Mavzu: Kurash turlarida jismoniy tayyorgarlik, umumiy, maxsus va psixologik



Download 42 Kb.
bet3/3
Sana14.06.2023
Hajmi42 Kb.
#951179
1   2   3
Bog'liq
9.mavzu. Kurashdocx (4)

Psixologik tayyorgarlik deganda psixologik-pedagogik tadbirlar va sportchilar faoliyati hamda hayotiga muvofiq sharoitlar yig’indisi tushuniladi.
Ular kurashchilarda mashg’ulot va musobaqada qatnashish vazifalarini muvaffaqiyatli hal etishni ta’minlaydigan psixologik funktsiyalar, jarayonlar, holatlar va shaxs xususiyatlarini shakllantirishga qaratilgan.
Kurashchining “psixologik tayyorgarligi” tushunchasi ikkita tushunchani o’z ichiga oladi: umumiy psixologik tayyorgarlik va muayyan musobaqaga psixologik tayyorgarlik.
Umumiy psixologik tayyorgarlik butun sport takomillashuvi jarayoni davomida jismoniy, texnik va taktik tayyorgarlik bilan olib boriladi. Uning yordamida quyidagi o’ziga xos vazifalar hal etiladi:
1. Kurashchining ahloqiy sifatlarini tarbiyalash.
2. Sport jamoasi va jamoadagi psixologik muhitni shakllantirish.
3. Iroda sifatlarini tarbiyalash.
4. Ilg’ab olish jarayonlarini rivojlantirish, xususan, “raqibni his qilish”, “vaqt va makonni his qilish” kabi ilg’ashning maxsus turlarini takomillashtirish va h.k.
5. Diqqatni, uning mustahkamligi, jamlanishi, taqsimlanishi hamda biridan ikkinchisiga o’tishini rivojlantirish.
6. Taktik fikrlashni rivojlantirish.
7. O’z hayajonlarini boshqarish qobiliyatini rivojlantirish.
Milliy kurash darslarining asosiy qismida, uning boshqa qismlaridagi kabi sport tayyorgarligiga doir maxsus vazifalarni bajarish bilan birga psixologik tayyorgarlik, axloqiy va estetik tarbiya vazifalari ham hal etiladi. Darsning yakunlovchi qismiga 3-5 minut ajratiladi, dars esa organizmni nisbatan tinch holatga keltirish bilan yakunlanadi. Vazifalar:
1. Organizm faoliyatini tinchlantirish va ishlab turgan mushaklarni ortiqcha zo‘riqishini pasaytirish.
2. Emotsional holatni tartibga solish, mashg‘ulotni yakunlash ishlarini qisqacha tahlil qilish va baholash, uyga vazifa berish va hokazo.
Birinchi faza – darsga tayyorlanish sharoitlarga muvofiq ravishda mashg‘ulotning puxta o‘ylangan reja-konspekt tuzish, zalni, maydonchani, jihozlar, tulum va hokazolarni tayyorlash, shug‘ullanuvchilar kontengenti soni, tayyorgarligi, vazn toifalari va hokazolarni hisobga olish. Dars rejasida Yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan guruh rahbarlari, hakamlar, razryadli kurashchilar, axborotchilar va hokazolarning mavjudligini hisobga olish muhimdir.
Ikkinchi faza – darsni o‘tkazish hisobiga darsni o‘z vaqtida boshlash va shug‘ullanuvchilarni aniq uyushtirish, mushg‘ulot mavzusini qisqacha bayon qilish, xususiy vazifalarni va bolalarning mustaqil faoliyati uchun beriladigan topshiriqlarni tushuntirish. Bularning hammasi umumiy va shaxsiy uslubiy ko‘rsatmalar berish kerakligini va kamchiliklarni qanday yo‘qotish zarurligini aytish, xattiharakatlarni baholash bilan qo‘shib olib boriladi.
Uchinchi faza – darsni yakunlash – darsning yakunlovchi qismida o‘qituvchi o‘zi uchun ham, o‘quvchilar uchun ham yakun chiqaradi. Bayon qilingan mavzuni tahlil qiladi va kelgusi mashg‘ulotlarni belgilaydi.
Kurashning texnik tayyorgarligi sportchi tomonidan yuqori sport natijalariga erishishni ta'minlovchi harakatlar tizimining egallaganlik darajasi bilan tavsiflanadi.
Kurashchining umumiy va maxsus texnik tayyorgarligi ajratiladi. Umumiy texnik tayyorgarlik yordamchi sport turlaridagi har xil harakat malakalari hamda ko'nikmalarini egallashga, maxsus texnik tayyorgarlik sport kurashida texnik mahoratga erishishga qaratilgan.
Sport kurashida texnik tayyorgarlik bir qator murakkab vazifalarni hal etishga yo'naltirilgan:
- maksimal kuchlanishdan foydalanish samaradorligini oshirish;
- ish kuchlanishini tejash;
- musoboqa faoliyatini o'zgaruvchan holat sharoitlarida harakatlanish tezligi, aniqligini oshirish.
Sport texnikasini takomillashtirish kurashchilarning ko'p yillik tayyorgarligi davomida amalga oshiriladi va u tanlangan kurash turida texnik mahoratni oshirishga qaratiladi.
Texnik mahorat deganda keskin sport kurashi sharoitlarida eng oqilona harakat texnikasini mukammal egallash tushuniladi.
Texnik mahoratni takomillashtirishning uchta bosqichi ajratiladi;
1. Izlanish.
2. Barqarorlashtirish.
3. Moslashishni takomillashtirish.
Birinchi bosqichda texnik tayyorgarlik musoboqa harakatlarining yangi texnikasini shakllantirishga, uni amaliyotda egallash shart-sharoitlarini Yaxshilashga, musoboqa harakatlari tizimiga kiruvchi ayrim harakatlarni o'rganishga (yoki qayta o'rganishga) qaratilgan.
Ikkinchi bosqichda texnik tayyorgarlik musoboqa harakatlarining butun malakalarini chukur o'zlashtirish va mustahkamlashga qaratilgan.
Uchinchi bosqichda texnik tayyorgarlik shakllangan malakallarni takomillashtirish, ularning asosiy musoboqalar sharoitlariga mos holda maqsadga muvofik variantliligi, barqarorligi, ishonchliligi chegaralarini kengaytirishga qaratilgan.
Download 42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish