reaktiv o’rtasidagi reaksiya mahsuloti titrlangan vaqtda;
Hajmlarni o’lchash. Titrimetrik aniqlashlarning muhim tomonlaridan biri reaksiyaga kirishayotgan moddalar hajmini aniq o’lchashdir. Titrlash bajariladigan ishchi eritma hajmi byuretka bilan o’lchanadi. Mikro o’lchashlarda ko’pincha 25, kamroq 50 ml hajmli byuretkalardan foydalaniladi. Titrlangan eritma hajmi Mor pipetkasida o’lchanadi. Titrlangan eritma hajmini aniq olish kerak. Titrlash jarayonida o’zaro ta’sir qiluvchi eritmalar hajmi noto’g’ri olinsa, analiz natijalari aniqligi kamroq bo’ladi [1].
Agar titrlashga juda kam yoki juda ko’p eritma sarflansa, titrlanadigan eritmaning boshqa hajmini olish kerak, toki titrlashga ketgan eritmaning hajmi byuretka umumiy hajmining 1/3 dan 2 /3 gacha qismini tashkil qilsin.
Ishchi eritmalar. Ishchi eritma –deb odatda titrimetrik aniqlash o’tkaziladigan eritmaga aytiladi, ya’ni u bilan titrlanadi.
Ishchi eritma yordamida aniqlash o’tkazish uchun uning aniq konsentrasiyasini bilish kerak. Titrlangan eritmalar (aniq konsentrasiyali eritmalar) tayyorlashning ikkita metodi bor.
1. Analitik tarozida olingan aniq naveska o’lchov kolbasida eritiladi, ya’ni erigan moddaning miqdori va eritmaning hajmi aniq ma’lum bo’lgan eritma tayyorlanadi. Bu holda eritmalar tayyorlangan titrli eritmalar deyiladi.
2. Taxminan kerakli konsentrasiyali eritma tayyorlanadi, aniq konsentrasiyasini esa tayyorlangan titrli boshqa eritma bilan titrlab aniqlanadi. Titrlash natijasida aniq konsentrasiyasi aniqlanadigan titrlangan eritmalar titri aniqlangan eritmalar deyiladi [2].
Ishchi eritmalar, odatda, taxminan kerakli konsentrasiyada tayyorlanadi, ularning aniq konsentrasiyasi esa aniqlanadi.
Titrimetrik analizning asosiy qoidalaridan biri quyidagichadir; analiz qaysi sharoitda bajarilsa, ishchi eritmalarning titri ham shu sharoitda aniqlanishi lozim. Ishchi eritmaning konsentrasiyasini normal konsentrasiya (1l eritmadagi ekvivalent miqdor) yoki titr orqali ifoda qilinadi.
Titrlangan eritmalar olish uchun ko’pincha fiksanallar deb ataluvchi aniq miqdordagi reaktivli kavsharlangan shisha ampulalardan foydalaniladi. Har bir ampulada unda qanday modda va qanday miqdorda borligini ko’rsatuvchi yozuv bo’ladi. Masalan, HCI 0,1g-ekv.
Reaksiyaning tugashini aniqlash. Ravshanki, ishchi eritma bilan titrlanayotgan modda orasidagi reaksiyaning tugash momentini, ya’ni ekvivalentlik nuqtasini aniq belgilash zaruriy shartdir [3]. Reaksiyaning tugashi qanchalik aniq belgilansa, analiz natijasi shunchalik aniq bo’ladi.
Reaksiya tugashini aniqlash uchun indikatorlar deb ataluvchi alohida reaktivlar qo’llaniladi. Ko’pincha indikatorlarning ta’siri shunga olib keladiki, ular titrlanayotgan modda va ishchi eritma o’rtasidagi reaksiya oxirida ishchi eritmaning ozgina ortiqcha miqdori ishtirokida o’zgarishga uchraydi va eritma yoki cho’kmaning rangini o’zgartiradi. Byuretkadan – ishchi eritmadan ma’lum miqdorda quyilganda titrlanayotgan eritma rangi sezilarli o’zgarsa, bunda titrlashning so’ngi nuqtasiga erishildi deyiladi.
Ko’pchilik hollarda indikator aniqlanayotgan modda eritmasiga qo’shiladi va titrlash indikator ishtirokida yuzaga chiqadi. Bu ichki indikatorlardir. Ayrim hollarda boshqacha yo’l tutiladi: titrlash mobaynida titrlanayotgan eritmadan kapillyar bilan bitta tomchidan olinib unga chinni plastinkada bir tomchi indikator qo’shiladi. Shunday qilib, indikator bilan bo’ladigan reaksiya titrlanayotgan eritmadan tashqariga ketadi. Bu holda ishlatiladigan indikatorlar tashqi indikatorlar deyiladi. Har bir titrimetrik analizga alohida indikatorlar bo’ladi.
Aniqlanuvchi modda kislotali yoki asosli bo’yoqlar bilan ekstraksiyalanib katta o’lchamli kation yoki anion tutgan rangli maxsulotga aylantiriladi. Masalan: surma (V)ni avval xlorid kislotali yirik o’lchamli kompleks [SbCl6]- ga bog’lanadi. Kristallik binafsha rangli organik reagent ta’sirida, bu yirik kompleks ionlar birlashib, yiriqroq yorqin rangli ion assotsiatini xosil qiladi.