II darajadagi kuyish - II darajadagi kuyish, terining 70-100 gradusdagi jismlar bilan kontakda bo‘lganda kuzatiladi. Shu darajadagi kuyishga nafas yo‘llarining har qanday kuyishlarini kirg‘azish mumkin. Terining yaqqol ko‘rinadiga qizarishi va bir-ikki soatlardan keyin pufakchalar paydo bo‘lishi, ularning ichi suyuqlik bilan to‘lishi yuzaga keladi. Pufaklarning yorilishi (o‘zi mustaqil, mexanik ta’sirlarsiz) dan keyin terida qizil dog‘ saqlanib qoladi. Odatda jarohatning bitishiga ikki hafta vaqt sarfalanadi, albatta jarohatga infeksiya qo‘shilmagan bo‘lsa.
Do'stlaringiz bilan baham: |