Mavzu: lug‘at turlari va ulardan foydalanish



Download 28 Kb.
Sana28.04.2022
Hajmi28 Kb.
#588250
Bog'liq
Mavzu


Mavzu: LUG‘AT TURLARI VA ULARDAN FOYDALANISH


Darsning maqsadi:
a) ta’limiy: Ona tili fanining nazariy va amaliy asoslarini o’rganish jarayonida o’quvchilarda
estetik did, estetik ong, ona tilimizga muhabbat, badiiy tafakkur va tasavvurini kamolga yetkazish va barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish.
b) tarbiyaviy: Ona tili fani orqali o’quvchilarga DTS asosida dars berish. Shu bilan bir qatorda
milliy iftihor, qadriyat sifatida e’tirof etish va uni hurmat qilishga o’rgatish.
c) rivojlantiruvchi: O’quvchilarni tafakkur va idrokini kengaytirish, ularni mustaqil fikrlashga o’rgatish.
Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)
Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...
Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz, elga e’tiborsiz (A.Navoiy)
Foydalaniladigan adabiyotlar:
1) «Ona tili» 5-sinf uchun darslik.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish
b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
1-topshiriq. Ona, ota, aka singari so‘zlarning ingliz tilida qanday nomlanishini bilmoqchisiz. Bunday vaqtda qanday lug‘atdan foydalanasiz?
2-topshiriq. Bosh, qora so‘zlarining qanday ma'nolarni ifodalashi haqida qayerdan ma'lumot olishingiz mumkin.

Tildagi barcha so‘zlarning qanday ma'nolarni bildirishini tanishtiruvchi lug‘at izohli lug‘at hisoblanadi.


Bir tildagi so‘z ikkinchi tilda qanday so‘zga teng kelishini ko‘rsatuvchi lug‘at tarjima lug‘ati sanaladi.
So‘zlarning to‘g‘ri yozilishini ko‘rsatuvchi lug‘atga lug‘ati deyiladi.
Lug‘at oldiga qo‘yilgan maqsadiga ko‘ra bir necha turlarga bo‘linadi; izohli lug‘at, tarjima lug‘ati, lug‘ati va boshqalar.
559-mashq. «O‘zbek tilining lug‘ati» dan olingan quyidagi so‘zlarga e'tibor bering, ularning lug‘atga joylashtirilish tartibini belgilang.
Maktab, maktub, malak, malaka, malay, malika, malla, malohat.
560-mashq. «U kim? Bu nima?» bolalar ensiklopediyasidagi Samar­qand maqolasidan keltirilgan parchani o‘qing. Unda nimalarga e'tibor berilganligini ayting.
Qadimiy madaniyat markazlaridan biri Samarqand 2500 yildan ortiqroq tarixga ega. Arxeologik qazilmalardan ma'lum bo‘lishicha, Samarqand dastlab Siyob daryosi sohilida qad ko‘targan. U So‘g‘diyona (So‘g‘d) davlatining poytaxti bo‘lib, so‘g‘dcha Smarakansa (ulug‘ shahar) deb yuritilgan. Yunonlar uni Marokanda deb atashgan...
561-mashq. «Jahon tarixidan hikoyalar» (5-sinf uchun) darsligida berilgan tarixiy atamalarning izohli lug‘atiga diqqat qiling. Ulardan ayrimlarini daftaringizga namunadagidek ko‘chirib yozing. Yana qanday lug‘atlarni bilasiz? Ularda so‘zning qaysi tomonlari hisobga olinadi?
Namuna: Davlat-jamiyatni qonun kuchi bilan boshqaruvchi tashkilot.
Savol va topshiriqlar
1. Izohli lug‘at deb qanday lug‘atga aytiladi?
2. Izohli lug‘atda qora so‘zining qanday ma'nolari berilganini aniqlang?
3.0'zbekcha-ruscha lug‘atdan qora so‘zini toping. Bu lug‘atdagi qora so‘zi bilan izohli lug‘atdagi qora so‘zining izohlanishi o‘rtasidagi farqni ayting.
562-mashq. Uyga topshiriq. Ingliz tih darsligingizda berilgan lug‘atdan so‘zlarni daftaringizga ko‘chirib yozing. Ularning lug‘atga joylashtirilishiga diqqat qiling.
ask so‘ramoq book kitob come kelmoq

IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob.


V. Uyga vazifa.
VI. Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish.
Download 28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish