Mavzu: Kvilling usulida
tabriknoma tayyorlash
1. Tabriknomalar haqida ma lumot berish. 2. Kvil-
ling usulida shakllar yasash haqida ma lumot berish. 3.
Kvilling usulida tabriknoma tayyorlash texnologiyasini
tushuntirish. Tabriknoma va uning turlari haqida
ma’lumotlar. Tabriknomalar
insonlarni yaxshi kunlari-
da: tug‘ilgan kun larda, bayramlarda, to‘y-marosimlar-
da o‘z tilaklarini, yaxshi ni yat larini bildirish uchun
taqdim etiladi. Tabriknomalar turli bay ramlar uchun
turli shakl larda va o‘lchamlarda ishlab chiqiladi. Tab
riknomalar asosan karton qog‘ozidan tayyorlanadi.
Muqovasi turli bezaklar (gullar,
ramziy belgilar va
boshqa shakllar) bilan bezatiladi. Asosan, 8 mart va Nav
ro‘z bayramlariga gullar tas virlangan tabriknomalar-
dan, tavallud kun lariga esa insonga tilak bildiruvchi
ramziy belgilar tasvirlangan tab riknomalar taq dim
etiladi.
Yangi yil bayramida qish, Qorbobo va sov g‘alar
tasvirlangan tabriknomalardan, turli kasbiy bayramda
kasblar, gullar, turli ramziy belgilar tasvirlangan tab-
riknomalardan foydalanish tavsiya etiladi.
Tabriknoma
yasash uchun bizga quyidagi ish qurollari va materiallar
kerak bo‘ladi. Kvilling usuli Kvilling – bu badiiy texnika,
ikki taraflama rangli qog‘oz tasmasi asosida bajarilgan
amaliy ish, gugurt cho‘piga yoki tishkovlagichga o‘rab
chiqiladigan va turfa xil shaklga aylantirilgandan keyin 7
turli xil figura ko‘rinishida yelimlanadi.
Bu texnika tas-
viri asosida (nafis gullar, bejirim naqshlar, ertak qahra-
monlari, hayvonlar va baliqlar, qushlar) tabriknoma-
larni, albom larni, qutichalarni, rasm uchun ramkalarni
bezash mumkin. Boshlang‘ich ta’lim o‘quvchilari kvil-
ling texnikasining mashg‘ulot-larini birinchi bosqichidagi
qog‘ozni o‘rash jarayoni qiyin bo‘lishiga qaramay, juda
maroq bilan bajarishadi. Kvilling usulida turli narsalar
shaklini yasashda uni bosqichma- bosqich o‘rgatish ke-
rak. Bajarilgan har bir yangi shaklni bir nechta mash
g‘ulotda olib borish kerak.
Uzunligi 16 sm eni 24 sm bo‘lgan karton qog‘ozi oli-
nadi. Uni teng
ikkiga buklaymiz.16 smga 12 sm bo‘lgan tabriknoma
asosi hosil bo‘ladi.
Turli rangdagi rangli qog‘oz olinib, 1
sm qilib qalam
yordamida
chizib chiqiladi. Chizilgan joyidan qirqib uzun tas-
malar hosil qilinadi.
Hosil bo‘lgan tasmalarni tish kovlagichning bir uc-
higa qistiramiz.
Tasmani tishkovlagichga mahkam o‘rashni bosh-
laymiz. Bunda barmoq
bilan tishkovlagichni aylantirib turamiz. Bosh spi-
ralni bajarayotganda
tasmani qattiq o‘rab bo‘lmaydi.
Ayniqsa oxirgi
o‘rash vaqtida, unda
spiral qattiq bo‘lib ochilmay qolishi mumkin.Bir
nechta tasmalarni yoki
dumaloqlarni bir-biriga yelimlab, detalning hajmini
katta qilish mumkin.
Kvilling shakllari: Kvilling ishining asosiy shakl doira
shakli
bo‘lib, ana shu shakl asosida boshqa shakllar ta-
yyorlanadi. Masalan:
Tomchi shakli, barg shakli, gul shakli va boshqa
shakllar
asosiy doira
shak lining totmonlarini buklash va qisqartirish
yo‘llari orqali hosil qilinadi.
Asos kartonining ustki qismiga tayyorlangan
shakllar joylashtiriladi. Shakllar
bosqichma-bosqich
belgilangan joyga PVA yelimi yor-damida yelimlanadi.