Bog'liq Logistikaning asosiy holati va tamoyillari.
Mavzu: Logistikaning asosiy holati va tamoyillari.
Reja:
Logistikani amaliyotga joriy etish sharoitlari.
Bozor extiyojini hisoblash.
3.Logistik jarayonlar monitoringida tizimli tahlildan foydalanish.
Logistika – iste‘molchi talablarini ko’proq qanoatlantirish maqsadlarida xomashyo, yarimfabrikatlar, tayyor mahsulotlar va tegishli axborotlarni jamlash, saqlash, ishlab chiqarilgan joydan iste‘mol joyiga tashish va uzatishning texnologik va tejamkor samarali operatsiyalarini rejalashtirish, amalga oshirish va nazorat qilish jarayonidir.
Logistika – keng ma‘noda mikro va makro tizim oldiga qo’yilgan maqsadlarga erishish uchun moddiy, axborot va moliyaviy oqimlarni boshqarish va optimallashtirish haqidagi fan.
Logistika – tor ma‘noda menejmentning umumlashgan vositasi bo’lib, moddiy va servis oqimlar hamda ularga ergashgan axborot va moliyaviy oqimlarni samarali boshqarish orqali biznesning strategik, taktik va operativ maqsadlariga erishish imkoniyatini beradi.
Logistikaning asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:
1.O’zini o’zi tartibga solish (ishlab chiqarishning mutanosibligi).
2.Moslashuvchanlik (xarid va yetkazib berish jadvalriga o’zgartirish kiritish mumkinligi).
3.Zahira hajmini minimallashtirish.
4.Tovar harakatini modellashtirish.
5.Yangi axborot tizimlaridan maksimal foydalanish (kompyuterlashtirish).
6.Resurslar bilan ta‘minotdagi ishonchlilik.
7.Tejamkorlik (iste‘molchida mavjud mahsulot zahirasi darajasini 30-40 foizgacha kamaytirish, axborot xizmati darajasini oshirish).
Logistik oqimlar:
moddiy;
axborot; - servis;
moliyaviy.
Logistikani joriy etish uchun quyidagilarning bo’lishi taqozo etiladi:
raqobatchilik;
mo’l-ko’lchilik (kamyoblikning yo’qligi).
Logistikaning asosiy funksiyalari quyida keltirilgan:
mahsulotni tashishni tashkil etish;
zahiralarni omborlarda saqlash;
zahiralarni optimallashtirish;
moddiy resurslar zahirasini nazorat qilish;
tayyor mahsulotlar zahirasini nazorat qilish;
ortish-tushirish ishlari;
axborot oqimlarini yo’naltirish; - boshqa logistik operatsiyalar
Logistik zanjirning asosida moddiy oqim, ya‘ni logistik jarayonning boshidan oxirigacha harakatda bo’luvchi moddiy resurslar tashkil etadi. Agar moddiy resurslar omborda saqlansa unda ular moddiy zahiraga aylanadi. Moddiy oqim quyidagilarni o’z ichiga oladi:
marketing tadqiqotlari asosida ma‘lum turdagi tovarga bo’lgan talab o’rganiladi;
-so’ng ushbu tovarni ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan moddiy resurslarni qidirish va xarid qilish boshlanadi (joyi, xajmi, sifati va bahosi);
-agar resurs talabga mos kelsa u ishlab chiqruvchining xom-ashyo omboriga tashib keltiriladi;
-so’ng tovar ma‘lum bir texnologiyaga amal qilingan holda ishlab chiqiladi; ishlab chiqarilgan tovar tayyor mahsulot omboriga tashib boriladi;
so’ng tayyor tovar iste‘molchiga yetkaziladi.
Logistikaning funksiyalari va tamoyillari.
Logistika materiallar harakatining har bir bosqichida moddiy oqimlarning ishlashini ta’minlash va tashkil etishni o‘z ichiga oladi. Logistikaning quyidagi funksiyalarga ajratiladi:
— integratsiyalashuvchi
— tovar harakati jarayonini bir butun jarayon sifatida tashkil etadi
— tashkillashtiruvchi
— tovar harakati qatnashchilarini o‘zaro kelishilganligini ta’minlaydi
— boshqaruvchi
— material o‘tkazuvchi tizim parametrlarini belgilangan chegarada ushlab turadi. Integratsiyalashuvchi funksiya. Tovarlarni yetkazib beruvcbidan iste’molchigacha bo'lgan harakati davomida moddiy oqim materiallarni sotib olish, mahsulotni ishlab chiqarish va taqsimlash (sotish) bosqichlaridan o‘tadi. Tovar harakatining har bir bosqichi o'ziga xos xususiyatlar bilan xarakterlanadi va faqat unga tegishli boigan masaialarni yechadi. Lekin ulaming birontasi ham tovar harakati jarayonidan tashqarida mustaqil ko‘rib chiqihshi mumkin emas. Bu jarayonda muhim o‘rinni sotish egallaydi, u ishlab chiqarishning tashkiliy va iqtisodiy xususiyatlarini, materiallar xaridining hajmini va nomenklaturasini hamda bu bosqichlaming bir-biriga munosabatlarini asoslab beradi.
Shu bilan birga tovar harakatining har bir bosqichi o‘z o‘mida ham ishlab chiqarish jarayoniga, ham umuman tovar harakati jarayonining o'tishiga ta’sir o‘tkazadi. Masalan, savdo bozorining kengayishi ishlab chiqarish va xarid qilish hajmining o'sishiga olib keladi. Materiallar yetkazib berilishining vaqtinchahk to'xtashi yoki ularga qo‘yilgan taklifning keskin oshib ketishi, materiallarni katta miqdorda va arzonroq narxda sotib olish hisobiga zaxiralar miqdorining ortib ketishiga olib keladi. Logistika xarid qilish, ishlab chiqarish va sotish bosqichlarini bitta umumiy jarayonga birlashtiradi. Logistika orqaii materiallar oqimini boshqarish bir butun, integratsiyalashgan tizim sifatida amalga oshiriladi, u xomashyo manbalarini qayta ishlashning bir nechta bosqichlarini va tayyor mahsulotni sotishni qamrab oladi. Tizim ostining alohida, lokal masalalaridan ishlab chiqarish tashkilotining global maqsadlariga o‘tish amalga oshiriladi. Tashkillashtiruvchi funksiya. Tovar harakati jarayonida yetkazib beruvchilar, ishlab chiqaruvchilar va sotuvchilar o‘rtasida xo'jalik aloqalari tashkil etiladi va amalga oshiriladi. Xo‘jalik aloqalarining obyektiv asosi bo‘lib mehnatning tovar harakati bosqichlari bo'yicha bolinishi xizmat qiladi, bu esa jarayonlarning alohidalashuviga olib keladi va turii aloqa tizimlari birlashtiruvchilarini sozlash talabini vujudga keltiradi. Bu masalaning yechimi bir butun oqimli jarayon ichida m ateriallar va axborotning «ishlab chiqaruvchi — iste’molchi» zanjiri bo'yicha harakatini tashkil etish, alohida bosqichlari o'zaro ta’sirini ta’minlash va tovar harakati qatnashchilari harakatlarini moslashtirish orqaii amalga oshiriladi. Boshqaruvchi funksiya. Ko'rib chiqilayotgan jarayonning hamma qismlarini bir-biriga moslashtiiish va ratsional o‘zaro harakatiga erishish uchun ularni boshqarish zarur. Logistik boshqaaiv hamma turdagi resurslarning iqtisodiga, tovar harakati bosqichlarida jonli va buyumlashtirilgan mehnatga ketadigan xarajatlarni kamaytirishga qaratilgan. Keng ma’noda logistikaning materiallar harakati jarayoniga boshqaruv ta’siri material o‘tkazuvchi tizim parametrlarini beriigan chegarada saqlashdan iborat.
Shunday qilish, logistika tovar harakati jarayonining shakllanishini, logistik jarayonning alohida bosqichlar va qatnashchilari o‘rtasida zarur xo‘jalik aloqalarini o‘rnatish yo‘li biian uning samarali ishlashini va materiallar oqimi harakatining boshqaruvini ta’minlab beradi. Logistika asosining tasnifi. Logistikaning asosiy maqsadi — ishlab chiqarilgan mahsulotni vaqtida va zarur miqdorda belgilangan joyga eng kam xarajatlar bilan yetkazib borishdir. Logistik funksiyalar va maqsadlaming yig‘indisini logistikaning asosi tasniilaydi deyiladi. Logistikaning asosi integratsiyalashuvdan, tovar harakati jarayonining qatnashchilari va bosqichlarining o‘zaro hamjihatligini ta’minlashdan, zarur mahsulotlarni belgilangan joyga, so‘ralgan vaqtda eng kam xarajatlar bilan yetkazib berish maqsadida moddiy oqimni, unga tegishli bo‘lgan ma’lumotlar asosida boshqarishdan iborat. Logistik tizimda bo‘lib o‘tayotgan va tashqi muhit bilan o‘zaro ta’sirini xarakterlovchi jarayonlar logistikaning tuzilishini amaliy faoliyat turi sifatida ochib beradi. Logistika tamoyiilari. Logistika tamoyillari boshlang'ich nuqtalami tashkil etadi va ular asosida logistik tizimlarning ishlashi va qurilishi amalga oshiriladi.
1. Tizimlilik tamoyili. «Ishlab chiqarish — sotish» tizimi chegarasida moddiy oqimlarni boshqarishning integrallashgan tizimini shakllantirishni ko‘zda tutadi. Bu tamoyil ishlab chiqarish buyurtmalarini harid qilish, ishlab chiqarish va mahsulotni sotish bosqichlarida bir butun texnologik jarayonning ishlab chiqarilishida va amaliyotda qo‘llaniUshida o‘z aksini topadi.
2. Teskari aloqa tamoyili. Bu tamoyilga, asosan, logistik tizimning maqsad va vazifalari mahsulot va xizmatlar bozori talablariga binoan aniqlanadi. Kutilayotgan buyurtmalar miqdori, talab etilayotgan sifat darajasi va yetkazib berish muddatidan kelib chiqqan holda ishlab chiqarilayotgan mahsulot miqdori va assortimenti, materiallarga buyurtmalar shakllanadi. O‘z navbatida, qabul qilingan xarid strategiyasi dan kelib chiqqan holda zarur bo‘lgan zaxiralar miqdori aniqlanadi. Teskari aloqa tamoyilini amalga oshirish logistik tizim tarkibida maxsus bo‘lim ajratilishini talab etadi, bu bo'lim boshqaruv tizimining samaradorligi va mahsulot bozori talablari haqida ma’lumotlami yig'ish va qayta ishlashni amalga oshiradi.
3. Oplimallik tamoyili — tovar harakati jarayonining bosqichlari va qatnashchilari o‘rtasida shunday o‘zaro kelishuvga erishiladiki, bunda korxonaning «ishlab chiqarish — sotish» tizimi sifatida faoliyatning eng katta samaradorligi ta’minlanadi.
4. Egiluvchanlik tamoyili — logistik tizimning faoliyat ko’rsatish sharoitlariga va iste’molchilaming o‘ziga xos talablariga yuqori darajada moslashuvchanlikni nazarda tutadi. Egiluvchanlik tamoyilini amalga oshirishda, tashqi iqtisodiy muhitning o‘zgarish tendensiya (yo‘nalish)larini bashoratlash va ularga qarshi xatti-harakatlarni ishlab chiqarish bo'yicha ishlarni olib borish talab etiladi.
5. Kelib tushishning xavfsizligini ta ’minlash tamoyili — logistikaning tamoyili sifatida shunday tashkiliy— iqtisodiy sharoitlarni yaratishni ko'zda tutadiki, unda korxonaning zarur moddiy resurslar bilan uzluksiz ta’minlanishi va tayyor mahsulotni yetkazib berish muddatlarining so'zsiz bajarilishining ta’minlab berilishi zarur. Kelib tushishning xavfsizligini ta’minlash tamoyili tovar harakatining barcha bosqichlarini sinxronlashtirish, kelib tushish va yuk tashishni boshqarish bo'yicha faoliyatlarni birbiriga moslashtirish, ishlab chiqarish va zaxiralarini tashkil etish zarurligini ko‘zda tutadi.
6. Kompyuterlashtirish tamoyili — logistik funksiyalar va umuman tovar harakati jarayonlarini avtomatlashtirish maksimal darajada bajarilishi lozimligidan iborat. Avtomatlashtirilgan tizim materiallar harakatini nazorat qilish va yarimtayyor mahsulotlar, tayyor mahsulotlarning ishlab chiqarilishi, ishlab chiqarish zaxiralarining holati, kelib tushishning hajmi, buyurtmalarning bajarilish darajasi va boshqalar haqida ma’lumot to’plash uchun xizmat qiladi. Vaqtni zijlashtirishning eng katta samarasini va iste’molchilarga yuqori darajada xizmat ko'rsatilish garovini axborotboshqaruv tizimlari beradi. Bu tizimlar xomashyo xarid qilinishidan to tayyor mahsulotning iste’molchiga yetib borgunicha tovar harakati ustidan nazoratni amalga oshiradi.